Mavzu: Suyakli baliqlarning tuzilishi va sistematik asoslari. Reja: 1. Baliqlar tuzilishi. 2. Suyakli baliqlar. 3. Seldsimonlar va ularning biologiyasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Baliqlar tuzilishi. Baliqlarning ovqat tutadigan birdan bir a’zosi og‘zidir. Ularning yemishi turli-tuman bo‘lganidan og‘iz va tishlarining tuzilishi ham har xil. Òish baliqlarda o‘ljani tutish, maydalash, uzib olish kabi vazifalarni bajaradi, yemishi qandayligiga qarab ba’zi baliqlarning faqat jag‘laridagina emas, balki til, tanglay va halqumida ham tishlari bo‘ladi. Masalan, karpsimonlarning tishi jag‘ida emas, balki ko‘- rinishi o‘zgargan oxirgi jabra yoyiga o‘rnashgan. Bu tishlar qattiq yemishlarni, hatto molluskalarning kosalarini ham maydalay oladi. Og‘izning o‘rnashgan joyi va tuzilishi baliqning yemishiga va uni qanday tutishiga bog‘liq. Parrik kabi yemishni pastdan tutib yeydigan va og‘iz bo‘shlig‘ining ostiga o‘rnashgan baliqlar og‘zi ostki og‘iz deb ataladi (akulalar, lappakbaliqlar bundan mustasno, chunki ularning og‘zi boshining ostida bo‘lishi ovqatlanish xarakteriga bog‘liq emas, balki ustki jag‘ining tepasidagi cho‘zinchoq qazg‘ich burniga — rostrumga bog‘liq). Zog‘orabaliq, olabug‘a kabilar ro‘parasidan chiqqan ovqatni tutib yeyishi sababli og‘zi boshining oldiga o‘rnashgan bo‘ladi. Bunday baliqlarning og‘zi old og‘iz deb ataladi. Òarashabaliq, munajjimbaliq, qizilqanot kabi yemishini tepadan tutib yeydigan baliqlarning og‘zi yuqoriga qaragan bo‘lgani sababli tepa og‘iz deb ataladi. Qanday ovqatlanishiga qarab baliqlarning pastki, ustki jag‘- lari va lablarining tuzilishi ham turlicha bo‘ladi. Ba’zi laqqasimon baliqlarning og‘zi chambarak shaklda bo‘lib, suvdagi biron narsaga yopishib olishga moslashgan. Boshqa baliqlar, chunonchi, labbaliqning qalin labi ovqat tutish, tosh va o‘simliklarga yopishib qolgan suvo‘tlarni qirib olish vazifasini bajaradi. Cho‘rtan kabi yirtqich baliqlarning og‘zi esa ovqatni tutib olishga moslashgan. Shuning uchun ham ularning og‘zi katta, jag‘larida, dimog‘, tanglay suyaklarida yirik va o‘tkir tishlari bor, jabra panjaralari (tichinkalari) ham qisqa. Dengiz ninasi, oqcha kabi baliqlarning og‘izlari so‘ruvchan bo‘ladi, shuning uchun ularning og‘zi nay shaklida tuzilgan, tishlari yo‘q. So‘ruvchan og‘izli baliqlar suv ostidagi umurtqasiz jonivorlar bilan ovqatlanadi. Savatbaliq, lappakbaliq kabilarning og‘zi tumshuqqa o‘xshash, tishlari lavha shakl bo‘lib, molluska va marjon kabi jonivorlarning toshdek qattiq kosalarini g‘ajib, maydalashga yaxshi moslashgan. Seldlar va ba’zi karpsimonlar kabi planktonxo‘r baliqlarning og‘izlari katta, lekin tortiluvchan emas, tishlari mayda, uzun va yaxshi rivojlangan yoki butunlay bo‘lmaydi, jabra panjaralari filtr vazifasini bajaradi. Oq amur, xramulya, tog‘ayog‘iz o‘simlikxo‘r baliqlarning og‘zi boshining ostiga o‘rnashgan, ko‘pincha tishlari bo‘lmaydi, pastki labi xuddi pichoqdek o‘tkir, goho usti shox modda bilan qoplangan bo‘ladi. Baliqlar og‘zining bu asosiy shakllaridan tashqari yana bir qancha oraliq shakllari yoki hayot kechirish tarziga qarab boshqacha tuzilganlari ham uchraydi. Suv havoga nisbatan zich va yopishqoq bo‘lgani uchun suvda yashovchi baliqlarning tana va suzgichlari ham shu xususiyatlarga bog‘liq holda tuzilgan. Ko‘plab baliqlarning tanasi suvda torpeda kabi harakat qilishga yaxshi moslashgan. Ugor, ninabaliq kabi suvo‘tlar orasida yashaydigan ba’zi baliqlarning tanasi ilonnikiga o‘xshash cho‘ziq. Ular suvda tanasini eshib, to‘lqinlantirib harakat qiladi. Lappakbaliq kabi suv ostida yashovchi baliqlarning tanasi esa yalpoq, ular qushlar qanot qoqib uchgani singari keng ko‘krak suzgichlarini to‘lqinlantirib suzadilar. Cho‘rtan kabi tez suzadigan baliqlarning tanasi cho‘zinchoq, shakli yoy o‘qidek, toq suzgichlari dumiga ancha yaqin o‘rnashgan. Seldlar qiroli kabi tanasi tasmasimon baliqlar suvda tez suzolmaydi. Savatbaliqlarning tanasi pufak shaklida tuzilgan. Dengiz toychasi kabi suvo‘tlar orasida yashaydigan baliqlarning dumi gajak, ular o‘simliklar orasida tik holda harakat qiladi. Chuqur suvosti baliqlarining tana shakli ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Umuman, baliqlarning tana shakllari ularning hayot kechirish tarziga mos ravishda turli xilda tuzilgan bo‘ladi. Baliqlarda yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, yana bir qancha boshqacha tana shakllari ham uchraydi, ularning aksariyati oraliq shakllardan iboratdir. Baliqlarning o‘ziga xos a’zolaridan biri suzgichlaridir. Qanot shaklida tuzilgan bu a’zolar ko‘pgina baliqlarda orqa dumosti yoki anal toq suzgichlari hamda qorin va ko‘krak juft suzgichlaridan iborat. Suzgichlar baliq suvda muvozanat saqlashi va harakat etishiga yordam beradi. Òeri ostidagi mushaklardan harakatlanuvchi bu suzgichlarning har biri baliqning harakatida ma’lum vazifani bajaradi. Masalan, dum harakatni idora etadi, tez suzadigan baliqlarda rul va stabilizator vazifasini o‘taydi. Òez suzuvchi baliqlar suzib ketayotgan paytida orqa suzgichlarini yig‘ib oladi yoki orqasidagi maxsus chuqurchaga tortib qo‘yadi, bu esa baliq tanasining suyriligini oshiradi. Suzgichlarda tog‘ay yoki suyakdan iborat shu’lalar bor. Bu shu’lalarning oldingi bir nechtasi tikan yoki ninaga aylangan, ular baliqning muhofaza qurolidir. Akula va lappakbaliqlarda erkagining qorin suzgichi qo‘shiluv organi hisoblanadi. Òirik tug‘uvchi baliqlarning erkaklarida ham qorin suzgichining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan qo‘shiluv organi bor, u gonopodiy deb ataladi. Losossimonlar va ba’zi laqqanamolarning orqa suzgichi qattiq shu’lasiz, yumshoq bo‘ladi. Olabug‘aning tashqi tuzilishi berilgan Baliqlarning tashqi tuzilishi, asosan, teri qoplamasi va rangi bilan qoplangan, bazi baliqlarda bir juft mo‘ylovi bo‘ladi, ko‘z, jabra qopqog‘i, ko‘krak suzgich qanotlari, anal suzgich qanotlari, orqa suzgich qanotlari, dum suzgich qanotlari, yon chizig‘i hamda tangachalarining bo‘lishi, ba’zilarida bo‘lmasligi ham mumkin. Olabug‘aning tashqi tuzilish sxemasi (shakli). Orqa suzgich qanotlari Yon chizig‘i Og‘zi Jabra qopqog‘i Ko‘krak suzgich qanoti Ko‘krak suzgich qanoti Anal suzgich qanoti Dum suzgich qanoti Tangachalarining joylashish tartibi Baliqlarning harakatida suzgich qanotlari va teri qatlami muhim. Har bir suzgich qanoti yupqa teri pardasidan iborat bo‘lib, uni suyak suzgich qanot nurlari tutib turadi. Nurlari yozilganda ular orasidagi teri tortiladi va suzgich qanotining yuzasi kattalashadi. Baliqning orqa tomonida ikkita orqa suzgich qanoti joylashadi. Oldingisi katta va orqadagisi kichikroq bo‘ladi. Orqa suzgich qanotlarining soni baliqlarning har bir turlarida turlicha bo‘- lishi mumkin. Dumining uchida qo‘sh qanotli katta dum suzgich qanoti, ostki tomonida anal suzgich qanotlari joylashadi. Bu suzgich qanotlarining hammasi toq bo‘ladi. Baliqlarda juft suzgich qanotlar ham bor, ular hamma vaqt ikki juft bo‘ladi. Baliqda ko‘krak juft suzgich qanotlari (oldingi juft oyoqlari) boshining orqa tomonida, tananing yon tomonlari bo‘ylab qorin juft suzgich qanotlari (orqa juft oyoqlari) esa tananing ostki tomonida joylashadi. Oldinga harakat qilgan vaqtda dum suzgich qanoti asosiy rol o‘ynaydi. Juft suzgich qanotlari burilishda, to‘xtashda, oldinga tomon sekin harakat qilishda va muvozanatni saqlashda ahamiyatga ega. Orqa va anal suzgich qanotlari oldinga harakat qilishda va tik burilishda baliq tanasiga mustahkamlik beradi. Baliqlarning tangachalari Baliqlarning tanasi boshidan to dumiga qadar tangachalar bilan qoplangan. Ularda, asosan, to‘rt xil — plakoid (akulasimonlarda), ganoid (qalqonli cho‘rtanlarda), kosmoid (latimeriyada) va suyak (ko‘pgina suyakdor baliqlarda) tangachalar uchraydi. Suyak tangachalar, o‘z navbatida, ktenoid va sikloid tangachalarga bo‘linadi. Ktenoid tangachaning tashqi qirrasi arra tishli, buni olabug‘ada ko‘rish mumkin. Sikloid tangachaning tashqi qirrasi esa silliq, zog‘orabaliqning tangachasi ham shunday. Suyak tangachalar bir-birining ustiga o‘rnashgan bo‘lib, yupqa va yengildir, bu esa baliqning tez harakat qilishiga imkoniyat tug‘- diradi. Bu xil tangachalar hozirgi zamondagi suyakli baliqlardan seldlar, losossimonlarda ham uchraydi. Òangachalar doimo terining ustki qatlami — asl teri (korium)dan hosil bo‘ladi va shu qatlamga o‘rnashadi, shuning uchun tullamaydi. Faqat ayrim baliqlardagina tangachalar hosil bo‘lishida qisman epidermis ham ishtirok etadi. Òangachalar baliqning hayotida katta ahamiyatga ega, ularni muhofaza jihatidan baliqning zirhi deb atash mumkin. O‘z navbatida, tangachalarning usti ham teri bezlari ajratadigan shilimshiq modda bilan qoplangan. Bu modda baliqni turli xil mikroblardan saqlaydi, ustini moylab, silliqlab, suvning qarshiligini kamaytiradi. Ba’zi baliqlarda, chunonchi, laqqada tangacha bo‘lmaydi, unda yaydoq va qalin terisining o‘zi muhofaza xizmatini o‘taydi. Savatbaliq, dengiz toychasi kabi baliqlarda esa tangachalar birbiri bilan qo‘shilib ketib, qalqon hosil qiladi. Òangachalarning yana bir ahamiyati shundaki, undagi yillik halqalarga qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin. Baliq tanasi suyak tangachalar bilan qoplangan. Har bir tangacha old chekkasi bilan teriga kirib turadi. Orqa chekkasi bilan esa navbatdagi qator tangachaning ustiga tushadi. Ularning hammasi birgalikda himoya qoplamini — tana harakatiga xalaqit bermaydigan tangachalarni hosil qiladi. Baliq o‘sib kattalashgani sari tangachalar ham kattalashadi. Ularga qarab baliq yoshini aniqlash mumkin. Òangacha tashqi tomondan shilimshiq qavat bilan qoplangan. Shilimshiq teri bezlari ajratadi. Shilimshiq baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytiradi va bakteriya hamda zamburug‘lardan himoya qiladi. Baliqlarning rangi Baliqlarda uchraydigan kumushrang guanin moddasiga, boshqa ranglar esa pigmentli hujayralar — xromatoforlarga bog‘- liq. Xromatoforlar nerv ta’sirida rangini o‘zgartiradi, bu esa baliqning hayotida katta ahamiyatga ega. Baliqning rangi bilan tana shakli uni dushmandan muhofaza etadi. Chunonchi, kapalakbaliqning tiniq rangi uni xaspo‘shlab, dushmandan saqlasa, ustidagi ingichka tikanlari g‘animini cho‘- chitib qochiradi, qora xoli esa aldaydi. Kirpibaliq esa o‘zini dushmandan saqlash uchun ichini havo bilan to‘ldirib, tikanli sharga aylanib qoladi va hech qanday yirtqich unga tegishga jur’at etolmaydi. Dengiz ninasining xira rangi va qamishga o‘xshash uzun tanasi suvo‘tlar orasida uni begona ko‘zdan pana qiladi. Bundan tashqari, baliqlarning rangi jinsiga, yoshiga va hatto kayfiyatiga qarab ham o‘zgaradi. Suvning ustki qatlamida hayot kechiruvchi pelagik baliqlar rangi muhitning rangiga mos bo‘lib, tanasining orqa tomoni va qisman yonlari qoramtir yoki ko‘m-ko‘k, qorin va qisman yonlari kumushrang bo‘ladi. Bu xil rang baliqni xaspo‘shlab, ham tepadagi, ham pastdagi dushman ko‘zidan asraydi. Olabug‘a, cho‘rtan, dengiz toshboshi kabi suvo‘tlar orasida yashaydigan baliqlarning rangi ham shu joyga moslashgan bo‘lib, orqa va qisman yon tomonlari jigarrang, ba’zan ko‘kimtir yoki sarg‘ish rangda, bundan tashqari, ustida bir talay yo‘llari bo‘ladi. Marjon orollarida yashaydigan baliqlarning rangi ham har xil. Kambala kabi suvosti baliqlarining rangi ham o‘z muhitiga munosib. Gala bo‘lib yuradigan baliqlarning tanasida rangli nishon bo‘- ladi. U galadagi baliqlar bir-birlariga qarab, ma’lum tomonga suzishlariga yordam beradi. Bunday nishonlarning shakli turlichadir. Chunonchi, katta gala bo‘lib yuradigan Amur golyanining nishoni yon tomoniga ko‘ndalang tushgan qora yo‘ldan iborat, taxirbaliqning dumi va yelka suzgichida qora yo‘li bor, yirik gala hosil qiladigan pikshaning esa birinchi orqa suzgichi ostida bitta qora xoli bo‘ladi. Kambala, buqabaliq, skorpena kabilar yashaydigan joyining rangiga qarab o‘z tusini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Shuningdek, yoshiga qarab rangini o‘zgartiradigan baliqlar ham oz emas. Masalan, losos, gulmohi kabi baliqlarda chavoqlarining tanasi ustida bo‘ladigan qora xollar ular o‘sgan sari yo‘qolib ketadi. Òikanbaliq, losos kabilarning erkaklarida urchish davrida rang o‘zgarishidan iborat «nikoh libosi» yuzaga keladi. Shuningdek, baliqlarda tana shakli va tuzilishining o‘zgarish hodisasi ham ularni xaspo‘shlab, dushmandan asraydi. Chunonchi, Amazonkada yashaydigan yaproqbaliqning shakli xuddi suvda qalqib yurgan bargga o‘xshaydi, Sargasso dengizidagi lattabaliqni esa suvo‘tlardan farqlash qiyin. Rangi bilan tana shaklini o‘zgartirish xususiyati baliqlarning hayot uchun kurashida muhim quroldir. Baliqlar skeleti va mushaklari Zog‘orabaliq skeleti juda ko‘p suyaklardan tuzilgan. Uning asosini umurtqa pog‘onasi tashkil etadi, u baliqning butun tanasi bo‘ylab boshidan to dumigacha cho‘zilib boradi. Umurtqa pog‘onasi ko‘p umurtqalardan tashkil topgan (zog‘orabaliqda 39— 42 ta umurtqa bor). Skeleti, asosan, umurtqa pog‘onasini tashkil etadigan baliqlar va boshqa hayvonlar umurtqali hayvonlar, qolgan barcha hayvonlar umurtqasiz hayvonlar deb ataladi. Zog‘orabaliq rivojlanayotgan vaqtda uvuldirig‘ida (ikrasida) uning kelgusi umurtqasi o‘rnida xorda hosil bo‘ladi. Keyinchalik xorda atrofida umurtqalar rivojlanadi. Voyaga yetgan zog‘orabaliqning umurtqalari orasida xordaning faqat kichikroq tog‘aysimon qoldiqlari saqlanib qoladi. Oq bakra, bakrabaliqda va ba’zi boshqa baliqlar turida xuddi lansetnikdagi singari, xorda ularning butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Har bir umurtqa umurtqa tanasidan, ustki va ostki bir juft umurtqa yoylaridan iborat. Ustki qarama-qarshi yoylar o‘zaro tutashishi natijasida ular orasida umurtqa nayi hosil bo‘ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashadi. Gavda bo‘limidagi umurtqalarga ikki yon tomonidan qilichsimon qovurg‘alar kelib birikadi. Dum umurtqalarida qovurg‘alar bo‘lmaydi. Ularning ostki tomonida uzun qiltanoq suyakchalar joylashgan. Umurtqa pog‘onasining oldingi uchi kalla suyagi bilan harakatsiz birikmada bo‘ladi. Suzgich qanotlarining skeleti suzgichlar yoylari suyaklaridan iborat. Zog‘orabaliqda juft qorin suyakchalari skeleti, umurtqani tanasi bilan tutashtirib turadigan kamar skeleti, rivojlanmagan bosh skeleti, bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab turadigan jag‘lar, jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari suyaklaridan iborat bo‘ladi. Har bir umurtqa tanadan va yuqoridagi uzun o‘simta bilan tugallanadigan ustki yoydan iborat bo‘ladi. Ustki yoylar ketmaket yig‘ilib, orqa miya joylashgan umurtqa kanalini hosil qiladi. Òananing gavda qismida umurtqalarga yon tomondan qovurg‘alar birikadi. Dum bo‘limida qovurg‘alar bo‘lmaydi; unda joylashgan har bir umurtqa pastki uzun o‘simta bilan tugallanadigan pastki yoyi bo‘ladi. Old tomondan bosh skeleti — bosh suyak umurtqalari bilan mahkam birikadi. Ko‘krak juft suzgich qanotlari yelka kamari suyaklari yordamida umurtqa pog‘onasiga birikadi. Umurtqa bilan juft suzgich qanotlar skeletini birlashtiradigan suyaklar zog‘orabaliqda yaxshi rivojlanmagan. Skelet katta ahamiyatga ega: u mushaklar uchun tayanch va ichki organlar uchun himoya vazifasini bajaradi. Mushaklarning qisqarishi va kengayishi natijasida baliqlarning tanasi bukiladi va cho‘ziladi. Bu ularga suvda harakatlanishga yordam beradi.