Fagatsitellasimonlar bo'limi. Plastinkalilar tipi 1883 yilda nemis zoologi F. Shulse Gratse shahridagi universitet akvariumlaridan birida tuzilishi jihatdan bir hujayralilar bilan ko‘p hujayralilar o'rtasida turgan hayvonni uchratganini maium qiladi va uni trixoplaks deb ataydi. Lekin keyinchalik trixoplaks hech qanday asossiz meduzalaming lichinkasi, deb e’lon qilinishi tufayli unga boigan qiziqish susayib ketadi. Bu voqeadan taxminan yuz yil keyinroq sodda hayvonlami o'rganish bilan shug'ullanuvchi nemis olimi K. Krell laboratoriya sharoitida bu hayvonning jinssiz ikkiga boiinish yo'li bilan ko'payishidan tashqari jinsiy ko'payishini ham aniqladi va trixoplaks meduzalaming lichinkasi emas, balki mustaqil hayot kechiradigan voyaga yetgan hayvon ekanligini isbotladi. Trixoplaks tashqi ko'rinishidan amyobalarga o'xshab ketadigan, suv o'simliklari ustida siipanib harakatlanadigan, 4 mm kattalikdagi plastinkasimon dengiz hayvonidir. Trixoplaksning harakat yo'nalishi aniq bo'lmasdan goh oldinga, goh orqa tomonga qarab o'zgarib turadi. Shuning uchun uning tanasining oldingi va keyingi tomonlarini aniqlab boimaydi (26-rasm). Trixoplaks tanasining suv osti narsalariga yopishib harakatlanuvchi tomoni shartli ravishda qorin deb qabul qilingan. Bu qismdagi hujayralaming har biri bittadan xivchinga ega. Tanasining ichki tomoni soxta oyoq yordamida harakatlanadigan amyobasimon hujayralar bilan to'lgan. Bu hujayralar qorin tomondagi hujayralardan ular xivchinlarini yo'qotib, ichkarigabotib kirishinatijasida hosil boiadi, deb taxmin qilinadi. Lekin bulardan tashqari trixoplaks tanasida orqadan qorin tomoniga cho'zilgan duksimon yirik hujayralar ham mavjud. Bu hujayralaming funksiyasi yaqin davrgacha noma’lum edi. 1986 yilda nemis zoologi G. Venderot tajribalari asosida bu hujayralaming fagotsitar funksiyasini ko'rsatib berdi. U laboratoriya sharoitida saqlanayotgan trixoplakslami jonsizlantirilgan achitqi hujayralari bilan oziqlantirib, oziq zarralari xivchinlaming harakati tufayli trixoplaksning yelka tomoniga qarab haydalishini va bu yerda duksimon hujayralar tomonidan yutilishini kuzatdi. Oziq zarralarini yutish uchun trixoplaks tanasining orqa tomoniga ko‘tarilgan duksimon hujayralar yana avvalgiholatigaqaytadi. Bunday o‘ziga xos oziqlanish usulini G. Venderot transepitelial sitofagiya deb ataydi. Trixoplaks umumiy tana tuzilishi, oziqlanishi jihatdan ko ‘p hujayrali hayvonlaming 1.1. Mechnikov taxmin qilgan ajdodlariga o ‘xshab ketadi va uning “mayda oziq zarralari tananing tashqi qismidagi xivchinli hujayralar tomonidan, yirik zarralar esa amyobasimon ichki hujayralar orqali yutiladi”, degan fikri naqadar to‘g ‘ri ekanligidan dalolat beradi. Hamma tuban tuzilishga ega bo'lgan ko‘p hujayrali hayvonlar singari trixoplaksda regeneratsiya qobiliyati kuchli rivojlangan, hatto uning bir-biridan ajralgan ayrim hujayralaridan yangi yosh hayvon taraqqiy etadi. Plastinkalilar tipiga Trichoplax adhaerens va T.reptans deb ataluvchi ikkitatur kiradi. Birinchi tur Atlantikaokeani, 0 ‘rtayerva Qizil dengizlarda uchraydi, ikkinchi tur Treptans Italiyaning Neapol shahridagi zoologiya stansiyasining akvariumlarida topilgan. Trixoplakslami bundan keyin mukammal o‘rganish orqali ko‘p xujayrali hayvonlami bir hujayrali hayvonlardan kelib chiqqanligini isbodovchi yangi eng muhim dalillargaega bo'lish mumkin.