Bir tarafdan kapitalistik


Sovuq urushning boshlanishi



Yüklə 105,8 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü105,8 Kb.
#177073
1   2   3
Sovuq urush

Sovuq urushning boshlanishi
Sovuq urushning boshlanishi rasman 1946-yil 5-mart kuni, Winston Churchill o'zining Fulton (AQSh)dagi mashhur nutqini soʻzlagan payti hisoblanadi. Ittifoqdoshlar orasidagi munosabatlarning keskinlashuvi oldinroq boshlangan edi, ammo 1946-yilning martiga kelib bu holat SSSRning Erondan okkupatsion qoʻshinlarini olib chiqishiga noroziligidan kuchayadi. Churchillning nutqi yangi reallikni koʻrsatdi:

Boltiqdagi Shtettindan Adriatikadagi Triestgacha temir parda qitʼa boʻylab choʻzildi. Tasavvurdagi chiziqning u tarafida — Markaziy va Sharqiy Yevropa qadimiy davlatlarining barcha poytaxtlaridir. (…) Yevropaning barcha sharqiy davlatlarida juda kichik holda mavjud boʻlgan kommunistik partiyalar hukmronlikka oʻtib, chegarasiz totalitar boshqaruvga oʻtib oldilar. Politsiyali hukumatlar deyarli hamma yerda boshqaruvdalar va hozircha faqat Chexoslovakiyadan tashqari hech qayerda haqiqiy demokratiya yoʻq.
Turkiya va Fors davlatlari ham Moskva hukumati ularga qoʻyayotgan talablar bilan juda taajubga tushganlar. Ruslar Berlinda kvazi-kommunistik partiya yaratishga harakat qildilar. (…) Endi agar sovet hukumati oʻz hududida prokommunistik Germaniyani yaratishga harakat qilsa, bu britan va amerika hududlarida yangi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi va magʻlub nemislarni Sovetlar hamda gʻarbiy demokratik davlatlar orasida boʻlib yuboradi.
(…) Dalillar shunday: bu biz ozod boʻlishi uchun kurashgan Yevropa emas. Bu doimiy tinchlik oʻrnatilishiga kerakli narsa ham emas.
Churchill 30-yillarning xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi va ozodlikning qimmat demokratiya va totalitarizmga qarshi "Xristian sivilizatsiyasi" uchun turishni, buning uchun esa anglo-sakson millatlarning ahilligi va birligi kerakligini aytdi.
Bir haftadan soʻng I.V.Stalin "Pravda"ga intervyusida Churchillni Hitler bilan bir qatorga qoʻydi va uni oʻz nutqida Gʻarbni SSSR bilan urushga chaqirganligida aybladi.
1945—1962
Yevropa hududida bir-biriga qarshilik koʻrsatayotgan harbiy-siyosiy bloklar.
Vaqt oʻtishi bilan bloklar qarshiligidagi tanglik oʻzgarib borar edi. Uning eng keskin nuqtasi Koreya urushi yillariga toʻgʻri keladi, uning oqibatida 1956-yili PolshaVengriyadagi voqealar va Suvaysh inqirozi kelib chiqadi; Xruschev "iliqligi" kelishi bilan tanglik ozgina yengillashadi, bu ayniqsa 1950-yillarning oxiriga xos; Amerika samolyot-aygʻoqchisi U-2 (1960) bilan bogʻliq janjal yangi tanglikka olib keladi, uning choʻqqisi boʻlib Karib inqirozi (1962) boʻldi; bu inqiroz taasurotida yana yengillashish keladi, ammo u "Praga bahori" bilan buziladi.

Yüklə 105,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin