Bir tarafdan kapitalistik



Yüklə 105,8 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü105,8 Kb.
#177073
  1   2   3
Sovuq urush


Sovuq urush — bir tarafdan kapitalistik AQSh va uning kapitalistik ittifoqdoshlari, ikkinchi tarafdan sotsialistik SSSR va uning sotsialistik ittifoqdoshlari orasidagi XX asrning 40-yillari oʻrtalaridan 90-yillarning boshlarigacha davom etgan global geosiyosiy, iqtisodiy va gʻoyaviy ziddiyat.

Sovuq urush

Sanalar

5-mart 1946 — 26-dekabr 1991

Urush yeri

Global qarama-qarshilik

Natija

Yevropada "Baxmal toʻntarilishlari",
GDRning GFRga qoʻshilishi,
Varshava bitimining bekor qilinishi, SSSR, Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning parchalanishi.



Raqiblar

VBT:


SSSR
Albaniya (1968-yilgacha)
Bolgariya
Vengriya
GDR (19551990)
Polsha
Ruminiya
Chexoslovakiya
Kuba
Xitoy (XXR)
Shimoliy Koreya (KXDR)
Angola
Vyetnam
Laos
Moʻgʻuliston
...

NATO:


AQSh
Belgiya
Buyuk Britaniya
GFR (1955-yildan)
Yunoniston
Daniya
Islandiya
Ispaniya
Italiya
Kanada
Lyuksemburg
Niderlandlar
Norvegiya
Portugaliya
Turkiya
Fransiya (1966-yilgacha)

1959-yildagi ikki qutbli dunyo."Sovuq urush" apogeyidagi (1980-yil) ikki qutbli dunyo.
Qoʻshma Shtatlar va SSSR toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy ziddiyatga kirishmagan boʻlsa ham, ularning dunyoga taʼsir oʻtkazish borasidagi raqobati koʻpincha butun dunyo boʻylab lokal harbiy ziddiyatlarga olib kelar edi. AQSh va Sovet Ittifoqi oʻzining taʼsir doirasini yaratdi hamda ularni harbiy-siyosiy bloklar — NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamladilar.
Sovuq urush Uchinchi jahon urushi xavfi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962-yilgi Karib inqirozi boʻldi. Shundan soʻng 1970-yillarda ikki tarafdan xalqaro tanglikni "yengillashtirish" va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi.
SSSRning bora-bora texnologik jihatdan ortda qolishi sovet iqtisodiyotining stagnatsiyasi va 1970-yillar oxiri — 1980-yillarning boshidagi juda katta harbiy xarajatlar bilan bir qatorda sovet hukumatining siyosiy va iqtisodiy reformalar oʻtkazishiga majbur qildi. 1985-yilda Mixail Gorbachyov tomonidan eʼlon qilingan qayta qurish va oshkoralik KPSSning boshliq rolini yoʻqotishiga va ogʻir iqtisodiy-ijtimoiy inqirozga, oqibatda esa - 1991-yili SSSRning parchalanishiga olib keldi.
Sharqiy Yevropada sovetlar qoʻllovidan mahrum boʻlgan kommunistik hukumatlar undan ham oldin - 1989—1990-yillarda agʻdariladi. Varshava bitimi oʻz faoliyatini rasman 1991-yil 1-iyulda tugatdi va shu vaqtdan boshlab sovuq urushni tugagan deb hisoblashimiz mumkin.

Yüklə 105,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin