Biriktiruvchi to’qimaning asosiy o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi toʻqima


Embrion varaqlarning hosil bo‘lishi



Yüklə 102,51 Kb.
səhifə54/57
tarix16.06.2023
ölçüsü102,51 Kb.
#131389
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Gistologiya YN (2)

Embrion varaqlarning hosil bo‘lishi.Bu gastrula hujayralarning ma’lum bir yo`nalish bo‘yicha rivojlanishidir. Dastlab bo‘lajak kurtakmaterialining differensirovkasi ma’lum bir joyni egallashdan boshlanadi. 20-21 kunlarda homiladan tashqari varaqlardan homilaning ajralishi yuz beradi. Blastomerlar bir biridan farq qila boshlaydi. Pusht varaqlari ajraladi va ularda alohida a’zo va to‘qimalarning birlamchi kurtaklari paydo bo‘la boshlaydi. Bunda induksiya qayta ahamiyatga ega. Har bir hosil bo‘lgan kurtaklar boshqa kurtaklarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Masalan, xorda nerv sistemasi – nerv nayining rivojlanishini stimullaydi. Pusht varaqalarida (differonlar) – bir gurux hujayralar hosil bo‘lib, ular ma’lum bir yo‘nalishda rivojlanadi. Ularning ichida boshlang‘ich o‘zak (polipotent) hujayralar unipotent blast hujayralar, yetuk hujayralar farqlanadi Dastlabki differensiallashish jarayonida bu a’zolarning kurtaklari hosil bo‘ladi. Bular xorda, nerv nayi, somitlar,splanxnotomlar. Nerv nayining hosil bo‘lishi (neyrulyatsiya) nerv plastinkasining keyin esa nerv nayining hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. Nerv tarnovi tutashib, 25 kunlarda ektodermadan ajralib chiqadi. Nerv tarnovi tutashgandan so‘ng tashqi tomondan teri ektodermasi qoladi. Nerv nayi bilan birga uning 2 tomonidan nerv qirralari paydo bo‘ladi. Ular vegetativ ganglilar, buyrak usti bezi, melanotsistlarning hosil bo‘lishi manbai hisoblanadi. Nerv nayining nerv qirralarining rivojlanishi va differensiallanishidagi nuqsonlar nerv nayining to‘liq tutashmasligiga, qovoq, yoy pardalarining ochilib qolishiga, yurak porogiga, genitaliyning noto‘g‘ri rivojlanishiga, eshituv a’zosining anomaliyalariga olib kelishi mumkin. Teri ektodermasidan epidermis, prexordal plastinka, qin epiteliysi, anal teshik, ko‘zning muguz pardasi rivojlanadi. Mezodermaning differensiallanishi. Mezoderma tortmalari pushtning orqa qismidagi segmentlashadi va somitlar hosil qiladi. Avvaliga ikkita, keyinchalik navbat bilan qolganlari hosil bo‘ladi. Pushtning ѐn tomonlaridan mezoderma 2 varaqka pariyetal va visseral varaqlarga ajraladi, bo‘lar splanxnotomlardir. Ular orasidagi bo‘shliq selom deb nomlanadi. Somitlar va splanxnotomlar orasida oyoqchalar nefrogonotomlar hosil bo‘lib, ular siydik ajratuv va jinsiy sistemalar epiteliysining rivojlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Somitlar homilaning o‘sishi va hujayralarning differensiallashishi davomida uchta bo‘limga ajraladi: tashqi – dermatom, o‘rta – miotom va ichki – sklerotom. Dermatomdan terining biriktiruvchi to‘qimasi hosil bo‘ladi. Miotomda skelet mushaklari. Sklerotomdan esa suyak va tog‘ay to‘qimalari paydo bo‘ladi.Mezodermaning hosilasi bo‘lgan splanxnotom yurak mushagi, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining rivojlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi, splanxnotomning mezenximasidan esa silliq mushak to‘qimasi, qon tomirlar, biriktiruvchi to‘qima, qon hujayralari rivojlanadi. Bundan tashqari mezenxima boshqa pusht varaqlaridan ham hosil bo‘lishi mumkin. Endodermadan oshqozon ichak trakti epiteliysi, jigar, me’da osti bezining rivojlanish manbai bo‘lgan birlamchi ichak nayi hosil bo‘ladi. Shunday qilib, pusht varaqlarining differensialashishi davomida quyidagi morfogenetik jaraѐnlar yuz beradi: 1) hujayra plastlarining maxalliy yug‘onlashuvi (masalan, nerv plastinkasining hosil bo‘lishi); 2) hujayra plastlarining ajralishi, bo‘shliqlar paydo bo‘lishi, ularning suyuklik bilan to‘lishi (splanxnotom, mezodermal somitlarning hosil bo‘lishi);3) epiteliy hujayralari plastlaridan burmalarining paydo bo‘lishi va naylarning cho‘ntaksimon do‘mboqlarining hosil bo‘lish.

Yüklə 102,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin