zanjirlari bir-biridan ajraladi. Har bir zanjir o'sha zahoti aynan o'zi bilan bir hil bo'lgan
ikkinchi zanjirni sintezlaydi. Natijada 2 ta bir hil hromosoma hosil bo'ladi. Hosil
bo'lgan hromosomalar bo'linayotgan hujayralarga taqsimlanadi. Hujayraviy tuzilishga
ega bo'lgan barcha tirik organizmlarda irsiy belgilar ota-onadan keyingi avlodlarga shu
tarzda o'tadi.
Replikatsiyaning har bir raundida DNK molekulasi bilan bir hil 2 ta yangi
molekula hosil bo'ladi. Strukturaviy gendagi nukleotidlar ketma-ketligi u kodlaydigan
oqsildagi aminokislotalar ketma-ketligini belgilaydi. Shuningdek DNKning har bir
zanjiri yangi hosil bo'ladigan zanjir uchun matritsa (qolip) vazifasini bajaradi.
Matritsadagi azot asoslari ketma-ketligi yangi zanjirdagi azot asoslari ketma-ketligi
qanday bo'lishini belgilaydi.
Prokariot va eukariot hujayralarda DNK sintezi turli hil fermentlar ishtirokida
kechadi. Asosiy rolni DNK-polimeraza fermenti o'ynaydi. Bu ferment fosfodiefir
bog'lari hosil bo'lishini katalizlaydi. Hamda o'sayotgan polinukleotid zanjiri zvenolarini
komplementarlik printsipi asosida bir-biriga ulaydi.
DNKni parchalash uchun agaroza (dengiz suv o'tlaridan ajratiladigan polisaharid)
asosida mahsus gellar yaratilgan. Agaroza gelida DNK molekulasini parchalash usuli
Dostları ilə paylaş: