QON KETISHDA BIRINChI TIBBIY YORDAM KO`RSATISH. Qon tomirlar shikastlanganda arterial, venoz va parenximatoz oqishlar tafovut qilinadi. Agar qon jarohatdan tashqariga oqayotgan bo`lsa, buni tashqi qon oqish deb ataladi, agar qon jarohatlangan tomirdan to`qimaga, ichki organlarga – ko`krak yoki qorin bo`shlig`iga oqayotgan bo`lsa, u holda buni ichki qon oqish deyiladi.
arterial qon oqishini to`xtatish hammaning qo`lidan keladigan eng oson va tezkor usul bo`lib, jarohatlangan joy teparog`idan arteriyani barmoq bilan bosib turishdir. Arteriya suyak yoniga yaqin joydan yoki uning ustidan o`tgan bo`lsa, uni bosib turish juda oson bo`ladi;
arteriyalarni barmoq bilan bosish ko‘p kuch sarflashni talab etadi va bu tadbirni hatto jismonan kuchli va chiniqqan kishi ham 15- 20 daqiqadan ortiq bajara olmaydi;
jgut (buragich) qo‘l va oyoqning yirik arterial tomirlari shikastlanganda qon oqishini vaqtincha to‘xtatishini asosiy usulidir. Jgut son, yelka (bir suyagi bor joyga) qo‘yiladi;
jgut qon oqayotgan joydan 15 sm yuqoridan jarohat yaqinidagi terini siqib qo‘ymaslik uchun kiyim yoki yumshoq bint ustidan bog‘lanadi;
jgut bog‘langandan so‘ng biriktirilgan qog‘ozga kuni,soati va daqiqasi yoziladi, qog‘oz jgut ostiga ko‘rinib turadigan qilib qistirib qo‘yiladi;
jgut qish mavsumida 1 soatga , yozda esa 1,5-2 soatga qo‘yiladi.Jgut qo‘yilgandan so‘ng 2 soat o‘tgan hollarda arteriyani barmoq bilan bosish, jgutni asta sekin pulsni hisoblab turib 5-10 daqiqaga bo`shatish va uni avvalgi joyining yuqorirog`idan yana qo`yish lozim;
jgut bo`lmaganda arteriyadan qon oqishida buragich qo`yish yoki qo`l- oyoqni maksimal bukishva uni shu vaziyatda bog`lash yo`li bilan to`xtatish mumkin;
venadan qon oqishini bosib turadigan steril bog`lov qo`yish va gavdaning shikastlangan qismini baland ko`tarib qo`yish bilan to`xtatiladi