Preformizm va epigenez nazariyalari. Epigenez (epi... va ...genez) — organizmlarning murtakdan asta-sekin yangi shakl oʻzgarishlar natijasida rivojlanishi toʻgʻrisidagi taʼlimot. "E." terminini ingliz vrachi va fiziologi U. Garvey taklif etgan (1651). E. organizmlar tuzilishi xususiyatlarning jinsiy hujayralarda mujassamlashuvi toʻgʻrisidagi preformizm taʼlimotiga qarshi vujudga kelgan. Ammo E. va unga qarama-qarshi konsepsiyalar antik davrdan maʼlum boʻlgan. Rus embriologi va anatomi K.F.Volf va boshqalar olimlar ishlari tufayli E. taʼlimoti gʻalaba qozonib, embriologiyanit rivojlanishi uchun zamin yaratildi. 19-asrning 70—80- yillarida sitologiyaning rivojlanishi bilan E.ni inkor qiluvchi juda koʻp irsiyat konsepsiyalari paydo boʻldi. 19-asr oxirida rivojlanish mexanikasining paydo boʻlishi bilan E. yana qayta oʻz mavqeini egallaydi. Lekin E. koʻp jihatdan vitalistik xususiyatga ega boʻlgan (qarang Vitshshzm). E. taʼlimoti tarafdorlari hujayrada organizm uchun xos boʻlgan belgilar toʻliq jo qilinganligi, uning bundan keyingi rivojlanishi oldindan belgilab qoʻyilgan belgilarni tashqi, yaʼni moddiy boʻlmagan omillar taʼsirida yuzaga chiqishi toʻgʻrisidagi gʻoyani ilgari surishgan. 20-asrda genetikaning yuzaga kelishi bilan oldingi sodda tushunchalar oʻrniga organizmlar ontogenezi qonuniyatlarini koʻrsatib beruvchi genetik informatsiya toʻgʻrisidagi gʻoyalar paydo boʻldi. Preformizm (lot. praeformo — ol-dindan hosil qilaman) — organizm jinsiy hujayralarida embrionning rivojlanishi va undan hosil boʻladigan organizm xususiyatlarini oldindan belgilab beradigan moddiy tuzilmalarning boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimot. Pre-formistik qarashlar tarixan uzok, vaqt davomida shakllangan. Dastlabki mikro-skopistlar (Ya. Svammerdam, M. Malpigi, A. Levenguk va boshqalar) fikricha, tuxum (ovizm) yoki urugʻ (animalkulizm) hujayrada barcha organlar batamom shakllangan, juda kichik murtakcha mavjud; rivojlanish fakat murtak qismlarining yi-riklashuvidan ibo-rat. Tuxum yoki urug hujayrani 1-oʻringa qoʻyishiga koʻra, preformistlarni ovistlar va animalkulistlarga ajratish mumkin. Preformistlar ilgari surgan gʻoya manti-qiy jihatdan kreatsionistlarning tirik organizmlarni xudoning oʻzi yaratganligi toʻgʻrisidagi gʻoyasiga yaqin keladi (qarang Kreatsionizm). Preformis-tik qarashlarni keyinchalik hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi va boshqa gʻoyalarning muxoliflari (A. Gal-ler, Sh. Bonne, L. Spalansani va boshqalar) rivojlantirishdi, 18-asrning 2yarmidan boshlab organizm rivojlanishidagi izdan chiqishlar, ota-ona belgilarining irsiylanishi, organlar re-generatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplanib borishi bilan rivojlanishda yangi belgilarning muayyan tartibda hosil boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimot — epigenez shakllandi.