Siydik tarkibidagi quruq moddalar ( sutkalik miqdori taxminan 60 g ) organik va onarganik moddalardan tarkib topgan .

Hozirgi vaqtda siydikda jami 150 dan ortiq moddalar aniqlangan.
Siydikdagi organik moddalar
Siydikchil ( Mochivina) - siydik tarkibidagi organik moddalarning katta qismini tashkil etadi. Katta odam siydigi bilan o’rtacha bir sutkada 30 g ga yaqin ( 12 -36 g ) siydikchil chiqariladi. Bir sutkada siydik bilan ajratiladigan azotning umumiy miqdori 10 dan 18 g gacha bolishi mumkin, aralash ovqatlanganda siydikchilning azoti 80-90 % ni tashkil etadi. Siydikda siydikchilga to'g'ri keladigan azotning miqdori oqsillarga boy boʻlgan ovqat iste'mol qilganda, toʻqima oqsillarining parchalanishi bilan boruvchi kasalliklar (isitmalaganda, saraton, gipertireoz, diabet va boshqalar), shuningdek, ba'zi dorilar iste'mol qilganda (masalan, qator gormonlar) ko'payadi.
Kreatinin - azot almashinuvining oxirgi mahsuloti hisoblanadi. U mushak to'qimasida fosfokreatindan hosil bo'ladi. Har bir odam uchun kreatininning sutkalik ajralish miqdori doimiy bo'lib, asosan mushak massasi holatini aks ettiradi. Erkaklarda tananing har bir kg massasiga sutkada siydik bilan 18-32 mg kreatinin ajralsa ayollarda esa 10 dan 25 mg gacha. Bu sonlar ovqat tarkibidagi oqil miqdoriga ham bogʻliq. Shuning uchun siydik bilan kreatinin sutkalik ekskresiyasini aniqlashdan, ko'pchilik holatlarda, sutkalik siydik yig'ilishi to'liqligini nazorat qilishda foydalanish mumkin.