Qirindini ajratuvchi ariqchali parmalar.
Bunday
parmalardan qovushqoq
po`latlarni yoki chuqur teshiklarni parmalashda foydalaniladi.
Qirindini ajratish va
maydalashi uning parmalash
qobiliyatini orttirib, eyilish intensivligini kamaytiradi.
Ariqchalar orqa yuzalarda (45-rasm, a) yoki oldingi yuzasi bo`ylab o`yiladi (45-rasm, b),
parmaning ishini engillashtirish maqsadida uning kesuvchi qismi maxsus usulda charx-
lanib, plandagi burchagini orttirish mumkin.
45-rasm. Qirindi ajratuvchi ariqchali parmalar:
a-orqa yuzasida ariqcha o`yilgan, b - oldingi yuzasida ariqcha o`yilgan.
3-§. Parmani charxlash
Parmalarni charxlashda ularning me`yoriy ishlashiga katta ta`sir ko`rsatuvchi
quyidagi
elementlarga, ya`ni uchidagi burchak 2 ga, charxlanish
tekisligini parma
o`qiga va asosiy kesuvchi qirralariga nisbatan to`g`ri chiziqli va simmetriya bo`lishiga
asosiy kesuvchi qirralar uzunligining bir xil chiqishiga, orqa yuzalarda orqa burchak
ninga asosiy kesuvchi qirradagi har xil nuqtalarda
turlicha qiymatga ega
bo`lishiga, ko`ndalang
qirraning qiyalik burchagi
0
55
50
bo`lishi va parma o`qidan
o`tishiga alohida e`tibor berish zarur. 103-rasmda parmani
charxlash usullaridan biri
tasvirlangan. Rasmdan ko`rinadiki, charxlanadigan parma
I charxlash stanogining
tutqichi 2 ga o`natilib mahkamlanadi. Parma, parmatutqichning tsapfa o`qi bilan aylanish
o`qi orasidagi konus tekislik bo`yicha tebranma harakat qiladi. Tutqich tsapfa 3
bilan
biriktirilgan bo`lib, podshipnik 4 yordamida buriladi.
Shartli konusning uchidagi burchak 26-30
0
ga teng bo`lib, uning o`qi parmaning
o`qi bilan 45
0
burchak hosil qiladi. Shartli konusning uchidan parmaning o`qigacha bo`lgan
oraliq 1,9 diametrni tashkil etadi. Tebranish vaqtida parma 00 o`q atrofida aylanadi
va orqa yuzasi bilan jilvirlash toshi 5 ning chetki yuzasiga urinadi, jilvirlash toshi esa
parmaning orqa konussimon yuzasini charxlaydi. Charxlash jarayonida parma o`z
o`qi bo`ylab jilvirash toshi tomon siljiydi. Parmaning bitta kesuvchi qirrasi charxlanib
bo`lgandan keyin u 180° aylantirilib, uning ikkinchi kesuvchi qirrasi charxlanadi.
46-rasm. Parmaning charxlash chizmasi