Toshkent-2023 reja: Xususiy kapitalni tahlil etish maqsadi, mazmuni, vazifalari va axborot manbalari



Yüklə 43,23 Kb.
səhifə1/4
tarix16.10.2023
ölçüsü43,23 Kb.
#156240
  1   2   3   4
xususiy kapital


Mustaqil ish


Mavzu: Xususiy kapital tahlili

Bajardi: ILXKM-80guruhi talabasi


Omonov Jahongir

Toshkent-2023

REJA:
1. Xususiy kapitalni tahlil etish maqsadi, mazmuni, vazifalari va
axborot manbalari
2.Xususiy kapitalning tarkibiy tuzilishi: ustav fondi (ustav kapitali),
qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foyda
3.Xususiy kapital va uning o‘zgarishini tahlili
4.Xususiy kapitalning dinamik tahlili
5.Sof aktivlar tahlili va ulardan foydalanish samaradorligining
tahlili
6.Moliyaviy leveridj ko‘rsatkichlarini tahlili

Iqtisodiyotni liberallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsion rivojlantirish nafaqat iqtisodiy jihatdan‚ balki moliyaviy jihatdan ham mustahkam tayanchni talab etadi. Shu sababli‚ xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy salohiyatini baholashda o‘z mablag‘larining qiymatiga, ularning jami kapital tarkibidagi salmog‘iga, majburiyatlarga nisbati chegaralariga muhim ahamiyat qaratiladi.


Xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Xususiy kapital tushunchalariga ta’riflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos”da hamda “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da keltirilgan.
Xususiy kapital (sarmoya) – subyektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir. Subyekt majburiyatlari – subyekt (qarzdorning) boshqa subyekt (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir.
Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
Demak yuqoridagi ta’rif va tasniflashdan quyidagi bog‘lanishni berib o‘tish mumkin:


Yüklə 43,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin