Tarkibiy tranzistorlar. Kaskad la rning kuchaytirish koeffitsientlari va kirish qarshiliklari uchun ifodalarni tahlil qilib, ularning maksimal qiymatlari U E ulangan sxemada tranzistorning differensial tok uzatish koeffitsienti h=β bilan aniqlanadi deb xulosa qilish mumkin . h ning real qiymatlari tranzistor tuzilmasi va tayyorlanish texnologiyasi bilan aniqlanadi va odatda bir necha yuzdan oshmaydi. Bundan asosan operatsion kuchaytirgichlarning kirish kaskadlarida qo’llaniladigan, maxsus superbeta tranzistorlar mustasno. Bir nechta (odatda ikkita) tranzistorni o‘zaro ulab h qiymatini oshirish muammosini hal qilish mumkin. Ulanishlar shunday amalga oshirilishi kerakki, tranzistorlarni yagona tranzistor deb qarash mumkin bo’lsin. Bir turli tranzistorga nisbatan sxemalar birinchi marta Darlington tomonidan taklif etilgan edi, shuning uchun Darlington juftligi yoki tarkibiy tranzistori deb ataladi.