Kompleks ishlab chiqarishda xarajatlarni taqsimlashda sof sotish qiymati usulining qo‘llanishi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix26.06.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#135090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlani (1) (1) (1)

Jami 
90,0 
00 p.b. 
50,000 
p. 
b. 
140,000 
p.b. 
 
Jadval ma’lumotlarilan ko‘rinib turibdiki, ushbu metodda mahsulot birligiga 
qo‘shma tannarx to‘rtta mahsulot uchun ham bir xil darajada belgilangan, qaysiki 
bu ko‘rsatkich qo‘shma mahsulotlarga taqsimlanadigan jami tannarxni oy 


maboynida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga bo‘lish orqali topiladi. 
Jadvalning keyingi ustuni ajralish nuqtasidan keyingi tannarx har bir mahsulotga 
alohida identifikatsiyalangan, chunki ularning hisob-kitobi har bir alohida 
mahsulot uchun yuritiladi. Ularni taqsimlashga zaruriyat yo‘q. 
Identifikatsiyalash bilan taqsimlash o‘rtasidagi farq qo‘shma mahsulot 
tannarxiga doir qarorlarini qabul qiluvchi menedjerlar uchun ahamiyat kasb etadi. 
Misol uchun qo‘shma mahsulotlardan birining bozor qiymati sezilarli darajada 
kamaysa bu uni ishlab chiqarishni to‘xtatish taqoza qiladi va bu holat ko‘proq 
agarda bozor qiymati ajralish nuqtasidan keyingi xarajatlarni qoplay olmasa. 
Alohida mahsulotlarning to‘liq tannarxi bu unga taqsimlangan qo‘shma 
tannarx va ajralish nuqtasidan keyin amalga oshirilgan tannarx yig‘indisidan 
iborat. Bizning misolimizda uchta mahsulot qo‘shma tannarx va ajralish 
nuqtasidan keyingi tannarxlardan tashkil topgan. Faqat, XZ-880 mahsulot ajralish 
nuqtasidan keyin sotishga tayyor holga keltirilgan, ya’ni unga qo‘shimcha ishlov 
berish zaruriyati yo‘q. 
1- 
jadvalda keltirilgan mahsulotlarning narxlarini 2-jadvalda hisoblab 
chiqilgan tannarx to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, ayrim 
holatlarni qayd qilish mumkin. Z-800 mahsulot birligining tannarxi 10.25 p.b. 
bo‘lgan holda sotish narxi undan past bo‘lib 10.00 p.b.ni tashkil etmoqda. Bozor 
esa uni yuqori narxda sotishga imkon bermaydi. Natijada kompaniya ushbu 
mahsulotni tannarxidan past narxga (farqi 0.25 p.b.) sotishga majbur bo‘ladi. Agar 
tahlil jarayoniga mahsulotni sotish, distributsiya va ma’muriy xarajatlarni ham 
qo‘shadigan bo‘lsak u holda zarar summasi yana oshadi. Z-900 mahsulotga yalpi 
marjin 1 barrel ga 1 p.b.ni tashkil etmoqda (15 p.b.sotish narxi – 14 p.b. mahsulot 
tannarxi). Bu ham juda past. Lekin XZ-880 XZ -990 mahsulotlarda yalpi marjin 
yuqori bo‘lib mos ravishda 16 p.b. va 26 p.b.ga yetgan. Buning sababi natural 
birliklar metodida kichik narxga ega bo‘lgan mahsulotlar kichik hajmga va 
ko‘proq miqdorga ega bo‘lishi natijasida negativ yalpi marjinga ega bo‘lishi 
mumkin. Yuqori narxga ega bo‘lgan mahsulotlar esa yuqori marjin ko‘rsatkichiga 
ega bo‘lmoqda. Shu bois, natural birliklar metodini mahsulotlar narxi o‘rtasida 


katta farq bo‘lmagan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin