Qurilmaning tuzilishi Tadqiqotlar 7.1. - rasmda tasvirlangan qurilmada olib boriladi. Qurilma vakuum-bug`latgich (1) dan iborat bo`lib, uning ichida zmeevik shaklida tayyorlangan isitgich (2) joylashtirilgan. eritmadan ajralib chiqayotgan ikkilamchi bug`dan suyuqlik tomchilarini saqlab qolish uchun qurilmaning bug` separatori qismida tomchi ushlagich (3) joylashtirilgan. Bug`latgich ventil (4) yordamida zeevikli kondensator (5) bilan tutashtirilgan. Qurilmadagi ikkilamchi bug` bosimi vakuumometr (6) bilan o`lchanadi.
Bug`latiladigan eritma o`lchov idishi (7) va ventil` (8) orqali bug`latgichga beriladi. eritmaning qurilmadagi temperaturasi termometr (9) yordamida nazorat qilib turiladi. Quyuqlashgan eritma ventil` (10) orqali vakuum qurilmaga tutashgan o`lchov idishi (11) da to`planadi.
Issiqlik tashuvchi - kompressor moyi ichida zmeevik (12) va elektr issitgichi (13) bo`lgan idish (14) da 120-150 0S gacha isitiladi. Isituvchining temperaturasini rostlab turish uchun elektr isitgich latr (16) orqali tok manbaiga ulangan.
7.1-rasm. Tajriba qurilmasining sxemasi
Ishni bajarish tartibi: Sinovni boshlashdan oldin isitkich (13) tok manbaiga ulanib, sistemadagi moy 120 - 150 0S gacha isitiladi. Moy temperaturasi termometr (15) va latr (16) yordamida rostlab turiladi. So`ngra bug`latkichga eritma quyiladi. Buning uchun havo ventili (17) va (18) ochilib, ventil (10) yopiladi. Ventil (8) ochilib sekundomer ishga tushiriladi. O`lchov idishi (7) dan 10 l miqdordagi eritma oqib tushgach, sekundomer to`xtatilib, ventel (8) yopiladi. Sinov bayoniga qurilmani to`ldirish vaqti yozib qo`yiladi. Havo ventili (17) yopilib, ventil (4) ochiladi va sekundometr ishga tushiriladi. Vakuummetr ko`rsatkichi o`zgarmay qolgach, sekundomer to`xtatilib, sinov bayoniga siyraklanish qiymati yozib qo`yiladi. Eritmaning boshlang`ich temperaturasi, konsentratsiyasi, isitishni boshlash vaqti bayonda qayd qilib qo`yiladi. Konsentratsiya areometr yordamida o`lchanadi.
Eritma qaynash vaqtida quyidagilar bajariladi. Ikkinchi sekundomer yordamida isitish davomiyligi aniqlanadi. (eritmaning qaynash temperaturasi termometr 9 ning ko`rsatkichi o`zgarmay qolganiga qarab aniqlanadi). Eritma qaynay boshlagach ikkilamchi bug`ning bosimi va moyning qurilmadan chiqishdagi temperaturasi qayd qilib boriladi (o`lchashlar 1,5 soat davomida har 15 minutda o`tkaziladi). Berilgan vaqt tugashi bilan ventil (4) yopilib, havo ventili (13) ochiladi.
Eritmani qurilmadan chiqarish uchun ventil` (10) ochilib sekundomer ishga tushiriladi. Sinov bayonida qurilmani bo`shatish vaqti va o`lchov idish (11) dagi quyuqlashgan eritma miqdori yozib qo`yiladi. Quyuqlashgan mahsulot kontsentratsiyasini ariometr yordamida o`lchab bayonda qayd qilib qo`yiladi.
Dastlabki suyuq eritma miqdori, kg б G
Eritmaning boshlang`ich temperaturasi, C t 0 1
Isitishni boshlanish vaqti
Quyuqlashgan eritma miqdori, кг G0
Eritmaning boshlang`ich konsentratsiyasi, б в
Eritmaning oxirgi konsentratsiyasi, о в
Eritmaning qaynash temperaturasi, C t
Tajriba natijalarini hisoblash
Sinov natijalarini hisoblash bayonda qayd qilingan kattaliklar bo`yicha amalga oshiriladi.
Bug`latkichning ish unumdorligini aniqlash.
Ish siklining davomiyligi (soat) aniqlanadi.
Ԏs =Ԏis +Ԏbug `l +Ԏvaq +Ԏto`l +Ԏbo`sh (7.1)
bu yerda Ԏis , Ԏbug `l , Ԏvaq , Ԏto`l , Ԏbo`sh - mos ravishda qaynash
temperaturasigacha isitish, bug`latish, siyraklanish hosil qilish, to`ldirish va bo`shatish vaqtlari.
Qurilma ish unumdorligi (dastlabki eritma bo`yicha kg/soatlarda)
G=
bu yerda: V –dastlabki eritma hajmi, m3
p- eritma zichligi (eritma temperaturasi va kontsentratsiyasi bo`yicha
ilovadan aniqlanadi), kg/ m3.
Issiqlik o`tkazish koeffitsienti issiqlik o`tkazishning asosiy tenglamasidan
aniqlanadi:
K= bu yerda Qum- issiqlik sarfi, Vt
F - issiqlik uzatish yuzasi, m2 △tf- foydali temperaturalar farqi, 0S
Issiqlik sarfi eritmani qaynash temperaturasigacha isitish, bug`latish va atrof muhitga sarflanadigan issiqlik miqdorlarining yigindisidan iborat. Eritmani qaynash temperaturasigacha isitish uchun issiqlik miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi: