Bitiruv malakaviy ish “Quloqlashtirish” va “quloqlar taqdiri” masalasining arxiv hujjatlarida yoritilishi



Yüklə 471,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix07.01.2024
ölçüsü471,68 Kb.
#203686
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари Чоризм ва совет мустамлакачилиги даврида Ўзбекистон миллий 
бойликларининг ўзлаштирилиши. Тошкент «Шарқ» 2001.


49 
X U L O S A VA T A V S I YA L A R
Sovet arxivshunosligining manbaviy asoslari, tadqiqot uslublari, real 
voqelik – haqiqatni aks ettira olish imkoni, haqqoniylik va xolislik darajasini aniq 
nashrlar, manbalar misolida va ijtimoiy-siyosiy muhit bilan uzviy bog‗liqlikdagi 
tahlilidan ma‘lum bo‗lishicha, mustabid tuzum davrida tarix fanida olib borilgan
tadqiqotlar, jumladan jamoalashtirish voqealari tadqiqi butunlay hukmron mafkura 
nazorati va tazyiqi ostida olib borilgan. Sinfiy kurash g‗oyalari bilan qurollangan 
bu mafkura jamiyat hayotining barcha sohalari – iqtisodiy, siyosiy, g‗oyaviy, 
ijtimoiy va ma‘naviy sohalarga sinfiy ziddiyatlar nuqtai-nazaridan yondoshib, 
sinfiy manfaatlar asosida baholangan va umuminsoniy, umumxalq va umummilliy 
manfaatlarni chetga surib qo‗ygan. Garchi bu mafkura g‗oyalari mehnatkashlar 
sinfiy manfaatlarini himoya qilish haqidagi balandparvoz va‘dalar bilan bezalgan 
bo‗lsa-da, amalda eng avvalo shu mehnatkashlar, dehqonlar ko‗proq jabr ko‗rgan. 
Real voqelikdan uzoq bo‗lgan bu mafkura hayot haqiqatini tan olmay, unga 
hamisha qarshi bo‗lgan, bu haqiqatni haqqoniy yoritish u yoqda tursin, tan olishni 
ham istamagan. Ana shunday haqiqatlardan biri sovetlarning O‗zbekistonda 
amalga oshirgan qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish siyosatining qishloq 
aholisi – dehqonlar manfaatiga tamoman zidligi bo‗lib, xalqning ommaviy 
noroziligiga sabab bo‗lgan ushbu zo‗ravonlarcha siyosat va amaliyot hukmron 
mafkuraning real hayotga zidligi, mehnatkashlar manfaatiga xizmat qila 
olmaganini namoyon etar edi. Biroq zo‗rlik va kuch bilan hokimiyat tepasiga 
chiqib olgan kommunistlar partiyasi xalqqa o‗z ta‘limotini ham zo‗rlik va kuch 
bilan singdirishga kirishdi va arxivshunoslikda ham bu mafkurani majburan joriy 
etish yo‗lidan bordi. O‗sha mustabid tuzumda yashagan tadqiqotchilar hukmron 
mafkura ko‗rsatmalari va manfaatlari yo‗lida harakat qilishga majbur edilar. 
Ularning real voqelikni xolis aks ettirish va shaxsiy fikr-mulohazalarini bayon
qilishga imkoniyatlari yo‗q edi. Bunday intilishlarni hukmron kommunistik 
mafkura man qilgan edi. 
Chunki, 
qishloq 
xo‗jaligini 
yoppasiga 
jamoalashtirish 
jarayonlarininghaqqoniy talqini mafkura manfaatlariga javob bermas, aksincha, 


50 
uning hayotiy emas, hayoliy ekanligini, Turkiston xalqlarini ozodligi, erkidan 
mahrum etib. Jilovlash uchun bahona bo‗lganini fosh etar edi. SHu sababli ham bu
jarayonlarni buzib talqin etish, soxtalashtirish, hukmron mafkura manfaatlariga 
moslashtirish harakatlari aynan jamoalashtirish siyosati boshlangan davrlardanoq 
boshlangan edi. Bu harakatning dastlabki namoyondalari va targ‗ibotchilar iham 
albatta o‗sha mustabid tuzum va komfirqa arboblari bo‗lgan edi. Ularning nutq va 
ma‘ruzalarida ushbu soxta nazariyalar, mafkuraviy g‗oyalar tarixchilar uchun 
konsepsiya va metodologik asos vazifasini bajardi. Natijada 1930-1940 yillarda 
qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish masalasida ham real voqelikni buzib 
ko‗rsatuvchi, hukmron mafkura va davlat manffaatlariga moslashtirilgan, 
sinfiylashtirilgan, aniqrog‗i soxtalashtirilgan talqinlar yaratildi. 1930-50-yillarda 
bolshevikcha konsepsiya, 1950-60 yillardan markscha-lenincha konsepsiya 
(qarashlar tizimi, ta‘limot) sifatida ta‘riflangan bunday soxta talqin nafaqat agrar 
tarix faniga, balki butun arxivshunoslikka, qolaversa, adabiyotga, san‘atga, jamiyat 
ongiga ham zo‗rlik bilan singdirildi. 
Zo‗rlik bilan qaror toptirilgan bu bir yoqlama, cheklangan soxta talqinning 
manbaviy asoslari ham atayin soxtalashtirildi, haqqoniy dalillardan, faktlardan 
chetlab o‗tildi, sovetlarning zo‗ravonliklarini fosh etuvchi, asl haqiqatga xizmat 
qiluvchi faktik ma‘lumotlar, xujjatlar xalq e‘tiboridan yashirib kelindi. Bu 
cheklangan, sinfiy qolipdagi talqinlarni yaratishga xizmat qilgan tadqiqot uslublari 
ham ilmiy yondoshishga, real fikrlashga emas, partiya va uning sinfiy kurash 
g‗oyalariga, ya‘ni partiyaviylik va sinfiylikka asoslangan edi. Bu masalada sovet
davri agrar tarixchilari «quloq» qilish amaliyotini ustalik bilan soxtalashtirishga, 
uni «qishloqdagi sinfiy kurash» darajasiga ko‗tarib yoritishga urindilar. 
Muammoga shu asosda yondoshish pirovardida tarixiy haqiqatni mutlaqo 
soxtalashtirishga, uning real ahvolga zid hukmron g‗oyalar manfaatiga mos 
talqinini yaratishga olib keldi. 
Sovet arxivshunosligining sinfiy kurash ta‘limotiga asoslangan tad qiqot 
usullar nafaqat qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish siyosati tarixini, balki undan 
avvalroqo‗tkazilgan agrar islohotlar davridagi tarixiy voqealar va jarayonlarni ham


51 
xolisona vahaqqoniy talqin etish imkonini bermadi. Buning birinchi sababi sovet
arxivshunosligining sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkura aqidalariga 
asoslangani bilan izohlansa, ikkinchi sababi hukmron davlat halqni o‗zligidan, 
tarixiy xotirasidan, haqqoniy tarixidan mahrum etish va o‗zg‗oyalariga
ishontirish, hukmron davlat manfaatlariga, hohish-irodasiga bo‗ysunuvchi, 
itoatkor, kommunizm mutaassiblariga aylantirish maqsadini ko‗zlagani bilan 
izohlanadi. 
Sovet davri o‗zbek agrar tarixnavisligining birgina muhim jihati shundaki, 
bu davrda agrar islohotlar va o‗zgartirishlar jarayonini o‗rganish va tahlil qilish 
ilmiylik darajasiga, fan darajasiga ko‗tarildi. Bu davrda o‗zbek agrar tarixchilari 
jamoalashtirish va quloqqilish masalasini o‗rganishga doir keng miqyosdagi faktik 
ma‘lumotlarni statistik raqamlarni jamlashda, ushbu muammoni turli 
yo‗nalishlarda tahlil qilish, nazariyasini yaratdilar. Ushbu asarlar, shuningdek, bu 
muammonihaqqoniy o‗rganishda masalaga tanqidiy yondoshish, tahlil va 
xulosalarni o‗zaro taqqoslash jihatidan ham muhim hisoblanadi. 
1991 yilda, ya‘ni sobiq mustabid sovet davlati tarkibidan ajralib chiqqan 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
davlat 
mustaqilligi 
qo‗lga 
kiritilib, 
mustamlakachilik mafkuraviy qullik, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy qaramlikka 
barham berilgach, vatanimizda qonuniy asosda qaror topgan hurfikrlilik va 
oshkoralik sharoitida rivojlana boshlagan tarix fanida tub o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. 
O‗zining avvalgi majburiy yuki,g‗arazli siyosatga, kommunistik mafkuraga, 
hukmron mustabid davlat manfaatiga xizmat qilish vazifasidan soqit bo‗lgan tarix 
fani zimmasiga haqqoniy, xolisona tarixni yaratish, jamiyat, xalq, millatning 
ma‘naviy yuksalishiga xizmat qilish ma‘suliyati yuklandi. Respublika Vazirlar 
Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilgan «O‗zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‗g‗risida»gi qarori bilan 
bu ma‘suliyatli vazifalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyat, zarur shart-
sharoitlar yaratildi, aniqharakat dasturi belgilab berildi. Bunga qadar ham 
respublikamizda mustaqillikdan keyingi yillardanoq agrar tarixnihaqqoniy va 


52 
xolisona talqin etish borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar yanada jonlanib, 
izchil va maqsadli yo‗nalishga solindi. 
Mustaqillik yilldarida barcha tarixiy manbalardan erkin foydalanish imkoni 
yaratilishi bilan tariximizning soxtalashtirilgan, buzib ko‗rsatilgan yoki atayin 
unutilgan sahiffalarini qaytadan, haqqoniy asosda tiklash maqsadida boshlab 
yuborilgan izlanishlar o‗z samarasini bermoqda. Bu holat qishloq xo‗jaligini 
jamoalashtirish tarixiga ham bevosita aloqadordir. 
90-yillar davomida O‗zbekistonda sovetlar zo‗rlik bilan amalga oshirgan 
jamoalashtirish va u asosdagi quloqlashtirish siyosati va amaliyoti jarayonlarining 
turli qirralari, alohida masalalari o‗zininghaqqoniy va xolisona talqinini oldi. Eng 
muhimi, ilmiy jamoatchilikning alohida diqqat-e‘tiborida bo‗lib kelayotgan 
tariximizning ushbu sahifalarining asl mohiyati, sabablari va maqsadi, oqibatlari 
o‗zining haqqoniy bahosini oldi. 
Yuqorida kelingan xulosalardan biz quyidagicha tavsiyalarni ishlab chiqdik:
1.
―Quloqlashtirish‖ mavzusi bo‗yicha alohida dars ishlanmasi yaratilib, 
o‗quv jarayoniga kiritilishi kerak. 
2.
―Quloqlar taqdiri‖ bo‗yicha arxiv materiallarining alohida bibliografiyasi 
yaratilsa, maqsadga muvofiq bo‗lardi. 
3.
Quloqlashtirish masalasini alohida Buxoro viloyati misolida tadqiqot olib 
borilishi imkoniyati mavjud. 

Yüklə 471,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin