Fermentlarni immobilizatsiyalashda ishlatiladigan tashuvchilar
klassifikatsiyasi
Fermentlarni immobilizatsiyalashda organik
va anorganik tashuvchilar
ishlatiladi. Tashuvchilarga quyidagi talablar qo'yiladi (Dj.Porat, 1974):
kimyoviy va biologik mustahkamlik;
ferment va substrat oson kira oishi;
g'ovak strukturaga ega bo'lishi;
solishtirma
sirt yuzasining kattaligi;
tehnologik jihatdan qulay shaklga ega bo'lishi (granula, membrana va h.k.);
oson faollana olishi;
yuqori gidrofillik;
narhining arzonligi.
Fermentlarni immobilizatsiyalashda ishlatiladigan tashuvchilar klassifikatsiyasi.
Organik polimer tashuvchilar sintetik va tabiiy bo'ladi. Tabiiy organik tashuvchilar 3
guruhga bo'linadi:
polisaharidlar;
oqsillar;
lipidlar
Sintetik polimer tashuvchilar ham kimyoviy tuzilishiga ko'ra bir necha guruhga
bo'linadi:
polimetilen;
poliamid;
poliefir
Fermentlar immobilizatsiyasida asosan tabiiy polisaharidlar va polimetil tipidagi
sintetik tashuvchilar ishlatiladi. Boshqa tashuvchilar nisbatan kamroq ishlatiladi. Tabiiy
polimer tashuvchilarda reaktsiyaga kirishuvchan funktsional guruhlar ko'p, ularning
gidrofilligi yuqori. Shuning uchun bunday tashuvchilardan boshqalariga nisbatan
ko'proq foydalaniladi.
tashqari, ular qimmatbaho va noyob moddalar emas. Tabiiy
polimer tashuvchilarning o'ziga yarasha kamchiliklari ham bor; ularning narhi qimmat,
mikroorganizmlar ta'siriga chidamsiz.
Immobilizatsiyada tabiiy polimer tashuvchilardan sellyuloza, dekstran, agaroza
va uning hosilalari keng qo'llaniladi. Sellyuloza gidrofil modda bo'lib,
uning gidroksil
guruhlari juda ko'p. Shu boisdan uning molekulasini modifikatsiyalash oson. Mehanik
mustahkamligini oshirish uchun uni qisman gidrolizlab, granula shakliga keltiriladi.
Granula shakliga keltirilgan sellyulozani DEAE (dietilaminoetil)-sellyuloza, KMS
(karboksimetilsellyuloza) kabi moddalarga aylantirish mumkin.
Dekstran asosidagi tashuvchilardan ham keng foydalaniladi. Ular «sefadeks»
savdo nomi bilan ishlab chiqariladi. Sefadekslar
quruq kukun shaklida ishlab
chiqariladi. Suvli eritmalarda juda yahshi bo'kish hususiyatiga ega. Sefadeks
g'ovaklarining o'lchami uning molekulararo «tikilganlik» darajasiga bog'liq. Krahmal
ham dekstranlar guruhiga kiradi. Krahmal molekulasini
sefadeks kabi funktsional
agentlar bilan «tikib» modifikatsiyalash mumkin. «Tikuvchi» agent sifatida
formal'degiddan foydalanish mumkin. «Tikilgan» krahmalning g'ovaklari ko'p bo'ladi.
Bundan tashqari, fermentlar ta'siriga chidamli bo'ladi va
uncha-munchaga parchalanib
ketavermaydi. Dekstran asosidagi suvda eruvchan polimerlar tibbiyotda dori
vositalarining tashuvchilari sifatida ishlatiladi.
Agar ham yahshi tashuvchi hisoblanadi. Diepoksid birikmalar yordamida «tikib»
uning hususiyatlarini yanada yahshilash mumkin. Molekulasi kimyoviy moddalar bilan
«tikilgan» agarning mustahkamligi ortadi. Qizdirilganda parchalanib ketavermaydi
(albatta o'ta yuqori temperaturalar bundan mustasno).
Tashuvchilar orasida oqsillar ham o'z o'rniga ega. Ularning bir qator afzalliklari
bor:
sig'imi katta;
biologik jihatdan utilizatsiyalash (biodegradatsiya) engil, bu esa o'z
navbatida
ekologiyani buzmaydi
juda yupqa, masalan, 80mkm
13
qalinlikdagi membrana ko'rinishida ishlatish mumkin.
Fermentlarni oqsillarga immobilizatsiyalaganda, oqsillarni kimyoviy reagentlar
yordamida «tikib» yoki «tikmasdan» ham ishlatsa bo'ladi. Oqsillardan ko'proq
tibbiyotda va biologik tadqiqotlarda foydalaniladi.
Tashuvchi sifatida keratin, fibrin,
kollagen, miozin, al'bumin kabi oqsillar ko'p ishlatiladi.
Oqsillarning kamchiligi – ularning yuqori immunogenligi
14
. Faqat kollagen va
fibrin oqsillari bunday kamchilikdan holi.
Sintetik
polimer
tashuvchilar
fermentlarni
kovalent
va
sorbtsion
immobilizatsiyasida, gel' va mikrokapsula olishda qo'llaniladi.
Stirol asosidagi
13
Mikro -
10
−6
14
Dostları ilə paylaş: