Maydalanish turlari ikk xilda bo'ladi 1. To'la maydalanish.2. To'la bo'lmagan maydalanish.Tola maydalanish ham ikki xilda sodir bo'ladi: 1 To'la, teng maydalanish. Agar tuxumning sariqligi oz va u hamma qismiga bir xil tarqalgan bo'lsa, maydalanish egati butun tuxum bo'ylab o'tadi va hosil bo'lgan blastomerlar bir-biriga teng bo'ladi. Lansetnikning gomolesital tipdatuzilgan tuxumlari shunday maydalanadi .2 To'la, lekin notekis maydalanish. Agar sariqlik moddasi tuxumda notekis (bir qutbda oz, ikkinchisida ko'p) tarqalgan bo'lsa, maydalanish natijasida o'zaro teng bo'lmagan blastomerlar hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan kichik blastomer mikromer, kattasi esa makromer deb ataladi. Bunday maydalanish sariqligi o'rtachamiqdordabo'lgan telolesital tipdagi anifibiyalarning tuxumida kuzatiladi. Masalan, baqalar tuxumining vegetativ qutbida sariqlik ko'p, animal qutbida esa kam bo'ladi.Shuning uchun ham hosil bo'layotgan blastomerlarning biri katta, ikkinchisi kichik bo'ladi. Bu farq borgan sari ortib boraveradi.3 To'la bo'lmagan maydalanish. Tuxumning faqat sariqlikdan tashqari qismi maydalanadi, sariqlik bilan to'lgan qismi maydalanmaydi. Bu yo'l bilan telolesital, sentrolesital tipdagi tuxumlar maydalanadi Bu maydalanish ham o'z navbatida ikki xilda sodir bo'ladi: 1 Diskodial maydalanish. Suyakli baliqlar, qushlar va repteliyalarning tuxumi sariqlikka boy bo'lgani uchun ham katta bo'ladi. Sariqligi bo'lmagan sitoplazmaning yiiqori qismi embrion diski deb ataladi. Diskodial so'zi ham shundan olingan. Embrion diski juda yupqa bo'lib, u sariqlik ustida joylashadi 2. . Yuzaki maydalanish. Bu maydalanish markazida ko'p miqdorda sariqligi bo'lgan sentrolesital tuxumlarda kuzatiladi. Maydalanish yadrodan va uning atrofidagi sitoplazmaning ajralishidan boshlanadi. Yadrolar sitoplazma bilan o'ralib, asta-sekin tuxum hujayraning chetiga siljiydi. Yadrolar tuxumning tashqi qatlamiga kelishi bilan sirtqi qatlam ham ularning soniga qarab blastomerlarga ajraladi. Yuzaki maydalanish bo'g'imoyoqlilar tuxumida sodir bo'ladi. Maydalanish xarakteriga tuxumning sariqlik miqdori va uning tarqalishidan tashqari blastomerlarning o'zaro joylashishi ham ta'sir ko'rsatadi. Bu belgisiga qarab maydalanish quyidagi turlarga bo'linadi:1 Radial maydalanish. Bunday maydalanishda har bir yuqoridagi va pastdagi blastomerlar bir-birining aynan ustida joylashadi. Blastomerlarning bunday joylanishiga maydalanish chizig'ining gorizontal va'vertikal yo'nalishi doimo navbatlashib turishi sabab bo'ladi. Bunday maydalanish kovakichlilarda, ninatanlilarda, ba'zi xordalilarda kuzatiladi. Eng xarakterli tomoni blastomerlar deyarli bir-biriga teng bo'ladi 2 Spiral maydalanish. Ko'pchilik chuvalchanglar vamonyuskalardauchraydi. Ularning tuxumlarida animal qismidagi blastomerlar sitoplazmasi har bir maydalanish oldidan bir chetga surilib o'tadi. Shunga muvofiq, bo'linish urchug'i qiya, taxminan 45° S burchak ostida bo'lib qoladi. Ajralayotgan blastomerlar radial maydalanishdagi kabi emas, balki bir-birining oralig'ida joylashadi. Agar maydalanish chizig'i faraz qilib davom ettirilsa, u spiral shaklda bo'hb chiqadi 3 Bilaterial yoki ikki tomonlama simmetriyali maydalanish. Zigotaning maydalanishi tufayli bir-biriga mos keladigan blastomerlar hosil bo'ladi. Masalan, yumaloq chuvalchanglar va assidiyalarning tuxumlari shunday bo'linadi. Agar tuxunrning sariqlik moddasi, ya'ni oziq moddasi kam bo'lsa, bu modda tuxum ichida teng tarqalgan bo'ladi va bunday tuxumlar kichik bo'lib, teng bo'linadi. Agar tuxumda sariqlik moddasi ko'p bo'lsa yoki tuxumning bir qutbida joylashgan bo'lsa, bunday tuxumlar tartibsiz va qisman bo'linadi. Masalan, baqaning tuxumida sariqlik moddasi vegetativ, ya'ni pastki qutbda joylashgan. Bu modda og'ir bo'lganligi uchun tuxumni qanday aylantirilsa ham, sariqlik moddasi pastki tomonda joylashgan bo'ladi.