Bismillahir rohmanir rohim



Yüklə 15,48 Kb.
tarix08.06.2023
ölçüsü15,48 Kb.
#126972
fikrlang


Bismillahir rohmanir rohim
Bu qisqa hikoya va ibratli so‘zlar jamlanmasini o‘z hayotim davomida ko’rgan-kechirganlarim va o‘zim guvohi bo‘lgan voqealardan ibrat olgan holda ta’sirlanib, ba’zida esa taajjublanib yozganman. Bu hikoya va ibratli so‘zlar jamlanmasini asosiy voqea-hodisalari o’zimning hayotimda ro‘y bergan...

Ibratli so‘zlar
Vaqt o'tgan sayin onaning qalbi yosh bolaning ko'ngli kabi nozik bo'lib qoladi. Ehtiyot bo'lib muomala qilki, qalbi og'rib qolmasin. Chunki jannat onalar oyog'i ostidadir....
Hech qachon inson qalbini og'ritmang, chunki qalb Allohning makoni. Mabodo shu qalbda agar Alloh bo'lsa, unda siz u insonni qalbini og'ritmabsiz. Aksincha....
Ba’zi bir insonlarning qilayotgan ishlariga hayron qolaman... xuddi bu dunyoda abadiy qoladigandek yashashadi. Lekin bir narsani unutmaylik “boshlanish nuqtasi bo‘lgan narsaning tugash nuqtasi ham bo‘lgusidir”.
Ey, Ota-onasi borlar... Ota-onangiz dunyodagi eng qimmat boyligingiz. Ularni borligida qadrlang, hurmatini joyiga qo‘ying va chiroyli muomala qiling. Ota-onaning qadrini ota-onasi (bu foniy dunyodan u boqiy dunyoga safarga ketgan) yo‘qlar juda yaxshi biladilar. Ertanmi-kechmi biz ham ular safida bo’lamiz. Shunday ekan bu imkoniyatdan foydalanib qoling. Zero kechikkanlar safida bo‘lib qolmang...!
Bu yolg‘onchi dunyoga kelar ekanmiz, bu dunyoning tugamas tashvishlari bilan mashg’ulmiz. Kimdir mol-dunyo dardida, yana kimdir shon-shuhrat.. bu narsalarni davom ettirsak oxiri tugamaydi. Ba’zida esa tirikchilik deb o’zimizga juda qardli va g‘oyatda muhim oilaga., ota-onaga, farzandlarga yetarlicha vaqt ajrata olmaymiz.. Bu yolg‘onchi dunyoda mana shular uchun yashamayapmizmi, bu dunyo tashvishlari bilan kun-u tun kurashmayapmizmi. Shunday ekan hamma ishlariga qo‘l siltang va o’zingiz uchun qadrli narsalarga yetarlicha vaqt ajrating...
Ba’zida inson o’z nafsi amriga itoat etgan holda o‘z e’tiqodiga ko‘ra ko’p gunoh ishlar qilib qo‘yadi va bu qilgan ishlaridan qalbi juda ham qiynalib yuradi. Bir narsani unutmansinki, bizni yaratgan robbimmiz Alloh subhana taolo o‘ta rahimli, mehribon va gunohlarni ko’chirishni yoqtiradi. Qanday gunoh qilishingiz dan qat’iy nazar shu narsani unutmang, Robbimiz har qanday gunohlarimizni kechiradi.. faqat biz chin dildan tavba qilsak bo‘lgani...
Allohga yoqishga urining. Bandasiga yoqishga urinmang. Zero, har bir bandasining ko‘ngli Allohning iznidadir...
Yüklə 15,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin