Regeneratsiya xillari fizologik reperativ - Regeneratsiya (lotincha: regeneratio qayta tiklanish) (biologiyada) — organizmning yoʻqotgan yoki jarohatlangan organlar va toʻqimalarni tiklash xususiyati (xususiy Regeneratsiya), shuningdek, uning ayrim qismlaridan bir butun organizmning tiklanishi (somatik embriogenez, vegetativ koʻpayish). Regeneratsiya terminini fransuz tabiatshunosi R.Reomyur 1712-yilda fanga kiritgan.Odam va hayvonlarda Regeneratsiya reparativ (olib tashlangan yoki nobud boʻlgan tuzilmalar oʻrniga yangisining hosil bo'lishi) va fiziologik (yo'qotilgan tuzilmalar o'rniga yangisining hosil boʻlishi) boʻladi. Fiziologik R. koʻproq uchraydi (Mas, sut emizuvchilarda qon va ayrim epiteliy hujayralarining yangilanib turishi). R. turli hayvonlarda turlicha rivojlangan. Koʻpchilik tuban umurtqasiz hayvonlar (gʻovak tanlilar, boʻshliqichlilar)da tananing kichik parchasidan yaxlit organizm rivojlanishi mumkin. Tuban umurtqalilar (suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar), shuningdek, bir qancha yuksak umurtqasizlar (halqalilar, qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da koʻz qismlari, dum, ichak va toʻqimalar, odam va sut emizuvchilarda esa faqat ayrim toʻqimalar tiklanadi. Sharoit oʻzgarganida geteromorfoz kelib chiqishi mumkin. R. mexanizmlarini hujayraviy manbalar, hujayralararo va toʻqimalararo taʼsirlar, gormonlar va b. biologik faol moddalar taʼsiri, nerv va immun sistemalari, shuningdek, genetik omillar orqali tushuntirish mumkin. Har xil organlar va toʻqimalar R.sida kam ixtisoslashgan (koʻpchilik hayvonlarda) va ixtisoslashgan (tuban umurtqalilarda) hujayralar ishtirok etadi. Mas, odam va hayvonlarda suyak toʻqimasi R.si osteogen (suyak hosil qiluvchi), muskul toʻqimasi R.si yoʻldosh (satellit) hujayralar bilan bogʻliq. Organizmning yoshi, moddalar almashinuvining intensivligi, endokrin va nerv sistemasi holati, kasalliklar R.ni kuchaytirishi yoki sekinlashtirishi tufayli patologik R. roʻy berishi mumkin. Bunda jarohat uzoq vaqt bitmaydi.
Partenogenezning tabiiy va su‘niy xillari -Partenogenez (yun. parthenos — bokiralik, qizlik va ...genez), bokira koʻpayish — jinsiy koʻpayish shakllaridan biri, tuxum xujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi. Ginogenezning ahamiyati har xil jinslarning oʻzaro uchrashuvi qiyin boʻlgan sharoitda jinsiy koʻpayishni amalga oshirilishidan va kulay sharoitda tur nayeli individlari sonini tez orttirishdan iborat.Bunday xrlat nayeli koʻplab qirilib ketadigan turlar uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ginogenez umurtqasiz hayvonlarning deyarli barcha tiplarida va koʻpchilik umurtqalilarda (sut emizuvchilardan tashqari) uchraydi. Sut emizuvchilarning partenogenetik embrioni embriogenezning ilk davrlaridayoq halok boʻladi. Tuxum faqat Ginogenez orqali koʻpayganida obligat Ginogenez, tuxum urugʻlanib va urugʻlanmasdan koʻpayish xususiyatiga ega boʻlganida esa fakultativ Ginogenez deyiladi. Erkagi boʻlmaydigan turlarning faqat Ginogenez orqali koʻpayishi konsta’nt Ginogenez deb ataladi. Koʻpincha Ginogenez orqali koʻpayish ikki jinsli koʻpa-yish bilan almashinib turganida siklik Ginogenez roʻy beradi. Partenogenetik nayelning genotipi, jinsi va gomozigotaligi Ginogenez koʻpayishning mitoz orqali oʻtishi yoki oʻtmasligi hamda diploidlikning qanday usulda tiklanishi bilan bogʻliq. Naslning jinsiga binoan, amfitopiya (urugʻlanmagan tuxumdan urgʻochi va erkak individlar rivojlanishi), arrenotokiya (tuxumdan faqat erkaklari rivojlanishi) yoki telitokiya (tuxumdan faqat urgʻochilarning rivojlanishi) farq qilinadi. Pedogenez Ginogenez shakllaridan biri hisoblanadi. Koʻpayishning oʻziga xos shakllari hisoblangan ginoge-nez va androgenez ham Ginogenezga misol boʻla oladi.Sunʼiy Ginogenezda, odatda, organizm rivojlanishning dastlabki davrlaridayoq halok boʻladi. Tut ipak qurtining urugʻlanmagan tuxumlariga yuqori va past harorat taʼsir ettirish orqali 90% tuxumlarning partenogenetik rivojlanishiga erishilgan (Astaurov, 1936). Ana shu omillarning kichik miqdori tut ipak qurtida mitotik Ginogenezni tezlashtirgan va faqat erkak gomozigot formalarning rivojlanishiga imkon bergan. Tut ipak qurtida Ginogenez orqali jinsni boshqarish katta amaliy ahamiyatga ega.Urugʻli va sporali oʻsimliklarda konstant Ginogenez koʻproq uchraydi. Ikki uyli oʻsimliklarda Ginogenez koʻpincha erkak indi-vidlarning uchramasligi, bir uyli oʻsimliklarda esa changchilik gullarning degeneratsiyasi, changlarning xreil boʻlmasligi yoki abortivligi bilan bogʻliq. Oʻsimliklarda sunʼiy Ginogenez har xil kimyoviy va fizik omillar taʼsir ettirib xreil qilingan.[