Biriktiruvchi to’qimaning asosiy o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi toʻqima


Birlamchi gonotsitlar migratsiyasi-



Yüklə 102,51 Kb.
səhifə48/57
tarix16.06.2023
ölçüsü102,51 Kb.
#131389
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57
Gistologiya YN (2)

Birlamchi gonotsitlar migratsiyasi- Qanday jins shakllanishidan qat’iy nazar, homilaning ko’p ming hujayrali davrida gonoblast hosil bo’ladi. Gonoblastlardan gonotsitlar hosil bo’ladi. Gonotsitlar yirik, yumaloq hujayralar bo’lib, o’ziga xos katta yadro tutadi. Ular sitoplazmasi sariqlik moddasi va glikogenga boy bo’ladi.Gonotsitlar jinsiy bolish tomon harakat qiladi. Bu homilaning 3-haftasi oxirida boshlanib, 4-haftasida kuchayib ketadi. Birlamchi jinsiy hujayralar – gonotsitlar migratsiyasi qon tomirlar orqali takomillashayotgan qon elementlarining harakati ta’sirida yuzaga keladi. Embrion takomili 4-haftasida birlamchi buyrakning medial tomonini qoplovchi selom epiteliyda jinsiy hujayralar aniqlanadi va ular kichik do’mboqcha hosil qiladi. Shu davrda jinsiy hujayralarning yadrosi och bo’yaladi va ular sitoplazmasida ishqoriy fosfataza aniqlanadi. Jinsiy bolish to’qimasida maxsus oqsil modda ishlab chiqarilishi taxmin qilinadi. Gonotsitlarning jinsiy bolishlar tomon siljishining asosiy omili ana shu modda tomon yo’nalgan xemotaksisdir....
Ichki urug'lanishda spermatozoidning otalanish joyiga o'tish mexanizmi. Urugʻlanish, singamiya — erkaklik jinsiy hujayra (urugʻ hujayra, spermatozoid, spermiy)ning urgʻochi tuxum hujayra bilan qoʻshilib, zigota hosil qilishi. Zigotadan yangi organizm rivojlana boshlaydi.
Urugʻlanish
Odam va hayvonlarda urig’lanishdan oldin otalanish (urugʻ hujayraning urgʻochi hujayra jinsiy yoʻliga tushishi) sodir boʻladi. Urug’lanishda tuxum hujayra faollashadi, yaʼni tuxum va urugʻ hujayra xromosomalari gaploid toʻplami qoʻshilib, xromosomalar diploid toʻplami hosil boʻladi. Koʻpchlik hayvonlarda urug’lanish bilan birga rivojlanadigan organizm jinsi ham aniqlanadi.Ota va ona allellarining qoʻshilishi tufayli irsiy omillarning yangi kombinatsiyasi vujudga keladi. U. tufayli tabiiy tanlanish va tur evolyutsiyasi uchun material boʻladigan genetik xilmaxillik kelib chiqadi. U. natijasida tuxumhujayra faollashib, boʻlinish jarayoni (blastomerizatsiya) boshlanadi. Qo'shilish davrida spermatozoid Va tuxum hujayralarning o’zaro munosabatlari va morfologik o’zgarishlari

Yüklə 102,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin