Zamonaviy molekulyar biologiyada keng qoʻllanadigan DNKni tahlil qilish va boshqarish texnikalariga eʼtibor qaratamiz. Siz quyida keltirilgan havolalardan foydalanib bu texnikalar haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.
DNKni klonlash. DNKni klonlashda tadqiqotchilar kerakli DNK fragmenti (gen)ning koʻplab nusxalarini oladi, yaʼni klonlaydi. Aksariyat hollarda DNKni klonlash koʻzlangan genni plazmid (halqasimon DNK molekulasi)ga joylashtirishni oʻz ichiga oladi. Plazmid bakteriya ichida replikatsiyalanib, juda koʻp kerakli gen nusxalarini hosil qiladi. Baʼzida esa bakteriya hujayrasi ichidagi gen oqsil sintezlaydi (masalan, diabetda foydalaniladigan insulin).
Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR). Polimeraza zanjir reaksiyasi DNKni boshqarishning yana bir keng foydalaniladigan usuli hisoblanadi. Hozir undan zamonaviy biologiyaning deyarli barcha sohalarida foydalaniladi. PZR nishon DNKni shablon DNK boʻlagi orqali koʻpaytiradi. Bu usul kam miqdorda saqlanib qolgan izlardan (masalan, qotillik yuz bergan joydagi qon tomchisi) DNKning juda koʻp nusxalarini olishga imkon beradi.

Gel elektroforezi. Gel elektroforezi usuli DNK fragmentini toʻgʻridan toʻgʻri koʻrish imkonini beradi. Tadqiqotchilar geldagi DNK fragmentlarini aniqlab, PZR reaksiyasining natijalarini tahlil qila oladilar. Gel elektroforezi DNK fragmentlarini ularning oʻlchami asosida ajratadi. Fragmentlar boʻyoqlar bilan boʻyaladi va tadqiqotchilar ularni koʻra olishadi.