Biotexnologiya


-rasm. Alessandro Vol'ta. Fiziolog, fizik va kimyogar (1745-1801)



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   141
720 (1)

 
57-rasm. Alessandro Vol'ta. Fiziolog, fizik va kimyogar (1745-1801). 
 


 
 
Biogaz tarkibi va sifati 
Biogaz 50-87% metan, 13-50% CO
2
, H
2
 va H
2
S lardan tashkil topgan. Biogaz 
CO
2
dan tozalangandan keyin biometan olinadi. Biometan tabiiy gaz bilan bir hil, 
faqatgina ikkalasining hosil bo'lish sabablari har hil. 
Biogazning asosiy qismini metan tashkil etgani uchun gazning sifati, unumi va 
miqdori tavsiflanayotganda bu ko'rsatkichlar metanga nisbatan olinadi. Gazlarning 
hajmi temperatura va bosimga bog'liq. Yuqori temperaturada gazlar kengayadi, issiqlik 
berish darajasi (kaloriyasi) esa aksincha kamayadi. Namlik ko'p bo'lsa ham gazning 
issiqlik berish darajasi kamayadi. Gazlarning chiqish unumi o'zaro taqqoslanganda 
temperatura 0°C, atmosfera bosimi 1,01325 bar, nisbiy namlikni 0% deb qabul qilish 
zarur. Biogaz ishlab chiqarishda o'lchov birligi sifatida 1kg quruq organik moddaga 
nisbatan litr (l) yoki metr kub (m
3
) qabul qilingan.
Biogaz olish uchun hom ashyo 
Biogaz ishlab chiqarish uchun ishlatish mumkin bo'lgan organik chiqindilar ro'yhati: 
qoramol go'ngi; 
parranda go'ngi; 
spirt ishlab chiqarishdan so'ng hosil bo'lgan donli yoki melassa
18
li barda; 
pivo sanoati chiqindisi (arpaning qoldiqlari); 
shakar olishda ishlatilgan qand lavlagi qoldilqari; 
turli najosatlar; 
baliq sehlari va qushhonalar chiqindilari; 
o'tlar, ko'katlar; 
maishiy chiqindilar; 
sutni qayta ishlash zavodi chiqindilari (sut zardobi); 
biodizel' sanoati chiqindilari; 
sharbat sanoati chiqindilari; 
suv o'tlari; 
krahmal sanoati chiqindilari; 
kartoshkani qayta ishlashdan keyin hosil bo'lgan chiqindilar; 
chips ishlab chiqarish chiqindilari; 
kofe sanoati chiqindilari
18
Melassa
-shakar ishlab chiqarishda hosil bo'ladi, qora-qo'g'ir rangli quyuq konsistentsiyali modda.


Biogaz faqat chiqindilardan emas, balki mahsus o'stirilgan o'simliklardan ham 
olinadi. Masalan, makkajo'hori, sil'fiy
19
, suv o'tlari. Bu kul'turalarning har bir tonnasidan 
300 m
3
gacha biogaz olish mumkin. Biogazning chiqish unumi hom ashyo turiga va 
hom ashyodagi quruq moddaning miqdoriga bog'liq. Yirik shohli qoramolning 1 tonna 
go'ngidan 50-65 m
3
(uning 60% metan), 1 tonna o'simlikdan 150-500 m
3
(70% metan) 
biogaz chiqadi. Biogaz eng ko'p chiqadigan hom ashyo - yog'. 1 tonna yog'dan 1300 m
3
(87% metan) biogaz olinadi. Bugungi kunda fermentlar va ul'tra tovushli kavitatorlar
20
yordamida hom ashyodan biogazning chiqish unumini oshirish yo'lga qo'yilgan. Shu 
sababli hozirda eng oddiy biogaz qurilmasida biogazning chiqish unumini 60% dan 
95%gacha oshirish imkoni bor. 
Biogazni hisob-kitob qilish uchun quruq modda (QM, nemischa varianti – TS 
ya'ni 
TrockenSubstanz
) yoki quruq qoldiq tushunchasi kiritilgan. Chunki biomassadagi 
suv gaz hosil bo'lishida ishtirok etmaydi. Amalda 1kg quruq moddadan 300dan 
500litrgacha biogaz olinadi. Ma'lum bir hom ashyodan qancha biogaz chiqishini bilish 
uchun tajriba o'tkazish yoki hom ashyodagi yog'lar, uglevodlar, oqsillar miqdorini 
spravochniklardan aniqlash lozim. Uglevodlar miqdori tekshirilayotganda ular qaysi 
guruhga mansubligiga ahamiyat berish shart. Masalan, fruktoza, saharoza, krahmal tez 
parchalanadigan uglevodlarga kiradi. Sellyuloza, gemisellyuloza, lignin kabi uglevodlar 
qiyin parchalanadigan uglevodlar toifasiga mansubdir. Biomassada qanday moddalar 
borligi va ularning miqdori aniqlangandan so'ng, hom ashyodan chiqishi mumkin 
bo'lgan umumiy gazning miqdorini topishni iloji bo'ladi. Avvallari biogaz ko'proq 
go'ngdan olinganligi hamda soha yahshi o'rganilmaganligi sababidan «hayvon birligi» 
degan tushuncha qo'llanilgan. Hozir esa biogaz organik hom ashyoning barcha turidan 
olinmoqda. Shuning uchun «hayvon birligi» atamasidan amaliyotda foydalanilmayapti.
Shahar ahlathonalaridan ko'pincha qo'llansa hid keladi. Bu ham biogazning bir 
turi hisoblanadi.

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin