Bir qadar pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki, mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan hisob kitoblarning ulushi kamayib bormoqda



Yüklə 239,09 Kb.
səhifə1/2
tarix24.04.2023
ölçüsü239,09 Kb.
#101855
  1   2
pul,kredit va bank


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI

TT va KT” 2 -BOSQICH RI-11-21 GURUH TALABASI
SHOYIMOV ELMURODNING
“Pul, kredit va banklar” FANIDAN TAYYORLAGAN
Amaliy ish -7
Pulning muomala vositasi funktsiyasi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etayotgan tomonlarning faoliyati ustidan nazorat vositasi sifatida maydonga chiqadi. Markazdan rejalashtirish davrida pulning muomala vositasi bir muncha chegaralangan edi. Natijada, odamlarning qo‘lida naqd pullar bo‘lishiga qaramasdan o‘zlari istagan tovarlarni sotib ololmasdi yoki sotib olishga imkoniyat bo‘lmagan.
Bozor munosabatalarining takomillashuvi va rivojlangan mamlakatlarda fan – texnika taraqqiyotining taboro jadallashib borishi pulning muomala vositasi funktsiyasining ahamiyatini bir qadar pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki, mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan hisob – kitoblarning ulushi kamayib bormoqda. Naqd pullar asosan aholi tomonidan foydalanishi, keyingi yillarda plastik kartochkalarning ko‘plab turlari joriy etilishi, hisob – kitoblarda naqd pulsiz to‘lovlar hajmining ortib borishi kabi holatlar pulning muomala vositasi funktsiyasining ahamiyatini pasayishiga olib kelmoqda. Masalan, 1994 – 1997 yillarda Angliya va Frantsiyada 10%, Kanada va Germaniyada 7%, AQShda 2% ishchi xodimlargina ish haqlarini naqd pulda olishgan.
Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, ular uchun to‘lov kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul to‘lov vositasifunktsiyasinibajaradi. Demak, sotilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lov jarayonida uzilish bo‘lmasa, pul muomala vositasini bajaradi, agar ushbu jarayon ma’lum davrga uzilishi, ya’ni to‘lov kechikkan holatlarning barchasida, pul avtomatik tarzda, o‘zining to‘lov vositasi funktsiyasini bajaradi.
Pulning to‘lov vositasi funktsiyasi asosan quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi;

  • jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda;

  • davlat byudjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsimlashda;

  • xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda;

  • kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini bajarganda hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirganda;

  • korxona va tashkilotlar o‘z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni to‘lashda;

  • va boshqa holatlarda.

Pulning to‘lov vositasi funktsiyasi yuridik shaxslar o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – kitoblarda juda keng foydalaniladi. Bunda naqd pullarning ishtirokiga zaruriyat bo‘lmaydi, barcha operatsiyalar bank hisobraqamlarida biridan ikkinchisiga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda chop etilgan adabiyotlarda, pulning to‘lov vositasi funktsiyasi, uning alohida funktsiyasi sifatida e’tirof etilmaydi. Pulning ushbu funktsiyasi uning muomala vositasi funktsiyasi bilan hamoxong tarzda
o‘rganiladi. Pulning ikkita funktsiyasi bir – biriga qo‘shib o‘rganilganda «…pul tovarlar va xizmatlarning to‘lovi va qarzlarning to‘lov vositasi»15 tarzida ta’kidlanadi.
Nazarimizda, rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan pulning to‘lov vositasi va muomala vositasi funktsiyalarini bir – biriga qo‘shib yuborilishi natijasida, uning to‘lov vositasi funktsiyasini e’tirof etilmasliklari maqsadga muvofiq emas.
Pul o‘zining muomala va to‘lov vositasi funktsiyalarini bajarmagan vaqtda
Yüklə 239,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin