KIRISH
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida,
iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini
bozordan moddiy resurslar, yaʼni
asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa
vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini
sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari
tarkibiga
xom-ashyo, asosiy va yordamchi
materiallar, yonilg'ʻi va energiya
xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga
ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga
qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxining tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar.
Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra,
Ishlab chiqarish xarajatlar
quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari,
soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash
xizmati harajatlari,
boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo,
materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish
haqi va shu kabilar uchun
harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi.
Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan va
bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot
tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum
vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha
yoki tashkilotlar
gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi.
Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i.ch.
vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik
buyumlarini ishlatish bilan
bogʻliq boʻlgan harajatlar
Kompleks ishlab chiqarishda bir mahsulotni ikkinchi mahsulotsiz ishlab
chiqarib bo‘lmaydi, lekin nisbati turlicha bo‘lishi mumkin. Go‘sht yetkazib
beruvchi kompaniya qushxonada faqat bir xil mahsulot olmaydi, chunki go‘sht
bilan birga suyak, teri, yog’ chiqadi.
Kompleks ishlab chiqarishda xarajatlarni taqsimlash sabablari:
1. Tashqi moliya hisobotlari va soliq organlari uchun zahiralarni
va sotilgan
mahsulot tannarxini baholash.
2. Ichki maqsadlar uchun, masalan, ijrochilarni mukofotlash uchun
zahiralarni va sotilgan mahsulot tannarxini baholash.
3. Xaridorga birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning faqat bir qismini
sotishni ko‘zda tutuvchi shartnomalar bo‘yicha xarajatlarni aniqlash.
4. Tariflarni davlat yo‘li bilan tartibga solish. Masalan, neft va tabiiy gaz
kompleks qayta ishlanadi, lekin AQShda faqat tabiiy gaz narxni tartibga solish
ob’ektidir.
Alohida
xarajatlar
A Mahsulot
Kompleks xarajatlar
Asosiy materiallar, asosiy
mehnat, ishlab chiqarish ustama
sarflari
B Mahsulot
Ajralish nuqtasi
Alohida
xarajatlar