Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi



Yüklə 44,94 Kb.
səhifə31/31
tarix15.12.2022
ölçüsü44,94 Kb.
#74935
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
asosiy zoologiyaaaa

koral poliplar
Korall poliplar faqat dengizlarda o'troq hayot kechiradigan 6000 dan ortiq bo'shliqichlilardan iborat. Ko'pchilik turlari koloniya hosil qiladi. Kattaligi har xil; yakka yashovchi poliplar bir necha milli metrdan bir necha o'n santimetrgacha; ayrim turlari 1 m gacha bo'ladi. Korall poliplar nasi almashinmasdan rivojlanadi, ya’ni faqat polip shaklida uchraydi; meduza davri boimaydi. Ttizilishi. Tanasi gidropoliplarga o'xshash, lekin ularga nisbatan murakkab tuzilgan. Yakka poliplar silindrsimon tanasining yassi tovon qismi substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Koloniyali poliplarda esa har qaysi individ tovon orqali koloniyaning poyasiga yoki shoxiga yopishadi. Og'iz teshigi har bir polip tanasining uchki qismida joylashgan. Og'iz teshigi sakkizta (sakkiz nurlilar kenja sinfi), yoki olti karra miqdorda paypaslagichlar bilan o'ralgan Og‘iz nayga o'xshash uzun halqumga ochiladi. Halqum davori gastral bo'shliqqa osilib turadi. Halqum og‘iz diski devorining polip tanasiga botib kirishidan hosil bo ‘lganligi tufayli ektoderma epiteliysi bilan qoplangan. Halqum nayi yassi bo'lganidan halqum teshigi ham bir tomonlama yassilashgan tirqishga o'xshaydi. Halqumning bir uchida yoki ikkala uchida ham sifonoglif deb ataladigan og'iz egatchalari joylashgan. Egatchalarda joylashgan kipriklaming harakati tufayli suv gastral bo'shliqqa kiradi. Halqumning boshqa qismi orqali suv gastral bo'shlig'idan oqib chiqadi. Shu usulda gastral bo'shlig'idagi suv doimo almashinib turadi. Suvning yangilanib turishi polip tanasini kislorod bilan ta’minlanishida va mayda plankton organizmlar bilan oziqlanadigan poliplarning oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Gastral bo'shliqdan suvdagi kislorod to'qimalarga o'tadi; karbonat angidrid esa to'qimalardan suvga o'tadi. Karbonat angidridga to'yingan suv hazm bo 'lmagan oziq qoldiqlari bilan birga gastral bo'shliqdan chiqib ketadi. Gastral bo 'shliq endoderma bilan qoplangan bo 'lib, parda to' siq-septa yordamida kameralarga bo'lingan. Septaning bir tomoni tana devoriga yopishgan bo'lib, periferik kameralami hosil qiladi; ikkinchi tomoni gastral bo'shliqda erkin joylashgan. Ana shuning uchun ham gastral bo'shliqning markaziy qismi kameralarga bo'linmagan. Septaning tana bo'shlig'ida erkin joylashgan qalinlashgan uchi mezenterial iplar deyiladi. Mezenterial iplarda hazm qiluvchi fermentlar ishlab chiqaradigan bezli hujayralar joylashgan. Septalar soni paypaslagichlar soniga teng bo'ladi. Septalar endoderma bilan qoplangan mezogleyadan iborat. Gistologik jihatdan ham korall poliplar gidroidlarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Ulaming yupqa bazal membranasi o'miga qalin mezogleya; ektodermadagi epiteliy-muskul hujayralari o'miga ixtisoslashgan boylama va halqa muskullar joylashgan
Yüklə 44,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin