Muhim qoidalar: 1. Obrazlaringizni iloji boricha jonlantiring va katta hajmlarda Tasavvur qiling;
2. Obrazlar harakatga kelsin;
3. Assosiatsiyalar fantastik va kulgili bo'lsin
Mustaqil bajarish uchun mashqlar 1. Telefon; 2. Qovun; 3. Uy; 4. Quyon; 5. Olma; 6. Mars sayyorasi; 7. Tog; 8. Robot; 9. Ko'zoynak; 10. Uzum; 11. Oyna; 12. Kondisioner; 13. Bo'ri; 14. Yo'lbars; 15. Tuxum; 16. Yer; 17. Dala; 18. Poyezd; 19. Qalam; 20. Limon. Chet tilidagi so'zlarni yodlash texnikasi Aktiv va passiv lug'at Biz ko'pincha so'zlarni qanday qilib yodlaymiz? O'ta pala-partish, asosan matnli xotira yordamida yodlaysiz, shunday emasmi? Bu juda katta muammo. Biz endi obrazli xotira yordamida yodlaymiz. Awalambor, lug'at haqida tushuncha paydo qilishimiz kerak. Meta-ta'limda potentsial degan narsa bor. Biz bu so'zni juda ko'p ishlatamiz. So'zni ilk bor yodlaganingizda, potentsialning engpastki nuqtasida bo'lasiz.
Potensial: 1) Ko'rganman;
2) Tushunaman, lekin taijima qilolmayman;
3) Bilaman;
4) Tarjima qila olaman;
5) Ishlata olaman.
Potensialning beshinchi pozitsiyasi - eng kuchlisi hisoblanadi. Birinchi to'rttasi - passiv lug'at, uni o'qiysiz, tarjima qilasiz, lekin ishlata olmaysiz. Beshinchi nuqta - aktiv lug'at hisoblanadi. Biz asosan aktiv lug'at uchun ishlaytniz.