Bir fazali asinxron dvigatellar haqida umumiy tushunchalar Rejasi. Vazifasi va qo’llanish sohasi



Yüklə 76,38 Kb.
səhifə6/6
tarix19.05.2023
ölçüsü76,38 Kb.
#117452
1   2   3   4   5   6
dvigatellar haqida umumiy tushunchalar haqida gaplashamiz

Rostlash xarakteristikasi. Generatorning kuchlanishi U1=U1H=const bo’lganda uning qo’zg’atish toki Iq ni yuklama toki I1 ga bog’lanishi, ya’ni Iq=f(I1) generatorning rostlash xarakteristikasi deyiladi. Bu xarakteristika n=const va cosφ=const bo’lganda tekshiriladi.


Iste’molchilarda kuchlanish qiymati doim bir xil bo’lishi lozim. Sinxron generatorning yuklama o’zgarganda uning kuchlanishi o’zgarib turadi. Kuchlanish o’zgarmasligi uchun qo’zg’atish tokining qiymatini yuklama o’zgarishi bilan o’zgartirib turish kerak. Generatorning rostlash (28-rasm). Aktiv qarshilikli yuklama qiymati ortgan sari generatorning kuchlanishi kamaya boradi. Kuchlanish kamaymasligi uchun qo’zg’atish tokini ko’paytirish kerak (1-egri chiziq). Induktiv qarshilikli yuklama ortgan sari kuchlanish tezroq kamayadi. YAkor’ reaktsiyasining bo’ylama magnidizlovchi ta’sirini kamaytirish uchun, ya’ni kuchlanish bir xilda qolishi uchun qo’zg’atish tokini yanada ko’proq oshirish lozim bo’ladi (2-egri chiziq). Sig’im qarshilikli yuklama ortgan sari yakor’ reaktsiyasining bo’ylama magnitlovchi ta’siri natijasida umumiy magnit oqimi, generatorning kuchlanishi ko’payadi. Bunda kuchlanish bir xilda qolishi uchun qo’zg’atish tokini kamaytirish lozim bo’ladi (3-egri chiziq).
Uch fazali tok sinxron generator chulg’amlarida EYUK induksiyalanadigan, yakor rolini bajaradigan stator hamda chulg’amida asosiy uygotuvchi magnit oqimi hosil qiladigan indikator deb ataladigan rotor bor, Statorning uch fazali chulg’amiga uzatiladigan sinusoidal EYUK bir-biriga nisbatan faza bo’yicha 2π/3 radian burchakka siljigan va yuklama ulanganda tegishli ish toklari hosil bo’ladi. Rotor g’altaklaridan o’zgarmas tok o’tadigan elektromagnitdan iboratdir. Sinxron generatorlarga o’zgarmas tok kichikroq o’zgarmas tok generatoridan — sinxron generator bilan bir valga o’rnatilgan uyg’otgichdan yoki to’g’rilagichdan keladi. Statoriing har bir fazasi chulg’amlarida hosil bo’ladigan EYUK elektromagnit induksiyasi qonuniga asosan quyidagi formuladan aniqlanadi:
Ye = 4,44 ωkayl. /F.
bunda ω — stator bir fazasining chulg’amidagi o’ramlar soni; kayl — chulg’am koeffisienti; f — o’zgaruvchan tok chastotasi, Gs; F — uyg’otish chulg’amida hosil bo’ladigan magnit oqim, Vb.
O’zgaruvchan tok sinxron motorining chastotasi rotorning aylanish tezligi (chastotasi) ga borlik. Generatorning EYUKni o’zgartirish uchun keltirilgan formulaga muvofiq rotor chulg’amidagi uyg’otish tokiga bog’liq bo’lgan magnit oqimi F ni o’zgartirish lozim.
Sinxron generatorga ulangan yuklamalarning ortishi bilan generator chiqishlarida kuchlanish kamayadi. Tashqi xarakteristika olish tajribasini o’tkazishda rotorning aylanish tezligini (chastotasini), quvvat koeffisientini cosφ va uyg’otish toki Iu ni o’zgarishsiz saqlash lozim. YUklama ortishi bilan generator chiqishlaridagi kuchlanishning kamayishini generator yuqori chulg’amlaridagi aktiv va induktiv qarshiliklarida kuchlanishning ichki isrofi sodir bo’lishi, shuningdek, yakorning magnit maydoni rotorning asosiy magnit maydonini magnidizlantirishi (aktiv va induktiv yuklamalarda) bilan tushuntirish mumkin. Agarda sinxron generatorga sig’im yuklamasi ulansa, generator chiqishlaridagi kuchlanish orta boradi.
Generator chiqishlaridagi kuchlanish U ning yuklama toki I ga bog’liqligi generatorning tashqi xarakteristikasi deyiladi. Generatorning aylanish tezligini (chastotasini) nominal holatda saqlash lozim. Uyg’otish zanjirida rostlash reostati yordamida shunday uyg’otish toki Iy hosil qilinadiki, bu tok to’la yuklamada generator qismalaridagi kuchlanishning nominal bo’lishini ta’minlasin, shundan keyin generator yuklamasi asta-sekin oshira boriladi.


1 Қўзғатиш чулғами – магнит майдонини қўзғатадиган, яъни ҳосил қиладиган чулғам демакдир.

Yüklə 76,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin