Ontognezda birlamchi jinsiy hujayralarning kelib chiqishi-1880 yilda Nussbaum birmchi marta jinsiy va somatik hujayralar farqini va jinsiy hujayralarning ontogenezning embrion (murtak) davrida, hosil bo'lish yo'lini aytgan edi. Bu g'oyani A. Veysman rivojlantirdi.Murtak yo'li g'oyasining mazmuni shundan iboratki, jinsiy va somatik luijayralar rivojlanishi, ontogenezda juda erta farqlanadi. Haqiqatdan ham jinsiy hujayralar, yoki birlamchi jinsiy hujayralar, (gonositlar) ancha erta somatik hujayralardan yirikligi, yadrosining kattaligi, sitologik xususiyatlari bilan farqlanadi. Gonositlarning sitoplazmasida topilgan xarakterli ultrastruktura, ektosoma deyiladi. Uning bo'iishi, gonositning asosiy belgisi hisoblanadi.Shu o'rindayangi gipotezapaydo bo'ldi, ungako'ra, ektosoma jinsiy hujayralarning totipotent tarkibini belgilaydi. Elektron mikroskop yordamida uning tarkibida RNK, oqsil borligi aniqiandi. Ma'lum bo'lishicha, jinsiy hujayraJardagi "jinsiy determinantlar" somatik hujayralarda bo'lmaydi. Ayrim tuban hayvonlarda bunday modda somatik hujayralarda ham uchraydi va ularni jinsiy hujayralarga aylantiradi. Olimlarning fikricha, "jinsiy determinant"ni birlamchi jinsiy hujayralarni aniqlash uchun, beigi sifatida qabul qilish mumkin. Embrionning birlamchi jinsiy hujayralarni hosil qiluvchi blastomerini gonoblast deb ataladi. Ana shu qismni ko'chirib o'tkazish orqali, iilarning paydo bo'lishini aniqlashga erishildi. Jumladan, hasharotlarning ikki qanotlilar turkumi vakillarida tuxumning orqa tomonida ektosoma (jinsiy determinant) to'planishini kuzatish mumkin. Ooplazma (jinsiy plazma)ning bu qismi bo'linish natijasida, birlamchi jinsiy hujayraga aylanadi. Ot askaridasida birlamchi jinsiy hujayra -somatik hujayralarning to'rtinchi bo'linishi keyin, sikloplarda birlamchi jinsiy hujayra, birinchi bo'linishdan keyin hosil bo'ladi.Uzoq yiliar davomida yuksak hayvonlar - mollyuskalar, bo'g'imoyoqlilar, iiinatanlilar, umurtqali hayvonlarda birlamchi jinsiy hujayralar jinsiy hujayralarning yagona manbaimi, yoki keyinchalik somatik hujayralardan hosil bo'ladimi? degan munozarali savol turardi. Bu savolga tajriba yo'li bilan, ya'ni birlamchi gonositni yo'qotish bilan javob topildi. Jumladan, nurlantirish yo'li bilan hasharotlar tuxum plazmasining va qushlar tuxumining gonosit qismini nobud qilish mumkin. Shundan keyin embrion rivojlanadi, ammo gonosit rivojlanmaydi.Birlamchi gonosit ko'chirib o'tkazilgandavaresipientning gonositi olib tashlanganda, resipientdadonorning gonositi rivojlangan.