XULOSA
Mehnat talimi fanlarni o’qitishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quv
samaradorligini oshiradi, talabalarning bilim ko‘nikmalarini yanada rivojlantiradi.
III-bobda mehnat talimi fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasining
ahamiyati ochib berilgan, bobning birinchi rejasida o‘quv jarayonida innovatsion
texnologiyalarning qo‘llashning ahamiyati, sabablari keltirilgan. Shuningdek
birinchi reja asosida mehnat talimi fanlar tarkibiga kiruvchi fanlar: pedagogika,
tarbiyaviy ishlar metodikasi, kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya
nazariyasi va metodikasi, yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi
fanlari, o‘quv reja, o‘quv dastur, ishi dastur talablari asosida o‘rganilgan, ular
uchun ajratilgan soatlar ko‘rsatib o‘tilgan fanlarni o‘qitishda dastur talablariga
binoan talabalar bilishi va egalashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar tahlil
qilingan.
III-bobning ikkinchi rejasida tajriba –sinov ishlari keltirilgan. Mehnat
talimi fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha guruhlarga
ajratildi.
Tajriba - sinov ishlarida pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘llaniluvchi usul
va uslublar kuzatildi, tahlil qilindi. O‘quv guruhlarida dars o‘tish jarayonida
yuzaga keluvchi muammolar o‘rganilgan Mehnat talimi va fanlarni o‘qitishda
keys-stadi texnologiyasini qo‘llagan holda amaliy mashg’ulotlar tashkil qilindi.
2
Tajriba sinov natijalariga ko‘ra keys-stadi texnologiyasi qo‘llagan holda
o‘tkazilgan amaliy mashg’ulotlar dars samaradorligini oshirgan va talabalarda
kasbiy faoliyatga nisbatan ko‘nikmalar rivojlangan.Ta’lim tizimida o‘quv
samaradorligini oshirish, bilim oluvchilarni har tomonlama yetuk shaxs sifatida
tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Aynan pedagogik texnologiyalar tarkibiga
kiruvchi keys-stadi bugungi ta’lim tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil qilib uni
jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish davom etmoqda. Shu kungacha
ta’lim tizimida ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan
ta’minlash, unga oid o‘quv adabiyotlarni tayyorlash va amaliyotga tadbiq qilish
asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bitiruv malakavi ishi mavzusi yuqoridagi talablar asosida shakllantirildi.
kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash
orqali talabalarni bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirish ishining asosiy maqsadi qilib
olindi. Tezkor axborotlar almashuvi zamonasida yashayotgan har inson, amaliy,
kasbiy faoliyatida bir muncha muammoli vaziyatlarga duch keladi, shunday paytda
oldindan yechimi izlab topilgan vaziyatlardagi muqobil yechimlar qo‘l keladi.
fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishdan maqsad
o‘quvchilarning bilimlarini ongli, faol va yuqori o‘zlashlashtirilishlarga erish va
Umum talim maktablarida ularni mustaqil ilmiy-ijodiy izlanuvchanlik faoliyatga
tayyorlash, kasbkor ko‘nikmalarini shakllantirish, ularda ijtimoiy-siyosiy onglilik,
vatanparvarlik, ma’suliyatlilik sifatlarini tarbiyalashdan iborat.
Keys-stadi texnologiyasi asosida o‘qituvchi faoliyati tashkil qilish davomida
o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘quv materialini shunchaki yetkazish bilan cheklanib
qolmasdan, ularni birga fikrlashga, mushohada qilishga undaydi, faollashtiradi,
o‘quv-bilish faoliyatlarini maqsadli tashkil qiladi. Nazariy ma’lumotlarning real
jarayonlarga qay darajada to‘g’ri kelishini isbotlash maqsadida o‘quvchilar
hamkorlikda faol izlanishlar olib boradilar, muammo yechimining turli
2
variantlarini ishlab chiqadilar va eng maqbul usul va vositalarni tanlaydilar,
natijalarni amaliy tadbiq qilishni o‘rganadilar.
Keyslarda keltirilgan vaziyatlarni tahlil qilish davomida o‘quvchilar birgalikda
faol izlanadilar, vaziyatning yechimini qidiradilar, masalani hal qilishning turli
variantlarini ilgari suradilar, tahlil qiladilar va eng maqbul variantlarini ilgari
suradilar, tahlil qiladilar. Ularda shaxsiy tanqidiy munosabatlar tarkib topadi,
mulohazalari asosliligini isbotlash uchun muayyan izlanishlar olib boradilar, bir
qator ilmiy konsepsiyalar orasidan eng maqbulini tanlaydilar, qo‘lga kiritilgan
natijalarni taqqoslaydilar, fikrlarni umumlashtirib, aniq xulosalarga kelinadi va
faoliyat samarasini ta’minlashga xizmat qiladigan qarorlarni taxmin qilinadi va
imkoniyat darajasida amalda qo‘llab ko‘riladi.
Bu jarayonda o‘quvchi bo‘lg’usi mutaxassis sifatida jarayoni keng tahlil
qiladi, o‘quv axborotida keltirilgan ma’lumotlarga nisbatan ma’lum nuqtai-nazarni
shakllantiradi, aniq dalilar asosida bahs-munozara yuritadi, dalillarning asosli yoki
asosli emasligini haqida o‘ylab ko‘radi, o‘z faoliyatini iodiy tashkil qilishni
o‘rganadi. Axborotlarni chuqur va keng qamrovli tahli qilish asosida o‘quvchining
ilmiy tafakkuri rivojlanadi, mantiqiy izchilikda fikr yuritishni qobiliyatlari
rivojlantiriladi.
Birinchi o‘rinda o‘quvchi muammo texnologiyasi, uning boshqa ta’lim
texnologiyalaridan farqi, ta’limiy vazifalari, o‘quv didaktik masalalarini hal
qilishdagi hamda bo‘lg’usi mutaxassisning kasbiy yuksalishidagi o‘rni kabi
savollarga javob topishi kerak.
.
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor, Prezidentimiz
tomonidan ko‘rsatilayotgan g’amxo‘rlik, yoshlar bilim olishlari uchun yaratilgan
sharoitlar maqtasa arzigulikdir. Aynan bu jarayonda dars sifatini, yoshlar bilimini
oshirish, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash, har qanday muammoning
yechimini izlab topa oladigan avlodni tarbiyalash ta’lim oldida turgan asosiy
2
vazifalardan
biridir.
Aynan
shu
maqsadlarni
bajarishda
keys-stadi
texnologiyasining ahamiyati, o‘rni kattadir.
Keys-stadi texnologiyasi dars jarayonini, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga
yangicha ruh bag’ishlovchi ta’lim texnologiyalardandir. O‘quv jarayonida
qo‘llaniluvchi barcha texnologiyalar kabi keys –stadi texnologiyasi ham o‘ziga xos
ta’limiy imkoniyatlariga ega. Shuningdek keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda
o‘qituvchining o‘rni va ahamiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiya
ishining II bobida yuqorida muhim vazifalar keng ochib berilgan.
Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda ta’lim maqsadlarni to‘g‘ri qo‘ya olish
ustuvor masalardan biridir. Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilishda yuqorida
keltirilgan o‘n birta bosqich asosiy o‘rini egalaydi.
Asosan
texnologiyani
tashkil
qilishda
vaziyatlarni
to‘g’ri
qo‘yish,
muammoning sabab –oqibatlarini to‘liq ochib berish lozim. Keysni to‘g’ri tanlay
olish, talabalarning qiziqishi va ularning tayyorgarligini e’tiborga olish, vaziyatni
tahlil qilish usullari bilan tanishtirish muhimdir.
II-bobning birinchi rejasida texnologiyani tashkil qilishda “Aqliy xujum”,
“Munozara” metodlarining ahamiyati zarurligi ochib berilgan. Shuningdek
vaziyatni tahlil qilish turlari, bosqichlari, tahlil qilishda nimalarga e’tibor berish
zarurligi va talabalarga eslatlarmalar keltirib o‘tilgan.
II-bobning, ikkinchi rejasida texnologiyani qo‘llashda o‘qituvchining
ahamiyati, jarayonni tashkil qilishda uning vazifalari, talabalarni bahollash
jarayoni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda o‘qituvchi vazifasi uning jarayoni
odilona to‘g’ri boshqara bilishi bilan baholanadi. Ya’ni o‘qituvchi jarayoni tashkil
qilishi, mavzuga xos va mos vaziyatni tuza olishi va talabalar faoliyati boshqara
olishi lozim.
Keys-stadi texnologiyasida bahollash jarayonida barcha baholash
tizimlaridan foydalanish mumkin. Bahollash jarayoniga talabalarning jamoa bilan
2
birlasha olishi, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, vaziyatga mos yechimlarni
topishlari alohida e’tiborga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |