Mustaqil ish topshiriqlar TO'PLAMI Bajardi: Bozorov Otabek
Tekshirdi: Максуджон Умаралиев
Namangan-2021
Mavzu: Elektrostatik maydon kuchlanganlik vektorining sirkulyasiyasi.
1. Elektr zaryadi. Elektr zaryadining saqlanish qonuni.
2. Zaryadlarning o’zaro ta’sir kuchi. Kulon qonuni
3. Elektr maydon kuchlanganligi. Superpozitsiya prinsipi.
Dipol maydon.
1. Elektr zaryadi. Jun matoga ishqalangan qahrabo tayoqcha yengil narsalarni tortish qobiliyatiga ega bo`lishi juda qadim zamonlardan ma’lum bo`lgan. Ingliz vrachi Jilbert ishqalashdan keyin yengil narsalarni torta olish qobiliyatiga ega bo`lgan jismlarni elektrlangan (yunoncha qahrabolangan) deb atadi va elektr so`zi qo`llanila boshlandi. Tabiatdagi moddalarning turli–tumanligiga qaramasdan faqat ikki xilgina, qarama-qarshi ishorali elektr zaryadlari mavjud. Amerikalik fizik R.Milliken tajribalar yordamida elektr zaryadi diskret ekanligini, ya’ni istalgan jismning zaryadi elementar elektr zaryadi e tajribada e=1,6-19 kl ga karrali ekanligini aniqladi. Elektronning massasi me=9.110-31kg va proton mp=1.670-27 kg ga teng.
Elektromagnit ta’sir. Har qanday jism massasidan tashqari elektr zaryadi bilan ham xarakterlanadi. Va ular orasida na faqat gravitatsion, balki elektromagnit ta’sir ham mavjuddir. Bir xil ismli zaryadlar itarishadi, turli ismlilari esa tortishishadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki elektromagnit ta’sir gravitatsion ta’sirdan ko`p marta kuchliroqdir. Shu bilan birga gravitatsion ta’sir barcha jismlarga xos bo`lsa, elektromagnit ta’sir faqatgina zaryadlangan jismlargagina xos xususiyatdir. Elektromagnit ta’sirning kuchliligi jismdagi zaryad miqdoriga bog’liq bo`ladi.