2. Suyakli baliqlar. Suyakli baliqlar sinfi va ularning xarakterli belgilari. sistematikasi. Suyakli baliqlar sinfiga keng qanotli (panja qanotli) va chetka qanotli baliqlar kenja sinflari kiradi. Suyakli baliqlar sinfiga baliqlar katta sinfiga mansub juda ko‘p baliq turlari kiradi. Suyakli baliqlar xilma-xil suvlarda tarkalgan. Suyakli baliqlarning suyaklardan tuzilgan jabra qopqog‘i bo‘ylab, bu qopqoq jabra teshigining ustidan qoplab, jabra apparatining ancha mukammallashtiradi va ikkilamchi jag‘i qoplagich suyaklardir. Skeletida xamma vaqt ma’lum miqdorda qoplagich suyaklar bo‘ladi. Ichki skeletida, garchi qisman bo‘lsa xam, albatta suyak bo‘ladi. Tangachalari ganoid ikki suyak tangacha bo‘ladi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlardan tashqari, barcha suyakli baliqlarning suzgich qanotlarini suyak shulalar tutib turadi. Jabralararo to‘sik yoki kichkina yoki umuman bo‘lmayd i. SHuning uchun jabra yaproqlari bevosita jabra yoylariga o‘rnashadi. Erkaklarida juft kopulyativ organi yo‘q. Ikralari mayda va urug‘lanish tashqi bo‘ladi.
Suyakli baliqlar sinfining xarakterli belgilari misolida zog‘ora baliqning tashqi va ichki tuzilishi. Zog‘ora baliqning gavdasi duksimon bo‘lib, yon tomondan birmuncha qisilib kelgan. O‘tkir uchli boshi tanasi bilan qo‘shilib ketadi. Tanasi esa torayib borib dum bo‘limiga aylanadi. Orqa chiqaruv teshigining bevosita orqa tomonida siydik tanosil so‘rg‘ichi joylashgan bo‘lib, unda jinsiy teshik va uning orqasida siydik teshigi bo‘ladi. Ko‘krak suzgich qanotlari gavdaning ikki yonida jabra yoriqlari orqasiga joylashgan, qorin suzgich qanotlari qorin tomonga o‘rnashgan. Toq suzgich qanotlari ikkita orqa suzgich qanotdan, dum suzgich qanot bilan orqa chiqaruv suzgich qanotlaridan iborat. Zog‘ora baliqning barcha suzgich qanotlarini suyak shu’lalar tutib turadi. Dumi gomotserkal tipda yani teng suzgich qanotli. qovoqlari bulmaydi. boshining ustki tomonida ko‘zining oldida bir juft burun teshigi bor. Boshining orqasida–tanasining ikki yonida jabra qopqoqlari bor, undan pastroqda jabra pardasining tutib turadigan shullalar bor. Dum suzgich qanoti dum bilan birga rol vazifasini bajaradi. Juft suzgich qanotlarining yordami bilan baliq o‘ng va chap tomonlarga buriladi. Bundan tashqari gavdani tutib turishga xam yordam beradi. Agar juft suzgich qanotlari kesib tashlansa baliq chalqanchasiga ag‘dariladi.
Teri qoplag‘ichlari. Zog‘ora baliqning tanasi xamma qismi boshini xisobga olmaganda suyak tangachalar ¬bir qadar yumaloqlangan yupqa plastinkalar bilan qoplangan bo‘lib, tangachaning asosiy qismi teri ichida turadi. Bu tangacha ktenoid deyiladi, sikloid tangacha xam bo‘ladi. Bu tangachaning cheti arrasimon bo‘lmay, balki tekis bo‘ladi. Zog‘ora baliq gavdasining bosh qismidan to dumigacha bo‘lgan tangachalarini teshib tarnovsimon egik yon chiziq o‘tadi. Bir hujayrali teri bezlari shilimshiq modda ajratadi. Bu suyuqlik ishqalanishni kamaytirishga yordam beradi.
Skeleti. Miya qutisida to‘rtta ensa suyagi, miya qutisining xar tomonidan o‘rab olgan beshta quloq suyaklaridan, oldingi qismida hidlov suyaklari, ustki tomoniga bir juft yon hidlov suyagi, bosh tepa suyagi, manglay suyagi, burun suyagi joylashgan. Umurtqa pog‘onasi. Umurtqalari amfitsel tipda. Umurtqa pog‘onasi tog‘aydan iborat. Umurtqalar orasida xorda qoldiqlari saqlanib qoladi. Vistseral skeleti jag‘ yoyi, til osti va jabra yoylaridan iborat. Suzgich qanotlari skeleti toq suzgich qanotlarining ichki skeleti q ator radialiyalardan iborat. Lekin bularniki suyakdan tuzilgan tashqi skeleti xam shunga o‘xshash suyak shulalardan iborat.
Muskul sistemasi. Dum va tana muskul sistemasi biriktiruvchi to‘qimadan iborat bulgan miosepta bilan bir–biridan ajralgan miomerlardan iborat.Nerv sistemasi. Suyakli baliqlarning nerv sistemasi bosh va orqa miyadan iborat. Bosh miyasi uzunchoq miya, miyacha, o‘rta miya, oraliq miya va oldingi miyadan iborat. Miyachasi kuchli rivojlangan. Eshituv organi ichki quloqdan iborat. Ko‘rish organi shox qatlami zich ko‘z gavhari sharsimon shaklda bo‘ladi. Talm bilish organi talm bilish kurtakchalaridan iborat. Teri yon chiziq organlari sezgi organlaridan biri hisoblanadi. Xid bilish organi teshikli bir juft xaltachadan iborat.
Hazm qilish organlari. Ovqat hazm qilish organlari quyidagicha tuzilgan og‘iz bo‘shlig‘i, xalqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ichak, orqa chikaruv teshigi. Oziqni maydalashda mayda tishchalar, hazm qilishda pilorik o‘simtalar va jigar yordam beradi. Jigarida o‘t pufagi bo‘ladi. Havo pufakchasi gidrostatik apparatdir, u baliqning suv tubiga va suv ostiga tushishiga yordam beradi. Nafas olish organlari. Nafas olish organlari jabralardan iborat. Nafas olish jabra qopqogi harakatlanishi xisobiga bo‘ladi. Jabralari to‘rttasi butun jabra, bittasi soxta jabra deb ataladi.
Qon aylanish organlari. Qon aylanishi sistemasi yopiq bo‘lib, yurak bor. YUragi 3 ta bo‘limdan iborat venoz sinusi, yurak bo‘lmasi, yurak qorinchasi. Arterial konus o‘rniga ularda aorta so‘g‘oni bo‘ladi. To‘rt juft qon olib keluvchi va to‘rt juft qon olib ketuvchi jabra arteriyasi bo‘ladi. Baliq tepasining ustki tomonida bir juft aorta butog‘i bo‘ladi. Bular qo‘shilib orqa aortani xosil qiladi. Undan oldinga qarab bir juft tashqi va ichki uyqu arteriyalari chiqadi . Venoz sistemasi akuladan farq qilib yon venalari bo‘lmaydi, ko‘pchiligida ketingi chap kardinal vena shu tomondagi buyrakda mayda kapillyarlar xosil qiladi o‘ng kardinal vena kyuverov kanaliga uzluksiz boradi. Jigar qopqa venasi bilan dum venasi qo‘shiladi.
Ayirish organlari. Zog‘ora baliqning buyraklari qorin pardasi ostida va umurtqa pog‘onasining ikki yon tomonida joylashgan bir juft lenta shaklidagi tanachadan iborat. Xar qaysi buyrakdan siydik yo‘li chiqkib, pastrokda qo‘shiladi va orqa tomondan si ydik pufagiga qo‘shiladigan bitta umumiy kanal xosil qiladi. Siydik pufagi siydik tanosil so‘rg‘ichi uchidagi maxsus teshik bilan tashqariga ochiladi.
Urchish organlari. Zog‘ora baliqning erkagida bir juft urugdon, urg‘ochilarida toq tuxumdon bo‘ladi. Erkagining jinsiy yo‘llari o‘ziga xos bo‘lib, chuzunchoq urug‘ donlarida maxsus teshiklar bilan siydik tanosil so‘rg‘ichi orqali tashqariga ochiladigan bitta umumiy kirish yo‘li bo‘ladi.
Urchishi. Suyakdor baliqlarda urug‘lanish tashqi ikrasi mayda va ko‘p bo‘ladi. 200 gramm og‘irlikdagi zog‘ora baliq 300000 ta ikra tashlaydi.Zog‘ora baliq sekin oqadigan ikki tiniq chuchuk suvlarda yashaydi. U umurtqasizlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Zog‘ ora baliq o‘rta xisobda 10-12 yil umr ko‘radi. Zog‘ora baliq.Evropa va SHimoliy Osiyoning ko‘p qismida chuchuk va uncha sho‘r bulmagan suvlarda tarqalgan. Suyakli baliqlar sinfini sistemaga solish ancha qiyin, shu sababli hozirgi kunga qadar bu masalada olimlar o‘rtasida umumiy fikr yo‘q. S.P. Naumovning "Umurtqali hayvonlar zoologiyasi" (1995) darsligida keltirilgan sistematikaga ko‘ra suyakli baliqlar sinf i to‘rtta kenja sinfga bo‘linadi:
Suyakli baliqlar sinfini sistematikasi
1. Tog‘ay-suyakli baliqlar
2. SHu’la qanotlilar
3. Ikki xil nafas oluvchilar
4. Panja qanotli baliqlar.
Seldsimonlar turkumi. Suyakli baliqlarning 40 dan ortiq turkumlari bor. Umurtqa pog‘onasi suyakdan iboratligi bilan o‘ziga xos xarakterga ega. Tangachalari suyak, sikloidli yoki ktenoidli. Suzgich pufagi ichaklari bilan qo‘shilgan ochiq pufag yoki yopiq pufagli. Ko‘pchilik turlarida arterial konus yo‘q spiral klapan mavjud. Seldsimonlar (Clupeiformes) turkumining umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari.Seldsimonlar turkumiga eng primitiv suyakdor baliqlar kiradi. Bu turkumga seldlar va anchouslar oilalari kiradi. Tanasining umurtqalarining o‘rtasida teshik mavjud. Suzgich pufag i ichaklari bilan qo‘shilgan ochiq pufagli bo‘ladi. YOn chiziqlari yo‘q. Suzgich qanotlarining shu’lalari yumshoq va bo‘g‘imli bo‘lishi xarakterli. Seldlar dunyoda tutilayotgan baliqlarning 37 foizini tashkil qiladi.
Seldsimonlar oilasi. Seldsimonlar oilasi vakillar asosan okean baliqlari. Seldlar oilasiga 190 tur, 50 oila baliqlari kiradi. Bular asosan dengiz va okeanlarda yashaydi, er sharida keng tarqalgan, chuchuk suvlarda ham uchraydi. Ba’zilari esa ko‘payish uchun daryolarga kiradi. Bu baliqlar gala bo‘lib yashaydigan baliq hisoblanadi, umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Tangchalari sikloidli, engil ko‘chadigan. Tanasida yon chiziqlar yo‘q. Suzgich pufagining oldingi qismida o‘simtalar bo‘lib, bular bosh suyagining eshitish kapsulasiga ochiladi va rezana tor vazifasini bajaradi.Seldsimonlar oilasi vakillari ovlanadigan baliqlarni orasida asosiy ovlanadigan hisoblanadi. Bu oilaga okean seldi, atlantik seld, boltiq seldi va boshqalar kiradi. Okean seldi Atlantik va Tinch okeanlarida yashaydi. 2 ta gurug‘i bor: ko‘p umurtqali vakam umurtqali. Ko‘p umurtqali seldlarga atlantik seldi, boltiq seldi yoki salaka kiradi. Kam umurtqalilarga tinch okeani seldi va oqdengiz deldi kiradi. Atlantik seldi Atlantik okeanining shimol qismida keng tarqalgan. Boltiq seldi yoki salaka kenja tur hisoblanadi atlantik okeani seldining. Shprot yoki kilki avlodining vakillarida tish bo‘lmasligi va qorin tomondagi to‘sh tangachalari kuchli rivojlanganligi bilan farq qiladi. Uvildiriqlari pelagik. SHprotlar dengiz gala baliqlari bo‘lib, Boltiq dengizidan to O‘rta Er va Qora dengizgacha Evropa qirg‘oqlarida yashaydi. Boltiq shproti Boltiq dengizida yashaydi. Kilki qora dengiz shproti deyiladi Qora dengizda yashaydi. SHprotlardan asosan konservalar tayyorlanadi. Tyulkalar yoki kaspiy kilkilariga 4 tur kiradi. Bular asosan kichik razmerli baliqlar. Kaspiy Azov va Qora dengizda uchraydi. Qorin qismi ikki tomondan siqilgan, tangachalari tikansimon. Anal suzgichlaridagi ikkita o‘qi uzunchoq. Og‘zi tepada, kichik va tishsiz.
Uvildiriqlari pelagik. Sho‘r hamda chuchuk suvlarda yashaydi. Kilkilarning tana razmerlari kichik, serpushligi uchun va gala bo‘lib yashashganligi sababli yirtqich baliqlarning oziqasi hisoblanadi. Ba’zi dengizlarda (Azov, Qora dengiz) ular delfinlaga oziqa bo‘ladi. Kaspiy dengizida kilkilarni elektr to‘rlar bilan ovlaydi.
Anchouslar oilasi. Anchouslar oilasi vakillari unchalik katta gala hosil qilmaydi, bu baliqlar tropik va mo‘‘tadil dengiz va okeanlarda yashaydi. Evropa anchousi yoki xamsa Rossiyada keng tarqalgan. Bularning xarakterli belgilaridan biri katta og‘zi. Yuqori jag‘ suyagi uzun. Qorinchasi kilkilardan farqi yumaloq, to‘sh (kil) yo‘q. Yon chiziqlari yo‘q. Tana uzunligi deyarli 9 sm dan 16 sm gacha. Hayot tarzi gala bo‘lib
ashaydi. Migratsiya qilib yashaydi. Bahorda anchouschlar Qora dengizdan Azov dengiziga migratsiya qiladi. Azov dengizida ular qisqichbaqasimonlarning plaktonlari, kamqilli chuvalchanglar va kolovratkalar bilan oziqlanadi. Qora dengizda anchouslar mizid va mollyuskalarning lichinkalari bilan oziqlanadi. Kuzda ular oziqlanishni to‘xtayda va qishgi migratsiya qilishga, ya’ni Azov dengizidan Qora dengizga o‘tadi. Er sharida eng ko‘p sondagi baliqlarga peru anchouslari kiradi. Peru anchouslari Peru qirg‘oqlarida va SHimoliy CHilida yashaydi. Bular zooplankton bilan oziqlanmaydi, balki mikroskopik suv o‘tlari, ya’ni vodoroslilar bilan oziqlandi. Peru qirg‘oqlarida baklanlar, pelikanlar va chaykalar anchouslar bilan oziqlanadi. Qush go‘ngi o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Peruda anchouslar ovlanadi baliq uni uchun.
Seldsimonlar turkumining sistematikasi. Seldsimonlar turkumiga ikkita oila kiradi
Seldsimonlar turkumining xarakterli belgisi: Tana umurtqasining o‘rtasida (markazida) teshik mavjud, ko‘krak suzgichlari belida (poyas) mezakarakoid mavjud, ochiq pufagli, yumshoq qanotli. Qorin suzgichlari ko‘krak suzgichlaridan uzoqda. Tangachalari sikloidli.
Seldsimonlar oilasi xarakterli belgisi: Boshi yalong‘och, qornida kil (to‘sh) bor, og‘zi kichik, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining orqasiga vertikal kirib bormaydi.
Anchouslar oilasining xarakterli belgisi: Qornida kil (to‘sh) yo‘q, og‘zi juda katta, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining orqasiga vertikal chuqur kirib boradi.