Birinchi matn amanda va gersoginiya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/2
tarix14.03.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#53751
1   2
2 5438450180477162740

IKKINCHI MATN

TEATRGA OID KASBLARNI ANIQLASH

Aktyor: sahnada biron-bir personajning rolini o‘ynaydi.

Rejissor: pyesalarni sahnalashtiradi, spektaklning barcha jihatlarini kuzatadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi. U sahnada aktyorlarni nafaqat joylashtiradi, balki ularning chiqishlarini va qayta kirib ketishlarini belgilaydi, ularning o‘yinlarini to‘g‘rilaydi, shuningdek, asarlarga o‘z talqinini beradi.

Kostumchi: eskizlar bo‘yicha kostumlar tayyorlaydi.

Rassom-dizayner: kostumlar va dekoratsiya uchun eskizlarini yaratadi. Keyinchalik bu eskizlardan kerakli o‘lchamdagi kostumlar va dekoratsiyalar tayyorlaydilar.

Rekvizitlar uchun mas’ul: kerakli rekvizitlarni qidiradi. «Rekvizit» so‘zi siljitish mumkin bo‘lgan hamma narsani anglatadi: kreslolar, xatlar, lampalar, gullar va boshqalar. Dekoratsiya va kostumlar rekvizit bo‘la olmaydi.

Ovoz muhandisi: taqdimot paytida barcha ovoz effektlari uchun mas’uldir. Spektakl davomida u doimo ovoz pulti orqasida turib ishlaydi.

Yorituvchi: yoritish uchun mas’uldir. U doimo spektakl davomida yoritish pulti ortida turadi. Yoritish juda-juda murakkab jarayondir, shuning uchun yaxshi uskunalangan teatrda o‘ntagacha yorituvchilar ishlashi mumkin

1-savol

Pyesaning quyidagi qismi nima haqida?



Gersoginiya shunday hiyla o‘ylab topgandiki…

A. Uni shahzoda tez-tez yo‘qlab turishiga majbur qilardi.

B. Shahzodani va, nihoyat, uylanishga majbur qilardi.

C. Amanda yordamida shahzodani o‘z qayg‘usini esidan chiqarishga majbur qilar edi.

D. Amandani u bilan birga saroyda qolishga majbur qiladi.

2-savol

Parchada aktyorlar aytgan so‘zlarga qo‘shimcha tarzda aktyorlar rollarni qanday o‘ynashi kerakligi va texnik xodimlar nima ishlar qilishlari kerakligi haqida ko‘rsatmalar berilgan.

Bu ko‘rsatmalar matnda qanday ajratib ko‘rsatilgan?

___________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________



3-savol

Quyidagi jadvalda pyesadan berilgan parchani qo‘yishda ishtirok etadigan texnik xodimlar ko‘rsatilgan. Birinchi matndan sahna bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalarning birini jadvalga yozing. Bunda har bir mutaxassis ko‘rsatmani amalga oshirishi kerakligini hisobga oling.

Birinchi namunada buni qanday yozish kerakligi ko‘rsatilgan

Teatr mutaxassislari Sahna bo‘yicha ko‘rsatmalar

Rassom-dizayner Kichik haykal atrofidagi aylana o‘rindiq

Rekvizit uchun mas’ul

Ovoz rejissori

Yorituvchi

4-savol

Rejissor aktyorlarni sahnada joylashtiryapti. Diagrammada Amandaning joyi «A» harfi bilan, Gersoginiyaning joyi «G» harfi bilan belgilangan.

Amanda va Gersoginiya Shahzoda kelgan vaqtda taxminan qayerda turganligini «A» va «G» harflari bilan quyida keltirilgan sxemaga qo‘ying.

Strelkalar yon dekoratsiya



5-savol.

Pyesaning oxirrog‘ida Amanda: «U meni tanimadi…» dedi.

Bu nimani bildiradi?

A. Shahzoda Amandaga qaramaganini.

B. Amanda do‘konda sotuvchi ekanligini Shahzoda tushunmadi.

C. Uni avval ham uchratganini Shahzoda tushunmadi.



D. Amanda Leokadiyaga o‘xshashligini Shahzoda payqamadi.
Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin