4. Fermentlar barqarorligini oshirish yo'llari.
5. Fermentlarni kimyoviy usulda immobilizatsiyalash.
6. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash.
7. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: gel'ga kiritish.
8. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: mikrokapsula olish.
9. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: liposomaga kiritish.
10. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: nanosomalar olish.
MASHG‘ULOT № 14
MAVZU: Bug'doy donidan lipaza fermentini ajratish va uning gidrolitik faolligini
aniqlash
Mashg'ulot shakli:
«Biotexnologiya»
yo‘nalishitalabalariuchunlaboratoriyamashg‘uloti.
Mashg'ulot uslubi:
«Muloqot» usuli.«FSMU»o‘yinlitexnologiya.
Mashg‘ulotmaqsadi:
biologik material bilan ishlashni o'rganish
muhandis-biotehnolog
uchun juda muhim, chunki kelgusida muhandis-biotehnolog faqat tirik organizmlar
bilan ishlaydi
Mavzuning ahamiyati:
biologik material bilan ishlashni o'rganish muhandis-
biotehnolog uchun juda muhim, chunki kelgusida muhandis-biotehnolog faqat tirik
organizmlar bilan ishlaydi
Ishningnazariyqismi
Lipazalar (KF 3.1.1.3.-triatsil glitserol
gidrolazalar) barcha tirik organizmlarda sodir
bo´ladigan lipidlar almashinuvida bosh vazifani
bajaradi va hujayralarni energetik zahirasini
to´planish jarayonlarida ishtirok etadi. Lipazalar
nafaqat
ovqat
hazm
bo´lish
yo´lidagi
triglitseridlarni
(yog´larni),
di-,
monoglitsiridlargacha va sofholatdagi yog´
kislotalarigacha parchalanish jarayonlaridaham
ishtirok etadi.
43-rasm. Dengiz cho´chqasidan ajratilgan pankreatik
lipazamolekulasining kompyuter modeli.
Lipazalar suvli
va organik muhitlarda ham
barqaror
bo´lib,
ular
o´simliklardan,
hayvonlardan, hamda tabiiy va rekombinant
mikroorganizmlardan ham ajratib olinishi mumkin. Xozirgi davrda lipazalar juda ko´p
soha va jarayonlarda ishlatilib kelinmoqda. Jumladan, tibbiyot amaliyotida tashxis
qo´yish va davolashda, oziq-ovqat sanoatida, kosmetikada¸qog´oz ishlab-chiqarishda¸
detergentlar (kir yuvish vositalari) tayyorlash va organik sintezda
muvaffaqqiyat bilan
ishlatilib kelinmoqda. Keyingi vaqtlarda bu fermentlarni biokatalitik xususiyatlarini
optimallashga katta e'tiborberilmoqda. Biotexnologik jarayonlarga mos bo´lgan lipaza
tanlash, uni ishlab chiqarishni arzon va oson usullarini yaratish xamon dolzarbligicha
qolmoqda.
Hozirgi davrga kelib olimlar tomonidan lipidlarga va to´yinmagan yog´
kislotalariga bo´lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.
Organizm fermentativ tizimga ega bo´lganligiga qaramasdan, juda ko´p yog´
kislotalari, birinchi navbatda linol va linolen kislotalari inson organizmida
sintezlanmaydi. Aynan mana shu kislotalarni
ozuqada kam uchrashi, har xil
patologiyalarni kelib chiqishiga sabab bo´ladi. Shuning uchun ham bu kislotalarni
«almashinmaydigan yog´ kislotalari» deb ataladi. Linol va linolen kislotalari birlashgan
nomga ham egalar.
Ularni «vitamin F» ham deb aytish qabul qilingan. Organizmda mana shu
kislotalarni etishmasligi, xolesterinni to´yingan yog´ kislotalari bilan juda qiyin
oksidlanadigan murakkab efirlar hosil qilishiga olib keladi.
Bu moddalar, kimyoviy
mustahkam bo´lganliklari sababli, qonda, xususan arteriya qon tomirlarining devorlarida
to´planib qoladi.
44-rasm. Qon tomiridagi tromb.
Organizmda to´yinmagan yog´ kislotalari etarli
bo´lgan hollarda, ular xolesterin bilan reaktsiyaga
kirishib, murakkab efirlar hosil qiladilar va bunday efirlar
engil oksidlanib, kichik molekulyar og´irlikka ega
bo´lgan moddalar hosil qilib¸ organizmdan oson chiqib ketadi. Keyingi yillarda linolen
kislotasi dorivor modda sifatida ko´plab og´ir kasalliklarni (ateroskleroz,
yurak
ishemiya hastaligi va boshqalar) davolash yoki ularni oldini olish maqsadida, tibbiyot
amaliyotida keng ishlatilib kelinmoqda. Ma'lumki, o´simlik yog´lari, ularni tarkibiga
kiruvchi yog´ kislotalarini tuzilishi bo´yicha bir-birlaridan farqqiladilar. Masalan,
maxsar o´simligidan ajratilgan (
Carthamus tinctori
) yog´ tarkibida 80% gacha linolen
kislotasi saqlanadi. Shuning uchun ham bu o´simlik linolen kislotasi olish uchun yaxshi
manba hisoblanadi.
Bugungi kunda, sof holatdagi yog´ kislotalarini olishni eng istiqbolli yo´llaridan
biri, fermentativ gidroliz usuli hisoblanadi. Lipaza fermenti ishtirokida olib boriladigan
bu usul atrof muhitni ifloslantirmaydi.
Lipazalarni, boshqa esterazalardan farqli tomoni shundaki, ular
aggregatsiyaga uchragan
substrat molekulalari sirtida faollanadilar. Lipazalar, o´zlarining substratlari (yog´
tomchilarini) sirtida adsorbtsiyaga uchraydilar va faollanadilar. Ilmiy adabiyotlarda,
lipidli monoqavatlarda adsorbtsiyalangan lipazalar, substratlarni parchalanish darajasini
belgilab beruvchi, ferment-substrat kompleksini hosil bo´lishiga olib keluvchi lipazalar
haqida ko´plab ma'lumotlar keltirilgan.
Lipaza suvda eriydigan ferment bo´lib, inson organizmida sintezlanib, neytral
yog´larni fraktsiyalashda, eritishda va hazm qilishda ishtirok etadi.Ushbu
ferment bir
qancha organ, to´qimalarda sintezlanadi va bir necha turlarga bo´linadi:
Oshqozon osti bezi lipazasi
Lingval lipaza (laktatsiya davridagi go´daklarning og´iz bo´shlig´ida joylashgan
bezlarda sintezlanadi)
Jigar lipazasi
Ichak lipazasi
O´pka lipazasi
Dostları ilə paylaş: