Xarajat – bu pul vositasini ishlab chiqarish (bank) va noishlab chiqarish (nobank) faoliyatlariga ishlatish (xarajat qilish) tushuniladi.
Odatda, bank xarajatlarini quyidagicha tasniflanadi:
Operatsion xarajatlar:
foizli xarajatlar
komission xarajatlar
moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar
boshqa operatsion xarajatlar.
Bank faoliyatini funksionallashtirishni ta’minlashi bo‘yicha xara- jatlar.
Boshqa xarajatlar
Bank operatsiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar operatsion xarajatlar deyiladi. Ularni to‘g‘ri yoki o‘zgaruvchan xarajatlar deyish mum- kin. Chunki, xarajatning kattaligi bank amalga oshirgan operatsiya hajmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Bank majburiyatlari strukturasida bu mablag‘lar ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, foizli xarajatlar shuncha kam bo‘ladi va natijada bank foydasi ko‘payadi.
Bevosita aniq bank operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar: oborotdan har xil soliqlar (Masalan: chet el valyutasini sotib olishga soliqlar), mijozlar to‘lovlari bo‘yicha pochta va telegraf xarajatlar va boshqalar. Bu xarajatlari boshqa operatsion xarajatlar deyishadi.
Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Personalga xarajatlar (ish haqi, premiya, moddiy yordam, xodimlarga har xil imtiyozlar berish, komandirovka xarajatlari, personalni izlash va o‘qitish bo‘yicha xarajatlar, mehnatni muhofazalash xarajatlari va boshqalar);
Bino va inshootlarga xarajatlar (ijara, amortizatsiya, binolar remonti va ekspluatatsiyasi, kommunal to‘lovlar, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, binoni qo‘riqlashga xarajatlar va boshqalar);
Ish joyini asbob-anjomlar bilan ta’minlashga xarajatlar (sotib olish, remont, bank uskunalarini xizmati va asranganligi: kompyuter, mebel, qo‘riq signalizatsiya, seyf, hisob mashinalari, valyuta detektorlari va boshqalar);
Reklamaga xarajatlar;
Bank faoliyatini informatsion ta’minlashga xarajatlar (vaqti-vaqti bi- lan bo‘lib turadigan nashrlar, maxsus adabiyotlarni sotib olish va yozilish, informatsion mahsulotlar va tashqi agentlar xizmatiga to‘lovlar, marketing izlanishlariga xarajatlar);
Aloqa va telekommunikatsiyaga xarajatlar (aloqa kanallarini o‘tkazish va ijarasi, telefon va Internet xizmatiga to‘lovlar va boshqalar);
Transport xarajatlari;
Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha boshqa xarajatlar (auditorlik tek- shiruvlariga xarajatlar, aksionerlar yig‘ilishini tashkil etishga, notarial va yu- ridik xizmatlarga to‘lovlar).
Bank O‘zbekiston Respublikasi Pensiya fondiga, O‘zbekiston Respub- likasi Aholini ish bilan ta’minlash davlat fondiga, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy sug‘urta fondiga qonunlarga muvofiq o‘tkaziladigan majburiy ajrat- malar, jumladan, bank to‘lovlarini amalga oshiradilar. Bank nodavlat pen- siya fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa tur- lari uchun o‘tkazgan ajratmalari, qonunlarga muvofiq bank mulkini va bank xodimlarini davlat sug‘urtasidan o‘tkazish bo‘yicha to‘lovlar ham bankning foizsiz xarajatlariga kiradi.
7.Tijorat banklarining yangi xizmat turlari va uning qo’llanilish amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ayni shu tizimdagi ko’rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish. Respublikamizda soʻnggi yillarda bank tizimini rivojlantirish, ayniqsa, sohaga zamonaviy IT-texnologiyalarni keng joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish qaratilgan konstruktiv choralar koʻrilmoqda. Bu boradagi jarayonlar joriy yildan boshlab yana-da tezlashtirildi. Bu bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼkidlab oʻtganidek, "Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qoʻllash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy taʼminotlar boʻyicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolmoqda. 2020-yildan boshlab har bir bankda keng koʻlamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida eʼtiborimiz markazida boʻladi".
Xususan, oʻtayotgan yilda bank tizimida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Oʻz navbatida banklarning xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi yoʻlida, masalan, Milliy bank va Ipoteka bank oʻz yevrobondlarini chiqarish ustida ish olib bormoqda. Zero, davlatimiz rahbari aytib oʻtganidek, “Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga oʻrgatishdan iborat”. Bu yoʻlda banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ularning dasturiy taʼminotini tubdan yangilash, “kredit tarixi” axborot tizimini toʻliq ishga tushirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, izchil amalga oshirilyapti. Ayniqsa, bugungi pandemiya sharoitida banklarning masofaviy xizmat koʻrsatish sifati va tezkorligi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etyapti. Quvonarlisi, koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida yurtimizda pensiya taʼminotini masofadan turib amalga oshirish jarayonlarini amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xususan, bu borada pensionerlarga plastik kartochkalar ochib berish boʻyicha sezilarli ishlar olib borilyapti.
Mobayl banking –– bu jismoniy shaxslar uchun masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi - bu, mobil telefon yoki internet orqali istalgan joydan o‘z hisob raqamini boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi tizimdir.
Tizim quyidagi imkoniyatlarga ega:
Uyali aloqa operatorlari va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
Internet provayderlar va raqamli televideniyelar xizmatlari uchun to‘lovlar;
Kommunal to‘lovlarini (elektr energiya) amalga oshirish;
Iste’mol tovarlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bir marotabalik to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa to‘lovlar;
Iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
Hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish;
Omonat qoldiqlari va unga hisoblanayotgan foizlar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
Onlayn Smart Visa plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlar olish;
Byudjetga to'lovlar;
Mablag'ni kartadan kartaga kontaktsiz o'tkazish;
Onlayn konversiya;
Onlayn omonat rasmiylashtirish;
Visa hamda Union Pay kartalarini bog'lash va hisobraqamlar holatini ko‘rish;
YHXDB jarimalarini to'lash;
FXDYo xizmatlari uchun to'lovlar;
Notarius xizmatlari uchun to'lovlar.
Garant – bank depozit yacheykasidan foydalangan holda ko'char va ko'chmas mulk bilan bog'liq xaridor va sotuvchi o'rtasida ishonchli hisob-kitob xizmati.
Depozit yacheykar joylashgan xona eng zamonaviy xavfsizlik va yong'indan himoya qilish tizimlari bilan jihozlangan va bank xavfsizligi xizmati tomonidan doimo nazorat qilinadi, bu esa deposit yacheykalarda qimmat baho narsalarni yoki hujjatlarni maksimal xavfsizligini ta'minlaydi.
Garant xizmati uchun kamida 1 oyga shantnoma tuziladi, chunki bu ko'chmas mulk bilan bog'liq oldi-sotdi amaliyotlar uchun eng qulay vaqt hisoblanadi.
Bank mijozlarga hisob-kassa xizmati ko’rsatish sohasida faol ish olib borib, mijozlar bazasining kengayishiga, Bankda hisob raqamiga ega bo’lgan korxonalar va kompaniyalarga bank mahsulotlarining keng va sifatli ro’yxatini taklif etishga jiddiy e’tibor beradi.
«Xalqbank» AТB yuridik shaxslarga ham, shuningdek shaxsiy tadbirkorlarga so’mlarda va xorijiy valyutada hisob-kitob kassa xizmatlarini ko’rsatadi.
Hisob-kassa xizmati ko’rsati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:
So’mda va xorijiy valyutada hisob raqamlarini ochish va ularni yuritish;
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Xalqaro to’lovlarni amalga oshirish;
Naqd pul mablag’lari bilan operatsiyalar o’tkazish;
«Internet Banking» va «SMS banking» tizimi orqali hisobni boshqarish imkoniyati;
Boshqa xizmatlar.
Yuridik shaxslar uchun ish haqi loyihasi xizmati:
Tashkilot uchun:
Naqd pul aylanishi kamayishi sababli kassa amaliyotlari keskin kamayadi;
Ta’til davrida yoki xizmat safarida bo’lishidan qat’iy nazar ish haqi barcha xodimlarga o’z vaqtida va bir hil o’tkazib berilishi;
Inkassatsiya harajatlaring kamayishi;
Buxgalteriya hisobining soddalashishi;
Ish haqini olish bilan bog’liq bo’lgan vaqtning tejalishi;
To’lov hujjatlarining xavfsizligi, nazorati hamda ish haqini berish va hisob kitob qilish maxfiyligi oshadi.
Xodim uchun:
Ish haqini o’z vaqtida olish;
Tovar va xizmatlarni naqd pulsiz sotib olish imkoniyati;
Pul mablag’larining xavfsizligi va maxfiyligi;
SMS-habarnoma xizmati orqali to’lov va amaliyotlarni nazorat qilish.
Ish haqi loyihasi bo'yicha plastik kartochkalarni rasmiylashtirish:
Aloqa xati;
Ishchi – xodimlarning tasdiqlangan ro’yxati;
Ishchi xizmatchilarining har biridan karta hisob raqami ochish bo'yicha ariza va har biridan bank plastik kartochkasidan foydalanish bo'yicha shartnoma hamda ularning pasport nusxalari;
Bank bilan ish haqi loyihasini amalga oshiruvchi tashkilot bilan ushbu loyiha shartlari bo'yicha shartnoma.
Ish haqi loyixasi bo'yicha plastik kartochkalar uchun bank xizmat haqi:
Plastik kartochkani emissiya qilish – bepul;
Ish haqini plastik kartaga o'tkazish (byudjet tashkilotlari, nafaqa va stipendiya pullaridan tashqari) - shartnomaga asosan.
Xulosa Ushbu ishlab chiqarish amaliyotini “Xalqbank” ATB Ishtixon tuman filialida o‘tar ekanman, bankning xizmatlariga jismoniy va yuridik shaxlarning talablari katta. Mazkur mijozlar aholining nisbatan daromadi yuqoriroq qismi hisoblanadi. Fikrimcha, aynan bu omil bankdagi mablag‘lar aylanuvchanligini, likvidlilikni, qolaversa, bankning samaradorlik ko‘rsatkichlariga o‘zining sezilarli ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Sababi, daromadi yuqori aholini bank to‘lovga qobilligini ijobiy baholaydi va natijada bank bilan mijoz o‘rtasida mustahkam ishonch yuzaga keladi. Shunda, bankning kredit qo‘mitasi tomonidan bankka murojaat qilgan ko‘plab mijozlarning murojaati ro‘yobga chiqadi. Qisqacha aytganda, bank mahsulotlariga bo‘lgan talab ham, bank mahsulotlarining taklifi ham bir tekisda oshadi. Bu esa bankda barqarorlikni va raqoatbardoshlikni ta’minlaydi. Banklarda buxgalteriya hisobi kursini nazariy jihatdan o‘zlashtirgandan so‘ng, ushbu bilimlarni “Xalqbank” ATB Ishtixon tuman filiali misolida amalda guvohi bo‘ldim. Bankda bo‘limlar turli xil va ular barchasi birgalikda bitta maqsadni ko‘zlashadi, u ham bo‘lsa – foyda olish. Shunday ekan, bajargan ishlar va amalga oshirilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi yuritilmas ekan, har xil mavhumliklar va tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bankda har bir xodim ma’lum bir hujjatni rasmiylashtirayotganda mas’uliyat bilan yondoshishi hamda amaldagi me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan ravishda bajarishi lozim hisoblanadi, boisi bunda nafaqat bank manfaati, balki mijozning ham manfaati mavjud ekanligini unutmaslik joiz. Bankdagi har bir operatsiyalarni bajarganda ularni ro‘yxatga olinishi hamda buxgalteriya hisobining yuritilishi va operatsiyalar tugaganidan so‘ng ular bilan bog‘liq tegishli hujjatlarning arxivda saqlanishini guvohi bo‘ldik.
“Xalqbank” ATB Moody's xalqaro reyting agentligi “Xalqbank” ATBning yangilangan reytinglarini tasdiqladi. Shunday qilib, bank depozitlari reytingi “B2” darajasida, bazaviy kredit reytingi ham “B2” darajasida baholanmoqda. Reytinglar o’zgarish prognozi - "Barqaror". Ushbu reyting ko’rsatgichlari bankning barqaror moliyaviy natijalarini aks ettiradi va O’zbekistonning o’rtacha bank sektoridan ko’ra yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Ular xususan, aktivlarning yuqori sifatini, rentabelligini hamda barqaror moliyalashtirish va likvidlik profilini o’z ichiga oladi
Xulosa qilib aytganda, bankda buxgalteriya apparati muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu apparat qanchalik bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda va tizimlilikda olib borilsa, bank shunchalik aniq va ishonchli faoliyat yurita oladi. Buxgalteriya apparati tarkibiga yetuk, malakali, o‘z ishini sevadigan va o‘z ustida uzliksiz ishlaydigan talabalarning yetishib chiqishi har bir bankning samarali faoliyat yuritishiga olib keladi hamda jahon bozorida raqobatbardosh banklar sifatida yetishib chiqishga nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay oladigan va mustaqil innovatsion fikrlay oladigan kadrlar orqali erishish mumkin.