Bitiruv malaka ishi



Yüklə 68,39 Kb.
səhifə3/6
tarix02.06.2023
ölçüsü68,39 Kb.
#122601
1   2   3   4   5   6
Shomamatova Noila

2.Nutq madaniyati. Biror til jamoasida til sistemasida mavjud bo`lgan imkoniyatlarning foydalanib kelinayotgan qismi uzus deyiladi. Uzus bir tilni boshqasidan ajratib turadigan shartlarni ham, tilning ichki normalarini ham o`z ichiga oladi. Uzusli so`zlar yig`iq so`zlar yig`indisiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1- dialektal leksika; 2- so`zlashuv leksikasi; 3- an’anaviy leksika; 4- kitobiy leksika; 5- ilmiy-terminologik leksika; 6- kasb-hunar leksikasi 7- arxoizmlar; 8-tarixiy leksika Til jamoasi afzal deb bilgan ko`nikmalar yig`indisi tilning umumiy me’yorni tashkil etadi. Umumiy me’yor usual me’yordir. Umumiy me’yor qardosh tillarga nisbatan belgilanadi. O`zbeklar nutqini qardoshlar tilidan ajralib turadigan me’yorlar o`zbek tilining umumiy me’yoridir. Bu me’yor juda qattiq amal qiladi. Ma’lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari o`sh hududida yashaydigan aholi uchun beistisno tushunarli bo`ladi. 7 Adabiy til – hamma birdek foydalanadigan til. Uning umumxalqiyligi shunda ko`rinadi. Me’yor ma’lum bir til jamoasi uchun mustahkam qo`llanib kelayotgan lisoniy hodisalar yig`indisidir. 1. Fonetik me’yori. 2. Talaffuz me’yori. 3. So`z yasash me’yori. 4. Morfologik me’yor. 5. Sintaktik me’yor. 6. Uslubiy me’yor. 7. Lug`viy me’yor. Til me’yorining fonetika, grammatika va boshqalarda bir variantni tanlash qandaydir darajada qat’iy bo`lsa ham, lug`aviy me’yorlar haqida gap ketganda voz kechish kerak deb bo`lmaydi. Tilning lug`aviy boyligidan foydalanganda me’yorning imkoniyati muallifga takrorni, bir xillikni yengishda chiroyli nutq tuzishda qo`l keladi. Nutqning to`g`riligi uning adabiy me’yorlariga mosligidir. Nutq o`zida adabiy tilning fonetik talaffuz, lug`aviy so`z yasalishi Grammatik uslubiy me’yorlarini mujassamlashtirgan bo`ladi. Nutqning to`g`riligi uning eng aloqaviy fazilatidir. Talaffuz me’yorlari. Nutq shaxsiy hodisa. Agar so`zlovchi adabiy me’yorlarini kishi egallamagan bo`lsa yoki o`z shevasi bergan shaxsiy variantni afzal deb qarasa, uning puxta adabiy me’yordan cheklanishi mumkin. O`zbek tili xususiyat jihatidan uch lahzadan iborat. Kelishik me’yorlari. Adabiy tilimizda ―kuchli‖ va ―kuchsiz‖ me’yorlari bor. Kuchli me’yorlar adabiy tilda so`zlovchi shaxslar tomonidan hamma vaqt amalgam oshiriladi. Kuchsiz me’yorlar og`zaki nutqida ham e’tibor berilishi oqibatida yuzaga keladi. O`zbek tilining qorluq lahjasidagi maxsus shahar shevalarda qaratqich va tushum kelishiklari bir xil ko`rsatkichga ega, ya’ni 2 kelishik uchun ham –ni xizmat qiladi. Qaratqich-qaralmish aloqasida xoslik ma’nosi ifodalanishida ba’zi bir o`zgacha sharoitlarda qaratqich ko`rsatkichi ishlatilmaydi. Masalan: O`zbek tili, shahar kengashi, bahor fasli. Turli sabablarga ko`ra kelishik joylarini almashtirib ishlatish, ya’ni hamma hollarda ham hozirgi zamon o`zbek tili normalarini buzish hisoblanadi. Birlarni bee’tiqod. Birlarni riyo ko`rdim. Tushum kelishigi affiksini vazn talabi bilan tushirib qoldirsa, she’rda g`alizlikni hosil qiladi: Quloq soling alvon-alvon so`zlarga, Karvon yurar olsiz to`la tuzlarga, Uyga keeling, ikki birday miyani 8 Urush janjal kim qo`yibdi sizlarga. Turkiy xalqlarning ba’zilari tilida jo`nalish kelishigi o`rnida ayrim hollarda o`rin-payt kelishigidan foydalanish uchraydi. Suratda ra’nosan o`zing, men mubtalo qayda boray? Egalik qo`simchasidan foydalanish me’yorlari. Egalikning ifodalanmasligi birinchi shaxsga qarashli predmet boshqasi bilan qiyoslanganda ham yuz berishi mumkin. Masalan: Ombizning oti yuz km yo`lni ham pisand qilmaydi. Egalikdan foydalanish me’yorlariga zid holda egalik qo`shimchasini tushirish hollari og`zaki nutqda ko`zga tashlanmoqda. Masalan: mehnatkashlar tovushi. Nazorat savollari: 1. Nutq madaniyati nima? 2. Nutq madaniyati fani predmeti nima? 3. Nutq qanday turlarga bo`linadi? Tayanch iboralar. Nutq madaniyati, nutq madaniyati fani predmeti, ichki nutq, tashqi nutq, og`zaki va yozma nutq.



Yüklə 68,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin