II. Asosiy qism.
2.1. Bir urug’ pallalilar yoki lolasimonlar sinfi tavsifi.
Bu sinfga A. L. Taxtadjyan (1987) ma`lumoti bo`yicha 104 oila, 3000 turkum va 63000 tur kiradi. Bular gulli o`simliklarning yaqin 25% tashkil etadi. Bu sinf urug` pallasining 1 ta bo`lishidan tashqari bir qancha o`ziga xos belgilarga ega. Ular quyidagilar:
1. Gulqo`rg`oni oddiy, ba`zan murakkab. Gullari asosan 3 a`zoli;
2. Bu sinfga mansub o`simliklarning asosiy ildizi barvaqt qurib ketadi va qo`shimcha ildiz sistemasini hosil qiladi. Bundan tashqari ildiz sistemasini popuk ildiz deb ataladi.
3. Poyaning ko`ndalang kesim yuzasida o`tkazuvchi tolali bog`lamlar tartibsiz joylashgan. Ular bir-biri bilan tutashgan, ya`ni yopiq tipda bo`ladi. Bog`lamlar orasida kambiy bo`lmaganligidan, poya ikkilamchi yo`g`onlashish hususiyatiga ega emas.
4. Barglari ko`pincha oddiy, chetki qirralari tekis, tasmasimon tuzilishga ega. Barg tomirlari parallel yoki yoysimon tomirlangan.
Yuqorida keltirib o`tilgan belgilar bir pallali o`simliklarning deyarli hammasi uchun xos. Hayotiy shakli o`tlar, ba`zan tropik mintaqalarda daraxtsimonlari (Dratsena, palma yukka, bambuk va boshqalar) ham o`sadi.
Bir pallali o`simliklar tur soni jixatidan kam bo`lsa ham individlar soni bo`yicha, ikki pallali o`simliklardan ustun turadi. Shuning uchun ham dasht zonalarida katta-katta landshaftlar hosil qiladi.
2. Bu sinf 4 ta sinfchaga bo`linadi:
1. Bulduruqo`tkabilar sinifchasi –Alismatidae.
2. Triuridkabilar sinfchasi- Triurididae.
3. Lolakabilar sinfchasi – Liliidae.
4. Palmakabilar sinfchasi- Aricidae.
1. Bulduruqkabilar sinfchasi. Bu sinfcha vakillari to`lig`icha suvda yashovchi yuksak guli o`simliklar hisoblanadi. Ular bir nechta qabila va oilalarga bo`linadi. Muhimlari quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: |