Turli hayvonlarda yo'ldoshning tuzilishi. Yoʻldosh, bola oʻrni — bola tugʻilgach, ketidan tushadigan homila pardalari, platsentasi va kindigidan iborat aʼzo: homilani ona tanasi bilan bogʻlab turadi. Tugʻruqning Y. tushish davrida platsenta va pardalar bachadon devoridan toʻla koʻchadi va tugʻruq yoʻllari orqali chiqadi. Yo’ldosh turlari . Embironning ona organizmidan oziq moddalar bilan ta'minlanishi har xil bo’ladi. Shuning uchun yo’ldoshning quyidagi turlari bo’ladi:
1. Epitelioxorial yo’ldosh, u yarim yoki chala yo’ldosh deb ham ataladi. Bunday yo’ldoshda vorsinka o’simtalari yaxshi rivojlanmaydi va faqat do’ngchasimon bo’lib, bachadonning shillimshiq qavatiga botib kiradi. Tug’ish vaqtida vorsinkalar bachadonga zarar yetkazmay, o’z chuqurchalaridan chiqadi. Tug’ish og’riqsiz va qon ketishsiz o’tadi. Bunday yo’ldosh cho’chqa, ot, tuya, lemur, kitsimonlar va boshqa hayvonlarda uchraydi
2. Desmoxorial yoki biriktiruvchi to’qimali yo’ldosh vorsinkalarning ko’pligi bilan epitelioxorial yo’ldoshdan farq qiladi. Xorion vorsinkalari bilan birikkan joyda bachadon shilimshiq qobig’ining epiteliysi yemiriladi. Tarmoqlanib ketgan vorsinkalar epiteliydan o’tib, biriktiruvchi to’qimaga botadi va ona qon tomiriariga yetib boradi. Bunday yo’ldosh katelidon deyilib, embrionning dastlabki davrlarida embrionga nisbatan 200 marta katta bo’ladi. Bunday yo’ldosh kavsh qaytaruvchilarga xosdir.
3- Vazoxorial yoki endotelioxorial yo’ldosh hosil bo’lishida bachadon shilimshiq epiteliysi ham, biriktiruvchi to’qima ham yemiriladi hamda vorsinkalar qon tomirlariga yetib boradi. Qon tomirlari vorsinkalar oldida kengayadi. Ona qoni embrion qonidan yupqa endotelial hujayra bilan ajralib turadi. Shuning uchun oziq modda va gazlar almashinuvi qiyinchiliksiz sodir bo’ladi. Bunday yo’ldosh yirtqich sut emizuvchilarda hosil bo’ladi.
4. Gemoxorial yo’ldosh hosil bo’lishida bachadonda chuqur o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bunday yo’ldosh hasharotxo’rlar, kemiruvchilar,
Embrionning rivojlanishida xar bir provizor a'zolarning roli.Provizor a’zolar — Embriogenez jarayonida rivojlangan, embriondan tashqari homilaning o’sish va rivojlanishini ta’minlaydigan a’zolar. Ular muvaqqat, vaqtinchalik organlar bo’lib, homila tug’ilgandan so’ng tushib, yoqolib ketadi. Ulardan ayrimlari homilani o’rab turgani sababli homila qobiqlari deb ataladi. Provizor a’zolarga amnion, sariqlik qopi, allantois, xorion, platsenta va kindik yo’li kiradi. Provizor a’zolar trofoektoderma va embrionning uchta varag’idan rivojlanadi.Amnion (homila pufagi, suvli parda) — amniotik suyuqlik (homila atrofidagi suyuqlik) bilan to’lgan bo’shliq. Rivojlanishning embrional va homilalik davrlari pufak ichida kichadi. Amnion avval tubida epiblast yotuvchi amniotik pufakcha shaklida paydo bo’ladi. Keyinchalik bu pufakcha katta amnion pufagi yoki qopchasiga aylanadi. Gastrulatsiya paytida embriondan tashqari mezodermaning hujayralari amniotik ektodermani o’rab olib, amnionni tashqi qavatini hosil qiladi. Kranial qism oxirida amnion bosh tomondagi burma, yon tomonlarida yon burmalar, kaudal qism oxirida dum burmasi hosil qiladi. Bosh, yon, dum sohasidagi amniotik burmalar embrionning ustki qismda birlashadi va amniotik bo’shliqni chok hosil qilib yopadi. Chok keyinchalik yoqolib ketib, tasmacha hosil bo’ladi. 7-haftada amnion pufagini o’ragan mezoderma xorionning homiladan tashqari mezodermasi bilan bog’lanadi. Keyinchalik amnionda kindik tizimchasini hosil qiluvchi amniotik oyoqcha hosil bo’ladi. U shu orqali kindik halqasi sohasida kindik tizimchasiga o’tadi va platsentaning homila qismiga borib, ularning epitelial qoplamini hosil qiladi.Sariqlik qopi — birlamchi ichakning embriondan tashqari qismi. Devori ikki qavatdan iborat: ichki qavat — embriondan tashqari entoderma, tashqi qavat — embriondan tashqari mezodermadan hosil bo’ladi. Sariqlik qopi to’liq shakllanib borishda uning qon tomirlari bachadon devoridan to’qimalarning yubqa qavati bilan ajraladi. Bu bilan homila bachadondan oziq moddalar va kislorodni singdirib oladi.Аllantois (yun. Allas — kolbasa, kolbasasimon) — sariqlik qopining orqa devori rivojlanishida 16-kunga kelib embriondan tashqari entoderma va mezodermadan hosil bo’lgan kichik bo’rtma sifatida shakllanadiIlk taraqqiyot bosqichida embrional gemopoez (rivojlanishning 3-5 haftasida) va angiogenezda ishtirok etadi• Kindik tizimchasining qon tomirlari shakllanishida, ularning xorion so’rg’ichlariga kirib borishida (angiogenez) ishtirok etadi • Allantois tarkibidagi qon tomirlar gaz almashinuvi va moddalar almashinuvida qatnashadi. Embriogenezning 2-oyida allantois degeneratsiyaga uchraydi.