Bir pallali yoki lolasimon o`simliklar sinfi-monocotyledonae yoki liliopsida



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə18/23
tarix02.01.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#43802
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Lolanomalar qabilasi kurs ishi

Boshoqdoshlar oilasi – Graminerae

Bu oilaga bir yillik ikki yillik va ko`p yillik o`simliklar va ba`zan bo`yi bir necha metrga yetadigan daraxt o`simliklar kiradi. Poyalari poxol bo`lib, bo`g`im va bo`g`im oraliqlari bor, poyaning bo`g`im oralari ichi bo`sh (kovak) ba`zi xollardagina masalan, makkajo`xori. Barglari chiziqli oddiy barg qini va barg plastinkasidan iborat bo`lib ko`pincha barg ko`rinib turadigan tilcha bor: Barglari poyaga navbat bilan joylashadi. Tilchaga yopishib, turib barg qini bilan poxol poya oralig`idagi bo`shliqdagi bo`shliqqa suv kirishiga yo`l bermaydi. Tilcha sistematik belgilari bo`lib, uning shakli va katta kichikligi har xil bo`ladi. Qin bo`g`inlar oralig`idagi o`sish zonalarini ximoya qiladi. Va ayni vaqtda poyani chidamliligini ortiradi.

Boshoqdoshlarning oilasi tuproq yuzasidagi yoki undan yuqori turgan qismida to`planish bo`g`imidan shoxlaydi. Falladoshlarning guli bir yoki ikki jinsli bo`lib, ular dastlabki to`pgul-boshoqchalarga yig`ilgan. Boshoqchalar ham o`z navbatida murakkab to`pgullar: murakkabboshoq, murakkab rovak, popuk va so`tana hosil qiladi. Boshoqchaning tuzilishi har xil bo`lib, u sistematik belgi hisoblanadi. Tipik boshoqning butun boshoqchani maxkam o`rab oladigan bir juft po`sti bo`ladi. Po`sti ichida 1 ta yoki ko`p gul turadi. Har bir gul po`stining ostki qismini ham o`rab. Ustki gul po`stining 2 ta qirrasi bor: bu uning gulqo`rg`onini tutashib o`sgan 2 ta bargchasidan iborat ekan ishchini ko`rsatadi. Bundan keyin 2 ta, ba`zan 3 ta va undan ham ko`p 2 ga ajralgan gulqo`rg`on pardasi (Lodikulae) joylashgan. Bu parda g`alladoshlarning gullash biologiyasida katta ahamiyatga egadir. Gullash oldidan pardalar nixoyatda shishib ketadi va shuning uchun gul po`sti ochiladigan, bu esa changchi va urug`chilarning gul ichida chiqishiga imkon beradi.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin