Sarkadalilar kenja sinfi. Amyoba. Sarkodalilaming qattiq po'sti bo'lmaydi; hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq po'st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Sitoplazmadan hosil bo'lib turuvchi o'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiydi; shuning uchun bunday oyoqlar soxta, ya’ni psevdopodiylar deb ataladi. Soxta oyoqlar parraksimon (lobopodiylar), ipsimon (filopodiylar), nursimon(askopddiylar) vato‘rsimon (retikulopSdiylar) shaklida bo‘lishi mumkin. Soxta oyoqlar oziqni qamrab olish vazifasini ham bajaradi. Sarkodalilar hujayrasida bitta yoki bir necha yadrosi bor. Chuchuk suvlarda va tuproqda yashovchi turlarida qisqaruvchi vakuoli bo'ladi. Ular barcha bir hujayralilarga o'xshash butun tana sirti orqali nafas oladi. Sarkodalilar ko'pinchaikkigabo'linish, ba’zan kurtaklanish orqali jinssiz ko'payadi. Jinsiy ko'payishi xivchinli yoki amyobasimon (xivchinsiz) gametalar hosil qilish orqali sodir bo'ladi. Bu sinfga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko'pchilik turlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Ayrim turlari parazit hisoblanadi. Sinf ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar kenja sinflarini o'z ichiga oladi. Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) kenja sinfi Ildizoyoqlilaming soxta oyoqlari xilma-xil va harakatchan bo 'ladi. Sitoplazmasi doimiy, ixtisoslashgan zonalarga bo'linmagan. Bu kenja sinf amyobalar, chig'anoqli ildizoyoqlilar va foraminiferalar turkumlariga bo'linadi. 1. Amyobalar turkumi (Amoebina). Sodda tuzilgan, qattiq skelet yoki chig'anog'i rivojlanmagan ildizoyoqlilami o'z ichiga oladi. Ko'pchilik turlari chuchuk suvlarda, ayrim vakillari tuproqda va dengiz suvida hayot kechiradi. Bir qancha turlari odam va hayvonlaming ovqat hazm qilish sistemasida parazitlik qiladi. Har xil turlari bir-biridan katta-kichikligi va psevdopodiylarining tuzilishi bilan farq qiladi. Kichik chuchuk suv havzalarining chirindiga boy loyli tubida ancha yirik (0,5 mm) oddiy amyoba uchraydi. Tanasi tiniq sitoplazmadan tashkil topganligi uchun uni oddiy ko'z bilan payqab olish qiyin. Amyobaning psevdopodiylari uzun va to ‘mtoq uchli (lobopodiylar) bo iadi. Psevdopodiylar shakli va soni doimiy boimaydi. Qulay sharoitda amyoba doimo harakat qilib turadi. Uning harakatlanishi bir tomchi suvning oqishiga о ‘xshaydi. Sitoplazmasi yangidan hosil bo iayotgan psevdopodiylari tomoniga oqib o'tishi tufayli amyoba siljiydi. Turli tashqi omillar (harorat, yorugiik, kimyoviy moddalar) amyoba harakatiga ta’sir ko'rsatadi. Bu ta’sirlar amyobada to'g'ri yoki aks taksis paydo qiladi; natijada amyoba u yoki bu tomonga harakat qiladi. Psevdopodiylar oziqni qamrab sitoplazmaga о'tkazish funksiyasini ham bajaradi. Amyobalar sitoplazmasiga oziq modda har xil usulda o‘tadi. Bir xil amyobalar (masalan, A.proteus) psevdopodiylari oziq zarrasini (bakteriya, suv o‘tlari va boshqa mayda jonivorlar) ikki tomonidan oqib o'tib qamrab olsa, boshqalari ipsimon suv o'tlarini harakat qilmasdan sitoplazmasiga tortib oladi. Avval suv o'tining bir uchi amyoba tanasi sirtiga yopishib qoladi, so'ngra sitoplazmaga botib kirib, hazm suyuqligi ta’sirida spiralga o'xshab o'raladi. Sitoplazmaga o'tgan oziq zarrasi atrofiga hazm suyuqligi ajralib, ovqat hazm qilish vakuolasi shakllanadi. Oziqning hazm bo'lgan qismi sitoplazmaga so'riladi; hazm bo'lmagan qismi esa sitoplazmaning to'g'ri kelgan joyidan tashqi muhitga chiqarib tashlanadi, Oziq moddalaming hujayra ichiga tortib olinib, hazm qilinishi fajfotsitoz deb ataladi. Ko'pchilik bir hujayralilar va tuban tuzilgan ko'p hujayralilar fagotsitoz usulida oziqlanadi. Amyobalar sitoplazmasi aniq ikki qismdan iborat. Sitoplazmaning tashqi birmuncha yupqa, lekin tiniq va quyuqroq qatlami ektoplazma, ichki suyuqroq va donador qatlami endoplazma deb ataladi. Bu ikki qatlam o'rtasida aniq chegara bo'lmaydi. Psevdopodiylar hosil bo'lishi jarayonida oqib kelayotgan sitoplazmaning sirtqi qismi yelimga o'xshash quyuqlasha borib, ektoplazmaga aylanadi. O'shadaqiqada tanasining qarama-qarshi tomonidagi ektoplazmasi suyuqlashib, qisman endoplazmaga aylanadi.Amyobaning endoplazmasida hazm qilish vakuollar bilan birga tiniq va yirik pufakcha shaklidagi qisqaruvchi vakuol joylashgan. Bu vakuol bir daqiqa yo ‘qolishi va yana hosil bo ‘lishi mumkin. Vakuol sitoplazmadan sizib o'tadigan suyuqlik bilan to'lib turadi. Uning o ‘lchami ma’lum bir darajaga yetgach, qisqarish sodir bo'ladi va suyuqlik maxsus teshikcha orqali sitoplazmadan chiqarib tashlanadi. Oddiy amyoba vakuolining suyuqlik bilan to‘lishi va qisqarishi xona haroratida 5-8 minut davom etadi. Qisqaruvchi vakuol tana bosimini muqobillashtirib turuvchi osmoregulyatsiya organoidi hisoblanadi. Tashqi muhitdan amyoba sitoplazmasiga sizib o'tadigan suvning ortiqcha qismi ana shu yo'l bilan chiqarib turiladi. Vakuoldagi suyuqlik bilan birga hujayrada hosil bo‘ladigan modda almashinish mahsulotlari ham chiqarab yuboriladi. Vakuol ishlashi natijasida sitoplazma orqali doimo suv oqib turadi. Amyoba ana shu tarzda suv tarkibidagi kislorod bilan nafas oladi. Amyoba endoplazmasida faqat bitta yirik yadro bo‘ladi, lekin tirik hayvonda uni payqab olish qiyin.