Bir pallali yoki lolasimon o`simliklar sinfi-monocotyledonae yoki liliopsida



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə1/23
tarix02.01.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#43802
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Lolanomalar qabilasi kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI



Urganch Davlat Universiteti

Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi

182-guruh talabasi ning

Botanika fanidan


Mavzu: Lolanomalar qabilasi.

Bajardi: Sobirov Azamat
Tekshirdi: Allaberganova Komila

Urganch 2019
Reja:
Kirish.

I . Adabiyotlar sharhi

II . Asosiy qism

  1. Bir urug’ pallalilar yoki lolasimonlar sinfi tavsifi.

  2. Bir pallali o`simliklarning ikki pallali o`simliklarga o`xshashligi va farqi.

  3. Loladoshlar tartibi-Liliales.Loladoshlar oilasi-Liliaceae.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Bu sinfga A. L. Taxtadjyan (1987) ma`lumoti bo`yicha 104 oila, 3000 turkum va 63000 tur kiradi. Bular gulli o`simliklarning yaqin 25% tashkil etadi. Bu sinf urug` pallasining 1 ta bo`lishidan tashqari bir qancha o`ziga xos belgilarga ega.

Mavzuning maqsadi: 1. Lolanomalar qabilasi haqida umumiy ma`lumotga ega bo`lish. 2.Lolanomalar qabilasi sistematikasi va tartibini o’rganish.

O'simliklar dunyosi vakillari tabiatda juda keng tarqalgan: ulami quruqlikda, chuchuk va sho'r suvlarda, hatto Arktika va Antarktida muzliklarida ham uchratish mumkin. O'simliklar Yer yuzasida keng tarqalishidan tashqari juda xilma-xildir. Bularni bir-biridan ajratish va turli maqsadlarda foydalanish uchun ulami har tomonlama o rganish zarur. Yer sharida tarqalgan o'simliklarni o'rganish bilan botanika fani shug'ullanadi. Hozirda o'simliklarning ichki va tashqi tuzilishi, o'sishi, rivojlanish qonuniyatlari, tashqi muxit bilan o'zaro munosabatlari, Yer sharidagi o'simliklar qoplamining tarqalishi va taqsimlanish qonuniyatlari, o'simliklar olamining kelib chiqishi, o'simliklarning tasnifi, xo'jalik nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo'lgan qimmatli o'simlik turlarining tabiiy zahiralari va ulardan oqilona foydalanish yo'llarini, yem-xashak, dorivor, mevali, sabzavot, texnik va boshqa turlarni madaniylashtirishning ilmiy nazariy asoslarini ishlab chiqish tabiatni va o'simliklar resurslarini muhofaza qilishning ilmiy asoslarini yaratish botanikaning oldida turgan vazifalardir.

O'simliklar foydalanish xarakteriga ko'ra bir nechta guruhlarga ajratiladi. Bunda eng muhimi inson uchun ozuqa hisoblangan o'simliklardir. Ularga bug'doy, sholi, makkajo'xori kabi qimmatli o'simliklar kiradi. Sabzavot o'simliklari, rezavor mevali, yong'oq meva, boshoqli, dukkakli, madaniy o'simliklar ham katta ahamiyatga ega O'simliklarning ikkinchi guruhini sanoatda foydalaniladigan turlar tashkil etadi. Ular moy beruvchi, efir moyli, tola beruvchi, oshlovchi, bo'yoq beruvchi o'simliklardir. Uchinchi guruhga dorivor o'simliklar kiritilib, ular kishilami turli kasalliklardan davolashda ishlatiladi. Qishloq xo'jaligida yem-xashak hisoblangan o'simliklar to'rtinchi guruh sifatida ahamiyatga ega. Beshinchi guruxni bakteriya va zamburug'lar tashkil etib bijg'ish jarayonlarida va tuproq unumdorligini oshirishda katta rol o'ynaydi. Insonning xo'jalik faoliyatida o'simliklardan hosil bo'lgan mahsulotlar toshko'mir, yonuvchi slanetslar, torf va neft kabilar muhim ahamiyatga ega.

Tirik tabiatning muhim tarkibiy qismi bo'lgan o'simliklar biologik moddalami normal aylanishini ta'minlaydi, atmosferani kislorod bilan boyitadi, organik moddalami to'playdi. Bu esa o'z navbatida inson va hayvonlar uchun ozuqadir. O'simliklar mikro iqlimga ham ta'sir etadi, issiqlik balansini shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Havoning nisbiy namligini oshiradi va joyning suv va shamol rejimlariga ta'sir etadi. Barcha o'simlik turlari ilmiy-amaliy maqsadlar uchun bitmas-tuganmas boylik hisoblanadi. Shuning uchun ham noyob va yo'qolib borayotgan o'simlik turlarini muhofaza qilish muhimdir. O'zbekistonda 1998 yillarda chop etilgan Qizil kitobga 301 ta o'simlik turlari kiritildi.




Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin