Xulosa va takliflarning qisqa umumlashtirilgan ifodasi: Mehnat ta’lim fanlarni
o’qitishda keys-stadi texnologiyasini qo’llash orqali dars samaradorligini oshirish
mumkin.
Kirish
“Eng yangi zamonaviy o‘quv vositalari bilan ta’minlaydigan ta’lim
muassalarida eskidan qolgan o‘qitish usullarining davom etishiga mutlaqo
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.” I.A. Karimov.
Мavzuning
dolzarbligi.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Ta’lim
to‘g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni
tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo‘nalishlarini belgilab berdi. “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari
ko‘rsatilib berildi. “Unda uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs
shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun
zarur shart-sharoitlar yaratadi”, deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, dasturda: “Ta’lim
berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy
majmualarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash”
ta’lim mazmuning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi. [1,20 b]
“Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon
bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono
tajribasi yuksak darajada anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi ”. [7, 78 b]
Prezidentimiz I.A. Karimovning ushbu ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish
uchun ta’limning yangi-yangi modellari yaratilmoqdaki, uning nazariy asoslari
yetakchi mutaxassis-olimlar tomonidan ilmiy-amaliy tarzda isbotlab berilmoqda.
Ushbu
ilmiy-
amaliy isbotlash, o‘quv jarayonlarini yuksak darajada
2
texnologiyalashtirishtirish bilan chambarchas bog’langandir. Fikrimizning dalili
sifatida muhtaram Prezidentimizning 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagogik
kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday
kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar
to‘g’risida”gi Qarorini keltirishimiz mumkin.[2, 34 b]
Ushbu Qarorda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta
maxsus ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi zudlik bilan
ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik uslub va texnologiyalarni, hamkorlikda o‘qitish,
shuningdek, “amaliy o‘yin”lar, interfaol ta’lim uslublari, axborot-kommunikasiya
texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va mul’timedia taqdimotlaridan
foydalanish borasida chet-el tajribasini chuqur va har tomonlama o‘rganib
chiqishligi ko‘rsatilgan. [34,36 b]
Bizga yaxshi ma’lumki, Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga
ko‘ra kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarlar uchun yuqori malakali oliy
ma’lumotli o‘qituvchi mutaxassislar tayyorlashning o‘ziga xos “o‘zbek modeli”-
yaxshi tizim ko‘rinishida amalga oshirib kelinmoqda. Qarorda ta’kidlanishicha bu
borada hali bajarilishi, o‘rganilishi, ta’lim jarayoniga tadbiq qilinishi zarur bo‘lgan
ishlarimiz anchagina.
Demak, ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat sohasida, tibbiyotda va boshqa xalq
xo‘jaligi sohalarida keng joriy qilinayotgan ekan, buni fan-madaniyat, shuningdek,
ijtimoiy-gumanitar tizimlar sohasiga ham, zamonaviy yangi-innovatsion
texnologiyalarini ta’lim-tarbiya sohasiga ham joriy etishni hayotning o‘zi talab
etmoqda.
Hozirgi kunda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni ilmiy-nazariy
asoslarini o‘rganish va ularni ta’lim-tarbiya jarayonlariga tadbiq etish zaruriyati
shuning uchun dolzarb masalalardan biriga aylanmoqdaki, amaldaki an’anaviy
o‘qitish tizimi o‘z faolligini ancha yo‘qotdi, ya’ni quruq og’zaki so‘zlar
yordamida o‘qitish samara bermayapti.
2
Buning o‘rniga esa “Axborotli-amaliy o‘qitish” tizimi ta’lim tarbiya jarayoniga
ko‘proq samara berishligi Prezident Qarorlarida ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Мehnat ta’limi texnologiyalarga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi
faoliyati va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning
aniq texnologiyasi ko‘rsatiladi.[34,4 b]
Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga
joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kuning
ehtiyojiga aylanadi.
Darhaqiqat,
zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoning
unumdorligini oshiradi, talabalarning mustaqil fiklarash jarayonini shakllantiradi,
o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishlarni oshiradi, bilimlarni mustahkam
o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini
rivojlantiradi.
Shu sabab ham bugungi kunda ta’lim tizimizda innovatsion pedagogik
texnologiyalar faol qo‘llanilib kelinmoqda, ayni vaqtda bu o‘quv jarayoning
yangicha ruhda shakllanishiga imkoniyat yaratmoqda. O‘quv jarayonlarini
kuzatadigan bo‘lsak har bir dars jarayoni o‘z navbatida ma’lum bir
texnologiyalarga asoslangan holda o‘tkazilmoqda. Bu o‘z navbatida o‘qituvchi va
talaba faolliyatini yanada jadallashtirmoqda va mustaqil faoliyatga undamoqda.
Aynan bu jarayonlarni amalga oshirishda amaliy vaziyatlarni hal qilishda keys-
stadi texnologiyasi ham muhim ahamiyatga egadir. Keys-stadi texnologiyasi
muammoli vaziyatlarning yechimini topishga asoslangan texnologiya hisoblanadi.
Keys-stadi texnologiyasi asosan iqtisod fanlarini o‘qitishda qo‘llanilgan. So‘ngra
bu texnologiya boshqa fanlarni o‘qitishda ham foydalanilgan. Keys-stadi
texnologiyasi asosan amaliy darslarni o‘qitishda qo‘lanilib boriladi va talabalarni
shaxsiy va kasbiy faoliyatda yuzaga keluvchi vaziyatlarga oldindan tayyorlaydi,
bilim, ko‘nima, malakalar hosil qilishga o‘rgatadi.
2
U mum ta’l im maktablarida Mazkur bitiruv malakaviy ish dan
kelib chiqqan holda biz mehnat ta’limi fanlarni o‘qitishda keys-stadi
texnologiyasining ilmiy pedagogik asoslarini tahlil qildik.
Olib borgan kuzatish ishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, keys-stadi texnologiyasi
ta’lim jarayoniga nisbatan yaqinda kirib keldi va pedagoglar tomonidan faoliyatga
keng joriy qiliniyapti. Keys-stadi texnologiyasi asosini ta’lim jarayoniga joriy
etishda, o‘quvchilarning kasbiy faoliyati bilan bog’liq vaziyatlar va ularning tahlili
tashkil qiladi. Bo‘lg’usi kasbiy faoliyat bilan bog’liq vaziyatlarni chuqur o‘rganish
natijasida nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligini ta’minlaydi. O‘quvchilar
muayyan vaziyatlarni har tomonlama o‘rganadilar. O‘z navbatida ular faol
fikrlaydilar, nazariy mashg’ulotlarda o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil o‘rganish
davomida to‘plangan ma’lumotlari bilan taqqoslaydilar, shaxsiy tajribalariga
murojaat qiladilar. Turli vaziyatlarni hamkorlikda yoki mustaqil ravishda tahlil
qilish va qayta ishlashlari davomida qo‘shimcha ma’lumotlarga nisbatan zarurat
sezadilar.
Mazkur mavzuning yetarli darajada tadqiq qilinmaganligi magistirlik
dissertatsiya ishini muammosining muayyan darajadagi dolzarbligi va yangiligini
belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |