Biotexnologiya



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141
720 (1)

Denaturatsiya
– turli faktorlar ta'sirida oqsil molekulasining tabiiy hususiyatlarini (gidrofillik, eruvchanlik va h.k.) 
yo'qolishi. Denaturatsiya natijasida oqsil molekulasidagi aminokislotalar ketma-ketligi o'zgarmaydi.


Fermentlarni immobilizatsiyalashda ishlatiladigan tashuvchilar 
klassifikatsiyasi 
Fermentlarni immobilizatsiyalashda organik va anorganik tashuvchilar 
ishlatiladi. Tashuvchilarga quyidagi talablar qo'yiladi (Dj.Porat, 1974): 
kimyoviy va biologik mustahkamlik; 
ferment va substrat oson kira oishi; 
g'ovak strukturaga ega bo'lishi; 
solishtirma sirt yuzasining kattaligi
tehnologik jihatdan qulay shaklga ega bo'lishi (granula, membrana va h.k.); 
oson faollana olishi; 
yuqori gidrofillik; 
narhining arzonligi. 
 
 
Fermentlarni immobilizatsiyalashda ishlatiladigan tashuvchilar klassifikatsiyasi. 
Organik polimer tashuvchilar sintetik va tabiiy bo'ladi. Tabiiy organik tashuvchilar 3 
guruhga bo'linadi: 

polisaharidlar; 

oqsillar; 

lipidlar 
Sintetik polimer tashuvchilar ham kimyoviy tuzilishiga ko'ra bir necha guruhga 
bo'linadi: 

polimetilen; 

poliamid; 

poliefir 
Fermentlar immobilizatsiyasida asosan tabiiy polisaharidlar va polimetil tipidagi 
sintetik tashuvchilar ishlatiladi. Boshqa tashuvchilar nisbatan kamroq ishlatiladi. Tabiiy 
polimer tashuvchilarda reaktsiyaga kirishuvchan funktsional guruhlar ko'p, ularning 
gidrofilligi yuqori. Shuning uchun bunday tashuvchilardan boshqalariga nisbatan
ko'proq foydalaniladi. tashqari, ular qimmatbaho va noyob moddalar emas. Tabiiy 


polimer tashuvchilarning o'ziga yarasha kamchiliklari ham bor; ularning narhi qimmat, 
mikroorganizmlar ta'siriga chidamsiz. 
Immobilizatsiyada tabiiy polimer tashuvchilardan sellyuloza, dekstran, agaroza 
va uning hosilalari keng qo'llaniladi. Sellyuloza gidrofil modda bo'lib, uning gidroksil 
guruhlari juda ko'p. Shu boisdan uning molekulasini modifikatsiyalash oson. Mehanik 
mustahkamligini oshirish uchun uni qisman gidrolizlab, granula shakliga keltiriladi. 
Granula shakliga keltirilgan sellyulozani DEAE (dietilaminoetil)-sellyuloza, KMS 
(karboksimetilsellyuloza) kabi moddalarga aylantirish mumkin. 
Dekstran asosidagi tashuvchilardan ham keng foydalaniladi. Ular «sefadeks» 
savdo nomi bilan ishlab chiqariladi. Sefadekslar quruq kukun shaklida ishlab 
chiqariladi. Suvli eritmalarda juda yahshi bo'kish hususiyatiga ega. Sefadeks 
g'ovaklarining o'lchami uning molekulararo «tikilganlik» darajasiga bog'liq. Krahmal 
ham dekstranlar guruhiga kiradi. Krahmal molekulasini sefadeks kabi funktsional 
agentlar bilan «tikib» modifikatsiyalash mumkin. «Tikuvchi» agent sifatida 
formal'degiddan foydalanish mumkin. «Tikilgan» krahmalning g'ovaklari ko'p bo'ladi. 
Bundan tashqari, fermentlar ta'siriga chidamli bo'ladi va uncha-munchaga parchalanib 
ketavermaydi. Dekstran asosidagi suvda eruvchan polimerlar tibbiyotda dori 
vositalarining tashuvchilari sifatida ishlatiladi. 
Agar ham yahshi tashuvchi hisoblanadi. Diepoksid birikmalar yordamida «tikib» 
uning hususiyatlarini yanada yahshilash mumkin. Molekulasi kimyoviy moddalar bilan 
«tikilgan» agarning mustahkamligi ortadi. Qizdirilganda parchalanib ketavermaydi 
(albatta o'ta yuqori temperaturalar bundan mustasno). 
Tashuvchilar orasida oqsillar ham o'z o'rniga ega. Ularning bir qator afzalliklari 
bor: 

sig'imi katta; 

biologik jihatdan utilizatsiyalash (biodegradatsiya) engil, bu esa o'z navbatida 
ekologiyani buzmaydi 

juda yupqa, masalan, 80mkm
13
qalinlikdagi membrana ko'rinishida ishlatish mumkin. 
Fermentlarni oqsillarga immobilizatsiyalaganda, oqsillarni kimyoviy reagentlar 
yordamida «tikib» yoki «tikmasdan» ham ishlatsa bo'ladi. Oqsillardan ko'proq 
tibbiyotda va biologik tadqiqotlarda foydalaniladi. Tashuvchi sifatida keratin, fibrin, 
kollagen, miozin, al'bumin kabi oqsillar ko'p ishlatiladi.
Oqsillarning kamchiligi – ularning yuqori immunogenligi
14
. Faqat kollagen va 
fibrin oqsillari bunday kamchilikdan holi. 
Sintetik 
polimer 
tashuvchilar 
fermentlarni 
kovalent 
va 
sorbtsion 
immobilizatsiyasida, gel' va mikrokapsula olishda qo'llaniladi. Stirol asosidagi 
13
Mikro - 
10
−6
14

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin