Gialinli,elastik va tolali tog’aylar Tog‘ay tо‘qimasi organizmning embrional rivojlanishi davrida biriktiruvchi tо‘qimalar hosil bо‘ladigan embrional tо‘qimadan, ya’ni mezinxima xujayralaridan tarqaladi. Organizmning dastlabki ontognez rivojlanishi davrida skelet suyaklarining aksariyati о‘rnida oldin tog‘ay tо‘qimasi paydo bо‘lib, sо‘ng ular suyak tо‘qimasiga aylanadi. Tog‘ay organizmda tayanch mexanik va biriktiruvchi vazifani bajaradi. Tog‘ay tо‘qimasi tuzilishiga kо‘ra qattiq tо‘qimalar qatoriga kiradi. Qattiqligi jihatidan esa skelet suyaklaridan keyin ikkinchi о‘rinda turadi. Shuning uchun tog‘ay tо‘qima tarkibida qon tomirlari va nerv tolalari kabi boshqa tо‘qimalar uchramaydi.
Elastik tog‘ay. Elastik tog‘ay organizmda quloq suprasida ayrim hayvonlarning burnida uchraydi. Uning gialin tog‘aydan farqi oraliq moddasida asosan elastik tolachalar uchraydi. Mikroskopik tuzilishi jihatidan gialin tog‘ayga о‘xshaydi. Tog‘ay xujayralari qobig‘i bilan о‘ralgan izogen gruppalar hosil qilib tuzilgan. Bu tо‘qima ustki tomondan biriktiruvchi tо‘qima bilan о‘ralgan. Preparatni Orsein buyog‘i bilan bо‘yab mikroskopning katta obyektiviga qо‘yib kо‘rganda tog‘ay hujayralarning orasida tarmoq holida joylashgan elastik tolachalar kо‘zga tashlanadi. Tog‘ay hujayralari tо‘qroq, tolachalar esa ochroq jigarrangga bо‘yalgan. Elastik tog‘ayning mexanik elementini tashkil etuvchi kollogen tolachalar bilan bir qatorda kо‘p miqdorda elastik tolachalar yotadi. Ular tog‘ayning elastiklik va mustahkamlik holatini ta’minlaydi.
Gialinli togay.Bu togayni kо‘rish uchun buzoqni qovurg‘asidan tayyorlangan preparatda mikroskopni kichik obyektividan foydalanib, tog‘ay usti qoplag‘ichini yuqoriga qilib, joylashtirish kerak. Kattalashtirib kо‘rilganda tog‘ay usti qoplag‘ichi perixondr ostida duksimon yoki tog‘ay xujayralari zonasi kо‘rinadi. Bunda bez bu tog‘ayni oraliq moddasi bir jinsli ekanligi kо‘ramiz. Ammo unga alohida ishlov berilganda kollogen tolalarni borligi aniqlanadi.
Ularni nur singdirish kо‘rsatgichi asosiy moda xondromukoidniki bilan bir xilligi uchun kо‘rinmaydi. Perixondrga yaqin joydagi tog‘ay xujayralari uzunchoq shaklli bо‘lib, yakka-yakka holda joylashadi, ular ichkariga borgan sari ixtisoslashgan tog‘ay xujayralari xondrositlarga aylanib boradi. Xondrositlar asosiy moddalardagi maxsus bо‘shliqlarda g‘ilofga о‘ralgan holda joylashadi. Bir necha xondrositlar asosiy moddadan hosil bо‘luvchi umumiy g‘ilof-bazofil qavat bilan о‘ralib 2-4 hujayradan tashkil topadi. Hujayralarni sitoplazmasida turli shakldagi bittadan yirik yadro, endoplazmatik tо‘r, mitoxondriyalar kо‘zga yaxshi tashlanadi.