3. Seldsimonlar va ularning biologiyasi. Suyakli baliqlar sinfini sistematikasi
1. Tog‘ay-suyakli baliqlar
2. SHu’la qanotlilar
3. Ikki xil nafas oluvchilar
4. Panja qanotli baliqlar.
Seldsimonlar turkumi. Suyakli baliqlarning 40 dan ortiq turkumlari bor. Umurtqa pog‘onasi suyakdan iboratligi bilan o‘ziga xos xarakterga ega. Tangachalari suyak, sikloidli yoki ktenoidli. Suzgich pufagi ichaklari bilan qo‘shilgan ochiq pufag yoki yopiq pufagli. Ko‘pchilik turlarida arterial konus yo‘q spiral klapan mavjud. Seldsimonlar (Clupeiformes) turkumining umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari.Seldsimonlar turkumiga eng primitiv suyakdor baliqlar kiradi. Bu turkumga seldlar va anchouslar oilalari kiradi. Tanasining umurtqalarining o‘rtasida teshik mavjud. Suzgich pufag i ichaklari bilan qo‘shilgan ochiq pufagli bo‘ladi. YOn chiziqlari yo‘q. Suzgich qanotlarining shu’lalari yumshoq va bo‘g‘imli bo‘lishi xarakterli. Seldlar dunyoda tutilayotgan baliqlarning 37 foizini tashkil qiladi.
Seldsimonlar oilasi. Seldsimonlar oilasi vakillar asosan okean baliqlari. Seldlar oilasiga 190 tur, 50 oila baliqlari kiradi. Bular asosan dengiz va okeanlarda yashaydi, er sharida keng tarqalgan, chuchuk suvlarda ham uchraydi. Ba’zilari esa ko‘payish uchun daryolarga kiradi. Bu baliqlar gala bo‘lib yashaydigan baliq hisoblanadi, umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Tangchalari sikloidli, engil ko‘chadigan. Tanasida yon chiziqlar yo‘q. Suzgich pufagining oldingi qismida o‘simtalar bo‘lib, bular bosh suyagining eshitish kapsulasiga ochiladi va rezana tor vazifasini bajaradi.Seldsimonlar oilasi vakillari ovlanadigan baliqlarni orasida asosiy ovlanadigan hisoblanadi. Bu oilaga okean seldi, atlantik seld, boltiq seldi va boshqalar kiradi. Okean seldi Atlantik va Tinch okeanlarida yashaydi. 2 ta gurug‘i bor: ko‘p umurtqali vakam umurtqali. Ko‘p umurtqali seldlarga atlantik seldi, boltiq seldi yoki salaka kiradi. Kam umurtqalilarga tinch okeani seldi va oqdengiz deldi kiradi. Atlantik seldi Atlantik okeanining shimol qismida keng tarqalgan. Boltiq seldi yoki salaka kenja tur hisoblanadi atlantik okeani seldining. Shprot yoki kilki avlodining vakillarida tish bo‘lmasligi va qorin tomondagi to‘sh tangachalari kuchli rivojlanganligi bilan farq qiladi. Uvildiriqlari pelagik. SHprotlar dengiz gala baliqlari bo‘lib, Boltiq dengizidan to O‘rta Er va Qora dengizgacha Evropa qirg‘oqlarida yashaydi. Boltiq shproti Boltiq dengizida yashaydi. Kilki qora dengiz shproti deyiladi Qora dengizda yashaydi. SHprotlardan asosan konservalar tayyorlanadi. Tyulkalar yoki kaspiy kilkilariga 4 tur kiradi. Bular asosan kichik razmerli baliqlar. Kaspiy Azov va Qora dengizda uchraydi. Qorin qismi ikki tomondan siqilgan, tangachalari tikansimon. Anal suzgichlaridagi ikkita o‘qi uzunchoq. Og‘zi tepada, kichik va tishsiz.
Uvildiriqlari pelagik. Sho‘r hamda chuchuk suvlarda yashaydi. Kilkilarning tana razmerlari kichik, serpushligi uchun va gala bo‘lib yashashganligi sababli yirtqich baliqlarning oziqasi hisoblanadi. Ba’zi dengizlarda (Azov, Qora dengiz) ular delfinlaga oziqa bo‘ladi. Kaspiy dengizida kilkilarni elektr to‘rlar bilan ovlaydi.
Anchouslar oilasi. Anchouslar oilasi vakillari unchalik katta gala hosil qilmaydi, bu baliqlar tropik va mo‘‘tadil dengiz va okeanlarda yashaydi. Evropa anchousi yoki xamsa Rossiyada keng tarqalgan. Bularning xarakterli belgilaridan biri katta og‘zi. Yuqori jag‘ suyagi uzun. Qorinchasi kilkilardan farqi yumaloq, to‘sh (kil) yo‘q. Yon chiziqlari yo‘q. Tana uzunligi deyarli 9 sm dan 16 sm gacha. Hayot tarzi gala bo‘lib yashaydi.
Migratsiya qilib yashaydi. Bahorda anchouschlar Qora dengizdan Azov dengiziga migratsiya qiladi. Azov dengizida ular qisqichbaqasimonlarning plaktonlari, kamqilli chuvalchanglar va kolovratkalar bilan oziqlanadi. Qora dengizda anchouslar mizid va mollyuskalarning lichinkalari bilan oziqlanadi. Kuzda ular oziqlanishni to‘xtayda va qishgi migratsiya qilishga, ya’ni Azov dengizidan Qora dengizga o‘tadi. Er sharida eng ko‘p sondagi baliqlarga peru anchouslari kiradi. Peru anchouslari Peru qirg‘oqlarida va SHimoliy CHilida yashaydi. Bular zooplankton bilan oziqlanmaydi, balki mikroskopik suv o‘tlari, ya’ni vodoroslilar bilan oziqlandi. Peru qirg‘oqlarida baklanlar, pelikanlar va chaykalar anchouslar bilan oziqlanadi. Qush go‘ngi o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Peruda anchouslar ovlanadi baliq uni uchun.
Seldsimonlar turkumining sistematikasi. Seldsimonlar turkumiga ikkita oila kiradi
Seldsimonlar turkumining xarakterli belgisi: Tana umurtqasining o‘rtasida (markazida) teshik mavjud, ko‘krak suzgichlari belida (poyas) mezakarakoid mavjud, ochiq pufagli, yumshoq qanotli. Qorin suzgichlari ko‘krak suzgichlaridan uzoqda. Tangachalari sikloidli.
Seldsimonlar oilasi xarakterli belgisi: Boshi yalong‘och, qornida kil (to‘sh) bor, og‘zi kichik, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining orqasiga vertikal kirib bormaydi.
Anchouslar oilasining xarakterli belgisi: Qornida kil (to‘sh) yo‘q, og‘zi juda katta, yuqori jag‘ suyagi ko‘zining orqasiga vertikal chuqur kirib boradi.
Xulosa Umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Baliqlarning qadimgi ajdodlari lansetnikka oʻxshash sodda tuzilgan xordalilar boʻlgan. Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli hayvonlar paydo boʻlgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan. Oʻlja axtarib faol hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi organlari rivojlana borib yoʻl bilan baliqlar kelib chiqqan. Baliqlar suvda yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat. Baliq sezgi organlari ko'z, quloq, burun, mo'ylov va yon chiziqlardan iborat. Baliq uzoqni ko'rolmaydi. U bir metr uzoqlikdagi narsalarni ko'roladi. Ammo o'roqsimon o'simtaning qisqarishi tufayli u 12 metr uzoqlikdagi narsanini ham ko'ra oladi. Baliq eshitish organi ichki quloqdan iborat. Suv zich muhitda bo'lgani uchun baliq juda yaxshi eshitadi. U hatto qirg'oqdagi qadam tovushinini ham eshita oladi. Hamma hayvon sigari uning ham hid sezish qobiliyati kuchli. Ba'zi baliqlarda mo'ylov ham bor. Mo'ylov his tuyg'u vazifasini bajaradi. Yon chiziqlar nerv hujayralaridan iborat. Yon chiziqlar orqali oldindagi to'siqlarni, harakatlanayotgan o'ljan bemalol sezadi. Agar baliq ko'r bo'lib qolsa, yon chiziqlar orqali bemalol yashay oladi.