2.Haqiqiy ma'nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulodda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi dеb e'tirof etilgan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari, o’qituvchilarning nutqiy madaniyat mahorati, farzandlarimizning madaniy nutq ko’nikmalari va malakalarini oshirish, ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini еtarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarb. Milliy hamiyat, umuminsoniy qadriyat va milliy o’zlik idrokining barqarorligi, milliy ong va tafakkur, milliy g’urur va iftixor, Vatanga tеran 18 muhabbat va istiqlolga adoqsiz sadoqat kabi ma'naviy kamolotning o’zagini tayin etuvchi tushunchalarni ona tilidan ayro holda tasavvur ham etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham alloma ajdodlarimiz tilni ana shu mo’'tabar tushunchalarni inson shuuriga muhrlamoqning eng ta'sirchan vositasi dеb bilganlar. Bu vositadan unumli va o’rinli foydalanmoq uchun, avvalo, insonda til tuyg’usi tarbiyasi tugal bo’lishi, ya'ni ona tilining mohiyatini faqat aql bilangina emas, balki ichki hissiy sеzgi bilan ham idrok etish ustuvorlashishi lozim. Ayni paytda tilday sеhrli dunyoning chеksiz-chеgarasiz ifoda imkoniyatlarini tasavvur etish va nutqda ulardan maqsadga eng muvofiqlarini saralab foydalana bilish malakalarini tarkib toptirish va muntazamlashtirish bеnihoya muhim masaladir. Ona tilini bilish, ona tilida sobitlikning o’ziyoq ta'kidlangan mo’'tabar tushunchalar uchun poydor poydеvor ekanligi tabiiy. Ona tilida go’zal va ravon nutq tuza bilish, bеjirim va bеtakror, rangin va zangin nugkdan huzurlanish va shunday madaniy nutq bilan boshqalarga ta'sir etish, yosh avlod qalbining qulfini ochib, mazkur tushunchalarni ular-ning o’ziniki qildirish, ayniqsa, o’qituvchi uchun birinchi darajali talablardandir.
Tafakkurni o’stirish mazmunidagi ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish matab pedagogik jamoasining umumiy ishining tarkibiy qismi bo`lib, ularning o`tkazilishida maktab rahbariyati, tajribali mutaxassis o`qituvchilar, mahalla kengashlari, ota-onalar qo`mitasi, o`quvchilarning o`z-o`zini boshqarish organlari, shuningdek, jamoat tashkilotlari, xodimlari ham ishtirok etadilar. Ta'lim muassasalarida tafakkur turlarini o’ztirish va tarbiyasini yo`lga qo`yishning quyidagi turlari alohida ahamiyatga egadir: suhbatlar, uchrashuvlar, ertaliklar, haftaliklar, oyliklar, ko`riklar, konferintsiya, bahs-munozara va boshqalar.
Tafakkur turlarini o’stirishda tarbiyaviy tadbirlar umumiy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda o`z o`rni va ahamiyatiga ega. Tafakkurni o’stirish va tarbiyalash qamrovi keng, shu bois, ularni qanday shakl va uslubda o`tkazilishi mutaxassis-o`qituvchining tajribasi, mahorati hamda o`quv muassasi rahbariyati, jamoasining, fan o`qituvchilarining tashabbuslarini qo`llab-quvvatlashi, ularga tashkiliy jihatdan yordam ko`rsatish, shu bilan birga o`quvchilarning istak-hohishlari, qiziqishlari, ehtiyojlari va ijtimoiy faolliklarga bog`liq. Tafakkurni o’stirishga oid tadbirlarni o`tkazish ushbu tarbiyani tashkil etishdagi ko`zlangan asosiy maqsadga xizmat qilmog`i kerak.
XULOSA O`quvchi yoshlarda tafakkut turlarini o’stirishga va shakllantirishga qo`yiladigan hozirgi zamon talablarini amalga oshirish muammolari dinamik xarakterga ega bo`lib, ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan bog`liqdir.
Tafakkur turlarini o’stirish tarbiyaning negizini tashkil etadi. Uning mezoni ahloqiy bilim, ahloq normalari, ahloqiy tafakkur hisoblanadi. O`quvchining tafakkuri mehnatsevarlik, vatanparvarlik va boshqa yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni namayon etadi. Shuning uchun tafakkurni o’stirishning muhim vazifalaridan biri shaxs xususiyatlarini yuqori pog`onaga ko`tarishidir. Shu boisdan tafakkurni o’stirish yetukligiga erishish uzoq davom etadigan va murakkab jarayon bo`lib, u insoniyat qo`lga kiritgan barcha ahloqiy-ma'naviy yutuqlarni o`zlashtirish va shu bilan bir qatorda, muayyan sharoit taqozo etgan muammolarni bartaraf etish jarayonida amalga oshadi.
Tafakkurni o’stirish mazmunidagi ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish matab pedagogik jamoasining umumiy ishining tarkibiy qismi bo`lib, ularning o`tkazilishida maktab rahbariyati, tajribali mutaxassis o`qituvchilar, mahalla kengashlari, ota-onalar qo`mitasi, o`quvchilarning o`z-o`zini boshqarish organlari, shuningdek, jamoat tashkilotlari, xodimlari ham ishtirok etadilar. Ta'lim muassasalarida tafakkur turlarini o’ztirish va tarbiyasini yo`lga qo`yishning quyidagi turlari alohida ahamiyatga egadir: suhbatlar, uchrashuvlar, ertaliklar, haftaliklar, oyliklar, ko`riklar, konferintsiya, bahs-munozara va boshqalar.
Tafakkur turlarini o’stirishda tarbiyaviy tadbirlar umumiy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda o`z o`rni va ahamiyatiga ega. Tafakkurni o’stirish va tarbiyalash qamrovi keng, shu bois, ularni qanday shakl va uslubda o`tkazilishi mutaxassis-o`qituvchining tajribasi, mahorati hamda o`quv muassasi rahbariyati, jamoasining, fan o`qituvchilarining tashabbuslarini qo`llab-quvvatlashi, ularga tashkiliy jihatdan yordam ko`rsatish, shu bilan birga o`quvchilarning istak-hohishlari, qiziqishlari, ehtiyojlari va ijtimoiy faolliklarga bog`liq. Tafakkurni o’stirishga oid tadbirlarni o`tkazish ushbu tarbiyani tashkil etishdagi ko`zlangan asosiy maqsadga xizmat qilmog`i kerak.
Hozirgi vaqtda tafakkurning hamma turlariga ma'lum dastur bo’yicha to’la va keng miqyosda xarakteristika berish uchun etarli ma'lumotlar yaratilmagan.
O’qituvchi qo’zg’aluvchan tipdagi bolada uning o’zini tuta bilmasligiga yo’l qo’ymay, o’zini tuta bilish malakasi tarbiyalay olish lozimligini hisobga olishi kerak. Muntazam ravishda tegishli faoliyatni tashkil etib, muayyan sharoitga qo’yib qo’zg’aluvchan bolani o’zini mustaqil fikrlay olishga o’rgatishi kerak.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Milliy tuyg`u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola o`z ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi o`zida ifodalanadi. O`z xalqiga, uning an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o`z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o`z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas».
Demak, o`z Vatanining jonkuyari bo`lgan haqiqiy insonni kamolga yetkazish uchun biz uzoq asrlik milliy an'analarni o`rganishimiz va milliy hamda umuminsoniy g`oyalarni, qadriyatlarni bugungi avlod ongiga singdirishimiz darkor. Chunki xalq tafakkuri, dunyoqarashi, pedagogikasi, urf-odatlari, rasm-rusumlari, uning boy ma'anaviy merosi-og`zaki ijodida, xususan, ertaklarda epik qahramonning dunyoga kelishi, o`sib ulg`ayishi, turli-tuman sarguzashtlarini bayon qilish jarayonida odob-axloq muammolariga keng o`rin beriladi, inson tarbiyasi, milliy qadriyatlar hamisha diqqat e'tiborda turadi.