Yuqoridagi jadvalda O‘zbekiston Respulikasi bank tizmining daromadligi to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2020-2021yillar oralig‘ida foizli daromadlar mos ravishda 5 283 mlrd. so'm va 6 898 mlrd. so'mni tashil etdi. Foizli xarjatlar esa mos ravishda 3 231 mlrd. so'm va 4 380 mlrd. so'mni tashkil etdi, shunda foizli marja 2 051 mlrd. so'm va 2 518 mlrd .so'mni tashkil etgan. Bu davr oralig'ida foizsiz daromadlar mos ravishda 2 566 mlrd. so'm va 3 665 mlrd.
3. Bank tomonidan xo’jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili. Bugungi kunda «Xalqbank» ATB turli operatsiyalarni amalga oshirishda yetakchi o’rinlarda turadi. Xususan, «XAlqbank» ATBda keng kredit operatsiyalari ko’lamli amalga oshiriladi «Xalqbank» ATB korporativ mijozlarni milliy va xorijiy valyutada kreditlash bo`yicha keng miqyosdagi xizmatlarni taqdim etadi. Kreditlash xizmatlarini taqdim etayotganda, bank balansini likvidliligini va riskning ma'qul darajasini saqlab turish, kredit operasiyalaridan tushgan daromadlarning kerakli darajasini ta'minlash tamoyiliga asoslanadi. «Xalqbank» ATB turli xil muklchilik shakldagi kichik va yirik biznes korxonalariga, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga ham, kreditlar ajratadi. Kreditni taqdim etishning asosiy mezoni, kredit oluvchining kreditni to`lash uchun haqiqiy manbalarning mavjudligi hisoblanadi. Har bir kredit oluvchi shaxsga nisbatan, kredit bitimining tuzilishiga qarab, alohida o`ziga xos yondashuv qo`llaniladi, kredit oluvchilarga kreditlashning optimal shaklini tanlash uchun konsultasiya yordami ko`rsatiladi.
Kreditni taqdim etish uchun muhim shartlar quyidagilar hisoblanadi:
- barqaror moliyaviy holat;
- kredit oluvchining to`lash qobiliyati;
- hisob raqamlariga barqaror kirimlar;
- muvaffaqqiyatli ishlab chiqarish;
- xo`jalik faoliyatining tajribasi.
«Xalqbank» ATB mijozlarga quyidagi muddatlarga kreditlar ajratadi:
- qisqa muddatli kreditlar (1 yildan ko`p bo`lmagan muddatga);
- uzoq muddatli kreditlar (1 yildan ortiq bo`lgan muddatga). Ajratilgan kreditlar garovi sifatida Bank quyidagilarni qabul qiladi:
- ko`chmas mulk garovi;
- bank kafilliklari, kafolatlari;
- sug'urta polisi;
- asbob-uskuna, transport vositalar garovi;
Kerakli hujjatlar:
- kredit arizasi;
- biznes reja, texnik-iqtisodiy asos (mijoz hisob raqamiga kelib tushadigan pul oqimlarini ko'rsatgan holda);
- oxirgi hisobot davriga buxgalteriya balansi (1-shakl);
- debitorlik va kreditorlik qarzdorligi tog'risida ma'lumot (2a-shakl);
- moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-shakl)
- ta'sis hujjatlari;
- kredit ta'minotiga oid hujjat.
Kreditlar foiz stavkalari, kredit mahsulotining turi, kreditlash muddati va kredit valyutasiga qarab belgilanadi.
«Xalqbank» ATB da kredit operatsiyalari hisobi quyidagicha olib boriladi:
Dastlab kredit berish to’g’risida shartnoma imzolanadi va undan so’ng bankda kredit berish majburiyati paydo bo’ladi. Bunda quyidagicha provodka beriladi:
Dt- 91809- banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari;
Kt- 96351- bankning kredit berish majburiyati bo’yicha kontr- hisobvarag’i. Keyingi bosqichda garov hisobga olinadi:
Dt- 94501, 94502, 94503-garov hisobvaraqlari
Kt- 96381- garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab) lar bo’yicha kontr-hisobvaraq
Bunda garov to’liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari hisobga olinsa:
Dt- 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag’i
Kt- 96379- saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo’yicha kontr-hisobvaraq
Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va qarzdorga berilgan pul mablag’lari summasini ifodalaydi:
Dt- 11901-13301/14301-15501 – tegishli qisqa va uzoq muddatli ssuda hisobvaraqlari
Kt- 10301(O'zRMBdagi vakillik hisobvarag’idan olinishi lozim bo'lgan mablag’lar Nostro)-16103 (Bosh ofis/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha olinadigan mablag’lar)/ 10100 - «Kassadagi naqd pul va boshqa to'lov hujjatlari» (kredit naqd pulda berilganda)/ Mijozning tegishli talab qilib olinguncha hisobvarag’i,/ Bank plastik kartasi (BPK) hisobvaraqlari
Mijozlarning kredit qaytarish bo’yicha majburiyat balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi:
Dt- 91901/91905- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari;
Kt- 96345/96349- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari kontr hisobvaraqlari.
Banklar tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt- qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag’i
Kt- 22896 - «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
Tijorat banklari mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish graffigiga asosan berilgan kreditlarni qaytarish operatsiyalarini amalga oshiradi.Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt- 10100, mijozning talab qilib olinguncha hisobvarag’i, Bank plastik kartochkasi (BPK) hisobvarag’i;
Kt-11901-13301/14301-15501- tegishli qisqa va uzoq muddatli kredit hisobvarag’i Agar kredit kafil tomonidan qaytarilsa quyidagicha provodka beriladi:
Dt- Kafolat beruvchining talab qilib olinguncha hisobvarag’i
Kt- 10301 - «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro» (agar mablag’ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan hizmat ko'rsatilsa)
Kt- Ssuda hisobvarag’i
Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytaraolish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar o‘rnatilgan:
• mijoz xarakteri (fe’l-atvori);
• mablag‘ni qarz olish qobiliyati;
• joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish qobiliyati;
• mijoz kapitali;
• kreditning ta’minlanganligi;
• kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar;
• qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, xar bir tijorat banki uni o‘zi mustaqil aniqlaydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffitsientlardan foydalanadilar. Ularga:
• qoplash koeffitsienti;
• likvidlilik koeffitsienti;
• mustaqillik(muxtoriylik) koeffitsienti, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsienti kiradi.
Likvidlilik mijozning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini (qoplanishini) bildiradi. Likvidlilik va qoplash koeffitsientlari qarz oluvchining balans likvidliligini, ya’ni passivdagi majburiyatlarni qoplash uchun aktivdagi pul mablag‘larining etarlilik imkoniyatlarini tasvirlaydi.
Kredit inspektorlari “qarzlar piramidasi” deb ataluvchi holatning paydo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamaydilar. “Piramida” holati bu qarzdor 1 ta bank yoki firmadan olgan qarzini to‘lash uchun boshqa kreditordan qarz olishi tushuniladi.