Parazit amyobalar. Odam va turli hayvonlaming ichagida parazit amyobalarning bir necha turi topilgan. Ular orasida ichburug' amyobasi Entamoeba histolytica (2-rasm) odamlaming amyobiaz, ya’ni qonli ichburug' bilan og'rishiga sabab bo'ladi. Ichburug' amyobasining kattaligi 20-30 mkm bo'lib, yo'g'on ichakda yashaydi va ichak epiteliysini jarohatlaydi. Ichburug' amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo'lib, endoplazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko'p sonli kalta va yo'g'on psevdopodiylari yordamida juda faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan ektoplazma hisobidan hosil bo'ladi.Ichburug' amyobasi juda keng tarqalgan. Yer sharining turli hududlarida amyoba bilan 10 foizdan 30 foizgacha odamlar zararlanishi mumkin. Lekin amyobiaz bilan kasallanish belgilari asosan issiq tropik va subtropik xududlarda yashovchi xalqlar о 'rtasida uchraydi. О 'rta va Shimoliy kengliklarda yashovchi aholi ichagida ham amyoba uchrab tursa-da, kasallanish hollari deyarli kuzatilmaydi. Amyoba bilan zararlangan, lekin ichburug' bilan kasallanmaydigan odamlar amyoba tashuvchilar hisoblanadi. Ba’zi hollarda, masalan issiq iqlimda organizm immuniteti kuchsizlanib qolganida amyobalar ichak devoriga kirib, epiteliy hujayralarini yemiradi va og'ir qonli ichburug' kasalligini keltirib chiqaradi. Amyobalar asosan jarohatdan chiqadigan qondagi eritrotsitlar bilan oziqlanadi. Kasallik vaqtida davolanmasa sumnkali formagao'tadi. Kasal kishi juda ozib ketishi, ba’zan halok bo'lishi mumkin. Ichburug' amyobasi sista orqali tarqaladi. Ovqat qoldig'i bilan yo'g'on ichakdan to 'g'ri ichakka tushgan amyobalar psevdopodiylarini tortib olib, yumaloqlanadi. Ektoplazma esa yupqa va pishiq qobiq ishlab chiqargach, parazit sista davriga о 'tadi. Shu davrda sista ichidagi amyobaning yadrosi ketma-ket ikki marta boiinadi va sista ichidagi amyoba to'rt yadrolik bo'lib qoladi. Axlat bilan tashqariga chiqadigan sistalar noqulay sharoit ta’siriga juda chidamli; nam tuproqlarda 2-3 oy davomida ham yashovchanligini yo'qotmasligi mumkin. Lekin sistalar quruq va issiq muhit ta’siriga uzoq chidash berolmaydi. Sistalami pashshalar ham tarqatishi mumkin. Amyoba sistasi suv yoki ovqat bilan odam ichagiga tushganida uning qobig‘i yemiriladi. Sitoplazmasi esa yadrolar soniga muvofiq ikki marta bo‘lingach, to'rtta amyoba hosil bo'ladi. Yosh amyobalar faol oziqlanishga o'tadi. Kuchli zararlangan odam ichagidan bir sutka davomida 300 mln.gacha sista chiqishi mumkin. Odam ichagida yashovchi ayrim amyobalar mutlaqo zararsiz hisoblanadi. Ichak amyobasi - Entamoeba coli xuddi shunday amyobalardan hisoblanadi. Uning tuzilishi ichburug' amyobasiga o'xshash, lekin sistasi 8 yadroli bo'ladi. Parazit amyobalar kasallangan tishlarning kovagi; it, cho 'chqa, ot va boshqa hayvonlar ichagida; asalarilarning malpigi naychalarida ham topilgan.