2. G`ichchaknamolar qabilasi –Potamogetonales.
Bu qabilaning muhim oilasi G`ichchakdoshlar (Potamogetanaceae) hisoblanadi. Oila vakillari suvga ko`milib o`suvchi yoki suv betida suzib yuruvchi ko`p yillik o`t o`simliklardir. Barglari tasmasimon yoki ellipssimon. Gullari mayda bir yoki ikki jinsli, boshoqsimon to`pgullarni hosil qiladi. Ayrim vakillarida gullari yakka-yakka holda joylashgan. Gulqo`rg`oni oddiy, changchi va urug`chilari 4 ta. Mevasi yong`oqcha yoki danaksimon mevadan yig`ilgan to`pmeva.
Gul formulasi: P4 A4 G(4)
Oilaning 9 turkum va 114 ta turi bo`lib, ular chuchuk suvlarda, dengizlarda keng tarqalgan. O`zbekiston sharoitida ayrim turkumlari uchraydi. Masalan: Kungirador g`ichchak (Potamogeton crispus), Suzuvchi g`ichchak (P. natans), Bo`g`imdor g`ichchak (P. nodosus) va boshqalar. Bular cho`l, adir va tog` zonalaridagi ko`l, ariq suvlarida o`sadi.
Ahamiyati: Bu oilaga kiruvchi o`simliklarning mevasi baliqlar, qushlar uchun ozuqa hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |