Belgilaymizki, snaryad yadrosining barcha ko’p zaryadli fragmentlari zaryadli qiymati bilan aniq belgilangan. Bu parchanish jarayonini alohida topologik kanal bo’yicha kelgusida tadqiq qilish imkonini beradi.
2.2-jadvalda 3.25 А GeV/с impulsli 16Ор-to’qnashuvlarida Z≤4 zaryadli yengil stabil izotoplar hosil bo’lishi inklyuziv kesimi va izotop tarkibi chiqishi kuzatilishi keltirilgan.
Ushbu eksperimental material fragmentlar hosil bo’lish mexanizmlarini batafsil fizik tahlil qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. O’rtacha hisob-kitoblarni, individual xarakteristikalarni modellashtirish va baholashda biz ushbu bobda keltirilgan miqdoriy ko’rsatkichlarga qaytamiz.