Talaba bilishi kerak: o‘quvchilar jamoasi, jamoa ichida ishni tashkil qilish,
o‘qituvchining pedagogik muloqat uslublari, sinf rahbarining ish uslublari, ota-
onalar bilan hamkorlik uslublarini.
Talaba amalga oshirish kerak: mavzuni mustaqil o‘rganadi, muammoning
mohiyatini aniq tushunib oladi, uning kasbiy, ijtimoiy, ma’naviy ahamiyatlilik
jihatlarini belgilab oladi, o‘z shaxsiy tanqidiy fikrlarga ega bo‘lib, mantiqiy
xulosalar qilishi, ilmiy-nazariy hamda amaliy manbalar ustida mustaqil ishlashi va
natijalarini umumlashtirishi lozim.
Talaba ega bo‘lmog‘i kerak: muloqatchanlik, hamkorlikda ijodiy ishlash,
mustaqil tadqiqot vazifalarni bajarish, hisobat, prezentasiyalarni tayyorlash
ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i kerak.
Turi va manbalaridan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:
Keys ta’lim-tarbiya beruvchi keys turiga kiradi, keysning asosiy manbasi
pedagoglarning ish tajribasi davomida yuz bergan muammolar. Keysning asosiy
ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgan. Bu syujetli, prognostik, ko‘p sub’ektli keys bo‘lib,
muammoli vaziyat asosida tuzilgan. Keys jamoa orqali munozarani tashkil qilishga
mo‘ljalangan bo‘lib, didaktik maqsadlarga ko‘ra mavzu bo‘yicha talabalarning
bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash, ularni amaliy faoliyatga
yo‘naltirishni nazarda tutadi.